library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

23 dekabr 2016 yil, 666
.

“Mehr-muruvvat dunyoni asraydi” mavzusida yangi yilga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Nizomiy nomidagi TDPU “Kasb ta’limi” fakulteti tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” munosabati bilan 25-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan maktabida “Mehr-muruvvat dunyoni asraydi” mavzusida yangi yilga
bag‘ishlangan tadbir uyushtirildi.

Toshkent shaxar Yakkasaroy tumanidagi 25-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan maktabida taxsil oluvchi ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan aqli zaif, nogiron, alohida e’tiborga muxtoj bolalarga 2016 yil 21 dekabr kuni soat 14-00 da “Kasb ta’limi” fakulteti raxbariyati, jamoasi va talabalari tomonidan “Mehr-muruvvat dunyoni asraydi” mavzusida yangi yilga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Bekmirzaeva taklif etildi. Tadbirda Fakultet kasaba uyushmasi raisi S.Axmadaliev, fakultet ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini R.Jabborov, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini B.Yuldashev, Mexnat ta’limi va dizayn kafedrasi o‘qituvchilari G.Sharipova, D.Isaeva, Muxandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi K.Malikov, fakultet Kamolot YoIX yetakchisi U.Otabekov va yordamchisi A.G‘afforov, LD-401 gurux talabalari xamda KIAT-302, TS-303, TS-203, KGD-202, LD-202, KGD-102 gurux talabalaridan tashkil topgan “ROYAL GROUP” teatr ijodiy guruxi ishtirok etdi. Fakultet kasaba uyushmasi raisi S.Axmadaliev maktab jamoasini hamda ko‘zlari quvonchga to‘la bolajonlarni kirib kelayotgan yangi 2017 yil bilan tabriklab ularga sog‘lik va salomatlik tilab tadbirni ochib berdi. So‘ngra navbatdagi saxna ko‘rinishlariga navbat berildi. “ROYAL GROUP” teatr guruxi tomonidan tayyorlagan va saxnalashtirilgan multfilm qaxramonlari, yovuz qaroqchilar, ertak qaxramonlari, o‘rmon xayvonlari kabi chiqishlari bolajonlarga taqdim etishdi. Saxnaga bolajonlarni taklif qilib xar-xil qiziqarli o‘yinlar musoboqalar o‘tkazishdi. G‘olib bo‘lgan bolalarga sovg‘alar ulashildi. So‘ngra bolajonlar saxnaga Qorbobo va qorqizni chaqirishdi. Fakultet ichki imkoniyatidan kelib chiqqan xolda sovg‘alar tashkillashtirildi va Qorbobo, qorqiz tomonidan xar bir bolajonga sovg‘alar berildi. Sovg‘alarni qo‘lga olgan xar bir bolajon ko‘zlarida quvonch va xursandchilik bilan davraga raqsga taklif etildi. Xamma bolajonlar raqsga tushib mazza qilib o‘ynashdi. Tadbir so‘ngida universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Bekmirzaeva so‘zga chiqib tadbir juda yaxshi tashkillashtirilganini va bunday tadbirlarni doimiy ravishda o‘tkazishni aytib maktab ma’muriyati, jamoasi hamda bolalarni yangi yil bilan tabrikladi. Maktab direktori M.Kurvanbekova xam so‘zga chiqib ushbu tadbirni uyushtirilganidan saxnaviy chiqishlardan va qolaversa shu maxsus maktab bolalarini ko‘ngliga yo‘l topish uchun xar-bir bolaga aloxida e’tibor bilan bo‘lib sovg‘alarni birma bir tarqatdinglar sizlardan juda xursand bo‘ldik deb raxmatlar aytib tashakkur bildirdi. Bayram tadbiri juda chiroyli tarzda o‘tdi.

Ushbu tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan Mexnat ta’limi va dizayn kafedrasi o‘qituvchisi G.Sharipova va o‘z murabbiyligi LD-401 gurux talabalari hamda KIAT-302, TS-303, TS-203, KGD-202, LD-202, KGD-102 gurux talabalaridan tashkil topgan “ROYAL GROUP” teatr jamoasiga fakultet raxbariyati hamda 25 maxsus maktab ma’muriyati tomonidan chuqur minnatdorchilik bildirildi.

23 dekabr 2016 yil, O`qilgan:666



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar