|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Ustoz SH.M.Mirkomilov 70 yoshda!

Ustoz bu hayotda ko’p narsaga – ilmiy darajalar, mukofotlar, do’stu yoronlar, farzandlar, nevara-chevaralar, eng muhimi – elning hurmati, xalqning ardog’iga erishdi. hamma-hammasini o’zining halol mehnati, aql-idroki, zakovati, tinib-tinchimasligi, o’ziga nihoyatda talabchanligi tufayli topdi. Uni hayotda murakkabliklarga duch kelmagan deb bo’lmaydi, albatta. Lekin shunday paytlarda ham sira noligan yo shikoyat qilgan emas. Tishini tishiga qo’yib, chora izlagan, imkoniyatlar topgan. Zotan, hayotdan hikmat izlagan hikmat topishi tayin.

Ustoz 70 yoshda!

Sh.Mirkomilov 1963-1968 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining Tabiiyot-geografiya fakultetida kimyo-biologiya mutaxassisligi bo’yicha talabalik davridayoq pedagoglikni boshlab yuborganligini ko’pchilik bilmaydi. U Chilonzor tumanidagi 54-ishchi-yoshlar kechki maktabida kimyo fanidan dars berishga kirishganida uchinchi bosqich talabasi edi.

Shavkat Mirkomilov 1968 yildan beri Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti – universitetida samarali mehnat qilib kelmoqda. 1985-1996 yillarda Tabiiyot-geografiya, 1998-2002 yilda Tabiiy fanlar fakultetiga, 2005-2012 yillarda Kimyo va uni o’qitish metodikasi kafedrasiga rahbarlik qildi. Ana shu davrda dekanat va kafedraning o’quv, moddiy-texnika va laboratoriya bazasini mustahkamlash, ta’lim jarayoniga o’qitishning zamonaviy metodlari joriy etilishiga katta ahamiyat berildi. Uning rahbarligida kafedraning barcha professor-o’qituvchilari faoliyati o’quv-tarbiyaviy jarayonni yuqori darajaga olib chiqish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratildi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi institutlari, Rossiya, Latviya, Estoniya va Qozog’istondan taniqli olimlar, O’zbekiston Milliy universiteti, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Termiz, Qarshi davlat universitetlari, Jizzax, Navoiy, Qo’qon, Nukus pedagogika institutlari, mamlakatimiz mintaqalaridagi qator yetakchi umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ilmiy va ilmiy-pedagogik aloqalar mustahkamlandi.

Fakultetda uning rahbarligida birinchilar qatori xo’jalik shartnomalari tuzildi. Rossiyaningqator tsellyuloza-qog’oz ishlab chiqarish kombinatlari va Toshkent chinni zavodi bilan yo’lga qo’yilgan shunday amaliy aloqalar asosida ilmiy laboratoriya tashkil etib, ko’lamdor ilmiy tadqiqotlar olib borildi, natijalari O’zbekistonda, Rossiyada va Italiyaning Albissola shahridagi “Piral” firmasida muvaffaqiyat bilan tajriba-sinovdan o’tdi, shu yo’l bilan ishlab chiqarilgan, yuqori sifatli chinni va sopol buyumlari jahonning o’ndan ortiq shaharlarida o’tkazilgan ko’rgazmalarda munosib baholandi.

Shavkat Miromilovichning jamoatchilik asosidagi faoliyati ham bag’oyat salmoqli va rang-barang. Qator yillar mobaynida Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi birlashgan ixtisoslashgan ilmiy kengashga, to’rt yil O’zFA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti qoshidagi nomzodlik va doktorlik ilmiy darajasini beruvchi ixtisoslashgan kengashga a’zo bo’ldi, o’n yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining pedagogika yo’nalishidagi nostrifikatsiya bo’limi ekspertlik komissiyasining, yigirma yil Respublika ta’lim markazida kimyo ta’limi o’quv-metodik kengashining a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatdi. U yigirma yildan ortiq Nizomiy nomidagi TDPU Ilmiy kengashining a’zosi va qirq yildan beri fakultet kengashining raisi va a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatdi.

Olim o’z tajriba va ilmiy salohiyatini magistrant va talaba yoshlarni ilmiy va ma’naviy jihatdan yuksaltirishga bag’ishlamoqda. Uning ilmiy rahbarligida shogirdlari mamlakat miqyosidagi tanlov va olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtiroklari bilan tanilib qoldi. CHunonchi, A.Yu.Iskandarov 1993 yili Andijonda respublika oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida “Kimyo” fanidan o’tkazilgan olimpiadada uchinchi, 1994 yili esa birinchi o’rinni egalladi. 2009 yili Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Kimyo” fanidan respublika oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida o’tkazilgan olimpiadada D.J.Bekchanov birinchi o’rinniqo’lga kiritdi.

Ustoz bu hayotda ko’p narsaga – ilmiy darajalar, mukofotlar, do’stu yoronlar, farzandlar, nevara-chevaralar, eng muhimi – elning hurmati, xalqning ardog’iga erishdi. hamma-hammasini o’zining halol mehnati, aql-idroki, zakovati, tinib-tinchimasligi, o’ziga nihoyatda talabchanligi tufayli topdi. Uni hayotda murakkabliklarga duch kelmagan deb bo’lmaydi, albatta. Lekin shunday paytlarda ham sira noligan yo shikoyat qilgan emas. Tishini tishiga qo’yib, chora izlagan, imkoniyatlar topgan. Zotan, hayotdan hikmat izlagan hikmat topishi tayin.

23 dekabr 2016 yil, O`qilgan:349

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Verbalizm – bu ….

    Javob: ta`limda, kitobiy, hayotdan uzoqlashgan, aqidalarga asoslangan ta`lim berish va o`quv materiallarini o`zlashtirish

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar