library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

23 dekabr 2016 yil, 1,104
.

Kitob — insonnint eng yaqin do‘sti

Nizomiy nomidagi TDPU Chet tillar fakultetining 10-sonli talabalar-turar joyida kitob mutoalasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

Kitob — insonnint eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimiznint qon- qoniga singib ketgan bo‘lib, kitobga oshnolik bolalikdan singdirilib boriladi. Ana shunday ibratli fikrlardan mustasno bo‘lmagan holda chet tillar fakulteti talaba-yoshlarining ongi va tafakkuriga kitob mutolaa qilish va yang yaqin beminnat do‘st kitob ekanligini singdirish maqsadida, 2016 yil 22-dekabr kuni davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatiga universitetning ARM xodimlari, O‘zbekiston Davlat Sharqshunoslik universiteti dotsenti O‘.F.Lapasov, f.f.n.dotsent I.E.Umirov, p.f.n. dotsent D.R.Babaeva va fakultet dekani O.N.Yusupov va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini G.S.Kenjaevalar ishtirok etdilar. Davra suhbatga taklif etilgan mutaxassislar talabalarga o‘zlarining boy tajribalaridan kelib chiqqan holda fikr va mulohazalarini bildirdilar. Tashkil etilgan davra suhbati anchagina jonli va bahs munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Talabalar mustaqil ravishda o‘qigan badiiy kitoblari yuzasidan tengdoshlari bilan o‘rtoqlashdilar. Barcha talabalar yana yangi va yangi badiiy kitoblarni ko‘proq o‘qishlari kerakligini yana bir karra anglab yetdilar.

23 dekabr 2016 yil, O`qilgan:1104



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar