library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

23 dekabr 2016 yil, 1,154
.

Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

2016 yil 22 dekabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Universitet hamda Sergeli tumani 104-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘rtasidagi “Mahorat maktabi” doirasida o‘tkazilgan tadbirda 1-kurs Ingliz tili va Musiqa ta’lim yo‘nalishlari talabalari hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.Universitet kutubxonasi direktori H.Husanova so‘zga chiqib, “Kitobxonlik va kutubxona faoliyati haqida” ma’lumot berdi. O‘zbek tili va nutq madaniyati kafedrasi mudiri G.Norimova Prezidentimizning O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarori mamlakatda adabiyotga, ma’naviyatga bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir yorqin ifodasi bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi. Tadbirga qatnashgan mehmonlardan adabiyotshunos olim T.Shermurodov shoir Erkin Vohidovning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’ruza qildi. Universitet “Pedagog” gazetasi mas’ul kotibi N.To‘xtaeva shoir ijodidan namunalar aytib, talabalarni ijodiy faollikka undadi. Shuningdek, aktyor R.N.Jo‘raev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist U.Mahkamboev va boshqalar tomonidan shoir xotirasi yod etilib, ijodiy merosidan namunalar o‘qildi va kichik sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Tadbirda, ayniqsa, aktyor Ravshan Jo‘raev, xonanda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist U.Mahkamboev va maktab o‘quvchilarining badiiy chiqishlari talabalarimiz tomonidan yaxshi kutib olindi va ularda chuqur taassurotlar qoldirdi. Tadbir tashkilotchilari: O‘zbek tili va nutq madaniyati kafedrasi mudiri G.Norimova va kafedra katta o‘qituvchisi Q.Mo‘ydinovlar tomonidan faol ishtirok etgan talabalar hamda mehmonlarga “Erkin Vohidov saboqlari”, “Tabassum” kitoblari esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etildi.

Texnik vositalardan foydalanishda yaqindan yordam bergani uchun Kasb ta’limi fakulteti Informatika va axborot texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi 301-guruh talabalari M.Rahmatov va A.Rajamatovlarga minnatdorchilik bildiramiz.

23 dekabr 2016 yil, O`qilgan:1154



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar