library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     For parents     Log in         

TDPU Chet tillar fakultetining “CHOCOLATE” jamoasi finalga yo‘llanma oldi

9 January 2017 , 1,329
.

2016 yil 23-dekabr kuni universitet miqyosida o‘tkazilgan fakultetlararo quvnoqlar va zukkolar bellashuvida chet tillar fakultetining “CHOCOLATE” jamoasi yana bir bor o‘zining quvnoq chiqishlari bilan barchani xushnud etdi.

Nizomiy nomidagi TDPU Chet tillar fakultetining “CHOCOLATE” jamoasi finalga yo‘llanma oldilar

Chet tillar fakultetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga katta e’tibor qaratilgan. Talabalar ham bunga javoban o‘zlarining iqtidorlarini har tomonlama namoyish etishga harakat qiladilar va tinmay o‘z ustilarida ishlab ijodiy izlanishda bo‘ladilar.

2016 yil 23-dekabr kuni universitet miqyosida o‘tkazilgan fakultetlararo quvnoqlar va zukkolar bellashuvida chet tillar fakultetining “CHOCOLATE” jamoasi yana bir bor o‘zining quvnoq chiqishlari bilan barchani xushnud etdi. Quvnoqlar va zukkolar musobaqasini universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.A.Qo‘ysinov ochib berdi va barcha jamoalarga omad tiladi. Anchagina bahs-munozaralarga va turfa xil bellashuvlarga boy bo‘lgan ushbu musobaqada fakultetning zukko va bilimdon talabalaridan tashkil topgan 10 nafar ishtirokchilar faxrli 2-o‘rinni zabt etdilar va finalga yo‘llanma oldilar. Fakultet dekani O.N.Yusupov, dekan muovini G.S.Kinjaevalar ushbu muvofaqqiyatlari bilan barcha ishtirokchilarni maqtov yorliqlari va esdalik sovg‘alari tabrikladi va o‘qishlariga zafarlar tiladilar.

9 January 2017 , Read:1329



Feed back

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Name:

E-mail:

Your comment :
Antibot :


Our projects