library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     For parents     Log in         

9 January 2017 , 856
.

Sog‘liqni saqlash muzeyiga ekskursiya tashkillashtirildi

Nizomiy nomidagi TDPU “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti S.M. Ermatova tomonidan 2016 yil 22-dekabr kuni Kasb ta’limi fakulteti talabalari bilan K.S.Zoirov nomidagi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash muzeyiga ekskursiyani tashkillashtirishdi.

Nizomiy nomidagi TDPUning “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafed-rasi dotsenti S.M. Ermatova, talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida o‘tkazilgan ma’naviy-tarbiyaviy ishlar doirasida 2016 yil 22-dekabrda Kasb ta’limi fakulteti “Meh.301”- guruh talabalari bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash muzeyiga ekskursiya uyushtirildi. Muzeyda ekskursovod talabalarga buyuk alloma Ibn Sino hayot tarixiga bag‘ishlangan xonada uning faoliyatiga ta’luqli ma’lumotlarni berib o‘tdi. Talabalar alloma ishlatgan asboblar, yaratgan adabiyotlar haqida bilimga ega bo‘lishdi. Ekskursovod Germaniyada yaratilgan “Shishali odam” manikenida odam anatomiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi, qizlar gigienasi, venerik kasalliklar va boshq. haqida gapirib o‘tdi.

Talabalar diqqat bilan ekskursovodni tinglashdi, muzeydagi maketlarni qiziqib tomosha qilishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi. Ekskursiya davomida fotosuratlar olindi.

Muzeyga uyushtirilgan tashrif qiziqarli va yodda qolarli bo‘ldi.

9 January 2017 , Read:856



Feed back

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Name:

E-mail:

Your comment :
Antibot :


Our projects