Library.tdpu.uz       Elektron majmua       eDarslik.tdpu.uz       asofaviy ta`lim       Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Talabchan va mehribon ustoz 90 yoshda!!! AKBAR TALASOVICH G‘OFUROV

1959 yildan boshlab, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining qishloq xo‘jalik asoslari kafedrasi mudiri bo‘lib, 1961 yildan hozirgi kungacha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining "Biologiya va uni o‘qitish metodikasi" kafedrasi mudiri va professori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Kafedra mudiri lavozimida 1961-1972, 1976-1992 yillarda faoliyat ko‘rsatgan.

1959 yildan boshlab, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining qishloq xo‘jalik asoslari kafedrasi mudiri bo‘lib, 1961 yildan hozirgi kungacha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining "Biologiya va uni o‘qitish metodikasi" kafedrasi mudiri va professori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. G‘ofurovning yirik asarlariga “Evolyutsion ta’limot”, “Genetika”, Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun darsliklar, akadem litsey va kasb- xunar kollejlari uchun yaratilgan darsliklarini olish mumkin. A.T.G‘ofurov tomonidan 1000ga yaqin turli maqola va darsliklar yaratilgan.

A.T.G‘ofurovning ilmiy maktabi

• Biologiya o‘qitish metodikasi kafedrasi 1961 yil A.T.G‘ofurov tomonidan tashkil etilgan. Kafedra faoliyatining dastlabki oylaridan boshlab u dotsent, katta o‘qituvchi assistentlarning ilmiy-pedagogik salohiyatini ko‘tarishga harakat qildi. Har oyda bir marotaba ilmiy-seminar o‘tkazilib, unda kafedra a’zolari “Ďđčđîäŕ”, “Íŕóęŕ č ćčçí”, “Áčîëîăč˙ â řęîëĺ, “O‘zbekiston biologik jurnali”,“Fan va turmush”, “Sovet maktabi” kabi jurnallarda biologiyaga oid maqolalar bo‘yicha shuningdek yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar mazmuni to‘g‘risida qisqacha axborot berdilar va o‘zaro fikr almashdilar.

• A.T.G‘ofurov ayniqsa genetika, zoologiya, botanika, fiziologiya, darvinizmga doir yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni izchillik bilan o‘qib borish, dars jarayonida ulardagi yangi ma’rifatlardan foydalanishni kafedra a’zolariga yukladi.

• Har oyda kafedra o‘qituvchilarning ilmiy ishlarini bajarilish holati sistemali muhokama qilib borildi va ularga amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada kafedra a’zolaridan O.Nosirov, T.Ishoqov Biologiya va uni o‘qitish metodikasidan fan nomzodi bo‘lishdi

• A.T.G‘ofurov faqat kafedra emas fakultetning dissertatsiya ustida ishlayotgan o‘qituvchilardan Yunusova, Mirtursunov (geografiya), X.Omonov, M.Umarov (ximiya), U.Xoldorov (qishloq ho‘jaligi asoslari kafedrasi) ham amaliy yordam ko‘rsatdi va ularning natijasida fan nomzodi X.Omonov, I. A.Qalandarov fan doktori ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘ldilar

• A.T.G‘ofurov respublika maktablarida biologiya o‘qitishni samarali olib borishni ko‘zlab 3 marotaba maktab biologiya o‘qituvchilarning anjumanini tashkil etdi hamda “Biologiya o‘qitishda” o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, biologiya o‘qitishda ta’lim tarbiyani uyg‘unlashtirish, o‘quvchilar ongida umumbiologik tushunchalarni shakllantirish mavzularida ma’ruzalar qildi. Bu bilan qanoatlanmay respublikaning ko‘p rayonlaridagi biologiya o‘qituvchilarning ish tajribasini o‘rgandi va ularga asoslanib bir necha o‘quv metodik qo‘llanmalar, to‘plamlar chiqardi. Ular qatoriga kafedra o‘qituvchilar bilan xamkorlikda yozilgan “Biologiya o‘qitish masalalari”, “Fan” 1965 yil “Biologiya darslarida o‘quvchilar qiziqishini orttirish” (1970 yil fan) “Biologiya o‘qitishda nazariya bilan amaliyot birligi”, 1975 yil

• Maktablarda o‘tkazilgan pedagogik eksperiment asosida yozilgan A.T.G‘ofurovning “Umumiy biologiyani o‘qitishda mahalliy materiallardan foydalanish” O‘qituvchi 1974yil “O‘quvchilar ongida umumbiologik tushunchalarni shakllantirish”. O‘qituvchi 1976 yil dots.O.Nosirov bilan hamkorlikda yozilgan “Maktab biologiya kursida tabiatni muhofaza qilish tushunchasini shakllantirish”, O‘qituvchi 1985 yil dots. S.K.Xabirova bilan hamkorlikda chop etilgan “Biologiyadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar” O‘qituvchi 1978 yil, dots. M.Mahkamov bilan birgalikda yaratilgan “O‘zbekiston maktablarida botanika ekskursiyalarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi”, dots. Q.Sodiqov va X.Gavsutdinovlar bilan nashr qilingan “Maktab va oilada jinsiy hamda gigenik tarbiya” kabi o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ham qayd etish joiz.

• A.T.G‘ofurov yuqori malakali ilmiy xodimlarni ĺtkazishda alohida e’tibor qildi. Uning rahbarligida 5 ta metodika va genetika bo‘yicha fan nomzodlari tayyorlandi. Bular Ovezov O, Ortiqov M, Tolipova J, Fayzullaev S, Nishonbaeva M, A.T.G‘ofurov ilmiy maslahati bilan J.Tolipova doktorlik dissertatsiyani himoyaga qo‘yib pedagogika fanlari doktori ilmiy darajani olishga muvaffaq bo‘ldi.

• A.T.G‘ofurov Qozog‘istonlik Aygambetova, Qirg‘izistonlik Djakayev, Subanova, Lujnichenkov, Isikayev va boshqalarning pedagogika fanlar nomzodi ilmiy darajani Toshkentlik Yusufov (biologiya o‘qitish metodikasi bo‘yicha) olish uchun tayyorlagan dissertatsiyalarini to‘ldirib, himoya qilishga tavsiya etdi va ular pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajali bo‘ldilar.

• A.T.G‘ofurov o‘zi va shogirdi S.Fayzullaev bilan birgalikda Oliy o‘quv yurtlarini biologiya fakul’teti talabalari uchun “Darvinizm”, “Evolyutsion ta’limot”, “Genetika” defektologlar uchun esa “Odam genetikasi”, “Genetikadan masalalar va mashqlar” kafedra a’zolari S.S.Fayzullayev, J.O.Tolipova, I.T.Azimov, B.Sh.Axmadaliyevalar bilan birgalikda “Biologiya o‘qitish metodikasi” darsligini nashr etirdi.

• A.T.G‘ofurov doimo maktab o‘quvchilari, litsey, kollej hamda oliy o‘quv yurti talabalari darsligi bilan cheklanmay mustaqil bilim egallash g‘oyasini ilgari surib kelmoqda. U o‘ziga va boshqalarga o‘ta talabchan shu bilan birga mehribon maktab yaratgan ustoz.

• Professor A.T.G‘ofurov respublikada biologiya o‘qitish metodikasi faniga asos solgan shu sohada maktab yaratgan yirik olim.

4 yanvar 2017 yil, O`qilgan:35

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Tarbiyaning turlari qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

    Javob: Ilmiy, aqliy, estetik, ekologik, mehnat va kasbiy tarbiya

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Đĺéňčíă ÂÓÇîâ