library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

6 yanvar 2017 yil, 1,396
.

“Umumiy pedagogika” kafedrasining “ChXT” fakulteti 4-kurs talabalari bilan olib borgan malakaviy pedagogik amaliyoti yakunlari

2016-2017 o‘quv yilining 1-yarim yilligida pedagogik amaliyot bo‘yicha ChXT yo‘nalishi 4-kurs talabalari bilan S.Umarov, M.Irgashova, B.Jo‘raeva, O‘.Abdullaeva, I.Choriev, F.Mirzaevalar olib bordi.

Amaliyot jarayonida O‘.Abdullaeva tomonidan 9-sentyabr kuni jami 22-nafar talaba mas’ul metodist bilan birga Yashnobod politexnika kolleji, Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi akademik litseyga bordilar.

I.Choriev 4 sentyabrdan – 24 dekabrgacha (15-senyabrdan 25-oktyabrgacha paxta yig‘im terimi) ya’ni, 11 hafta mobaynida malakaviy pedagogik amaliyotga chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalarining 10 nafariga, shundan 5 nafariga TTESI qoshidagi 1 sonli ALda, 5 nafariga Toshkent soliq kollejida pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha rahbarlik qildi.

TMlarda amaliyotchilar tomonidan ishlab chiqilgan ssenariylar asosida 09-dekbrda “Konstitutsiyamiz-baxtimiz qomusi” nomli bayram tadbiri tashkil etildi va o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbir bayonnoma asosida rasmiylashtirildi.

TMlarda amaliyotchilar tomonidan ishlab chiqilgan nizom va ssenariy asosida 13-dekbrda “Shunqorlar” nomli harbiy-sport musobaqa tadbiri tashkil etildi va o‘tkazildi. O‘tkazilgan harbiy-sport tadbiri bayonnoma asosida rasmiylashtirildi.

TMlarda “Kamolot” YoIH faollari bilan g‘oyaviy immunitetni oshirish va mafkuraviy targ‘ibotga doir trening mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘tkazilgan trening mashg‘uloti ishlanma asosida o‘tkazildi va bayonnomada rasmiylashtirildi.

Amaliyotchilar tomonidan ma’naviyat soati rejasidagi mavzulariga oid ishlanmalar yaratildi va 09, 16, 23 dekabr kunlari biriktirilgan guruhlarida ma’naviyat soat darslarini o‘tkazishdi. O‘tkazilgan ma’naviyat soati darslari bayonnomalarda rasmiylashtirildi.

TMlardagi amaliyotchilar ko‘rsatmalarga asosan biriktirilgan guruh jamoalariga va alohida tanlangan bir nafar o‘quvchiga tavsifnoma yozishdi.

TMlardagi amaliyotchilar MPA yakunida o‘z hisobotlarini taqdim etishdi. Barcha amaliyotchi talabalar 35 ballik shkala asosida pedagogikadan baholandi

6 yanvar 2017 yil, O`qilgan:1396



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar