Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilgan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1875-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida TDPU chet tillar fakulteti “Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasi katta o‘qituvchilari R. Ibragimov A. Abdieva va o‘qituvchisi Sh. Akramovlar 2016 yil 7 yanvarda O‘zbekiston badiyi akademiyasi tasarrufidagi Respublika rassomlik kolleji ingliz tili o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazilidi






2016 yil 7 yanvar kuni Nizomiy nomidagi TDPU chet tillar fakulteti “Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasi katta o‘qituvchilari R. Ibragimov, A. Abdieva va o‘qituvchisi Sh. Akramovlar O‘zbekiston badiyi akademiyasi tasarrufidagi Respublika rassomlik kolleji ingliz tili o‘qituvchilari uchun bazaviy lavozim maoshiga oylik ustama belgilash uchun o‘tkaziladigan test sinovlaridan o‘tish ilmiy-amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-trening davomida A. Abdieva va R. Ibragimovlar CERF to‘g‘risida ma’lumot va ushbu test sinovlari o‘tishi borasida umumiy qonun qoidalarini tanishtirib o‘tdi. Sh. Akramov ushbu test sinovlarida grammatika bo‘yicha e’tibor berish zarur bo‘lgan jihatlar va mavzularni qayd etib o‘tdi. A. Abdieva va R. Ibragimov ceminarning amaliy qismida grammatika bo‘yicha namunaviy imtihon savollar bilan seminar qatnashchilari bilimini tekshirib ko‘rishdi. Sh. Akramov test sinovlaring yozma ish shartlari va namunaviy mavzusi bilan tanishtirdi. Shuningdek Sh. Akramov yozma ish imtihon qismida yoziladigan insho turlarini tanishtirdi, insho yozish va so‘zlashuv imtihonidan o‘tish bilim, malaka va ko‘nikmalarini ifoda etuvchi ikkita videofilmlarni seminar qatnashchilariga namoyish etdi. Yakunda Sh. Akramov o‘qish imtihon bo‘limi bo‘yicha namunaviy test savollari bilan seminar qatnashchilari bilimini tekshirib ko‘rdi. Seminar-trening qatnashchilar va o‘qituvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Sh. Akramov

R. Ibragimov

A. Abdieva

7 yanvar 2017 yil, 2,463
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering