|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


“Pedagogika, psixologiya va defektologiya” fakultetida 2017 yil qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida tadbir tashkil etildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Pedagogika, psixologiya va defektologiya” fakultetida 2017 yil qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida tadbir tashkil etildi.

2017 yil 10 yanvar kuni “Pedagogika, psixologiya va defektologiya” fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida sportning shaxmat - shashka turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.U.Abdullaeva va jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi N.I.Sangirovlar tomonidan tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekani N.G.Kamilova, universitet kasaba uyushmasi raisi F.Mirkamilov, universitet xotin – qizlar qo‘mitasi raisi D.Bekmirzaeva, X.Xamidova, fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Abdullaeva, jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchilari N.I.Sangirov, F.T.Miraxmedov, G.O. Abduraimova, Ye.Kazlova, A.Ibragimov va “Pedagogika, psixologiya va defektologiya” fakulteti professor – o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni fakultet dekani N.Kamilova ochib, qatnashchilarga muvaffaqiyat tiladi. Fakultet xotin - qizlar qo‘mitasi raisi D.U.Abdullaeva tadbirning mazmun mohiyati haqida gapirdi. Musobaqa bosh xakami N.Sangirov musobaqa shartlari va o‘yin qoidalari bilan tanishtirdi. Musobaqa juda qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tdi. Musobaqa so‘nggida sovrinli o‘rinlarni olgan professor – o‘qituvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlanadilar. Universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Bekmirzaeva g‘oliblarni qutlab, kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

11 yanvar 2017 yil, O`qilgan:570

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • “Pedagogika, psixologiya va defektologiya” fakultetida 2017 yil qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida tadbir tashkil etildi.



  • Pedagogikadan savol

    Alisher Navoiyning didaktik asarlaridan eng muhimini toping.

    Javob: “Mahbub ul-qulub”

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Đĺéňčíă ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar