XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          

Kitob –eng yaxshi sovg‘a

Hurmatli hamkasabalar aksiya boshlandi, siz ham unda faol ishtirok eting!

Universitetning Axborot resurs markazi, talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Kamolot YoIX “Kitob –eng yaxshi sovg‘a” shiori ostida universitet talabalar turar joylarida “Xar bir professor-o‘qituvchi TTJlarga bir kitob” aksiyasini tashkil kildi. Ushbu aksiya doirasida talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Kamolot YoIX va Axborot resurs markazi 10 TTJga quyidagilarni sovg‘a qildilar:

1. Arastu. Axloqi kabir

2. Etiketning oltin kitobi.

3. Xaydar Aliyev. Ajoyib kishilar hayoti.

4. Chingiz Aytmatov. Qulayotgan tog‘lar. Qiyomat.

5. Shukur Xolmirzaev.

6. Xamidjon Homidiy.

7. Xamidjon Homidiy. Nizomiy dilbandlari.

8. Eshqobil Shukur. Hamal ayvoni.

9. Navoiy o‘gitlari.

10. Bo‘lajak chet til o‘qituvchisini kasbiy yo‘naltirish texnologiyasi.

11. Ne’matullo Xobsoriy. Gazaragim Gavharim.

12. Kasaba uyushmasi va hayot. Axborot byulleteni.

13. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining “Ishonch” gazetasining so‘nggi sonlari.

ARM rahbari X.Xusanonova so‘zga chiqib, xususan: "Kitobxonlik va mutoola ma’daniyati" mavzusidagi ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad talabalarni kitobga bo‘lgan muxabbatini kuchaytirish, badiiy jixatdan yuksak asarlarni o‘qishni targ‘ib etish orqali "Ommaviy ma’daniyat" hamda internet xurujlaridan yoshlarni asrab qolish, talabalar o‘rtasida kitobxonlikni, kitobni saralab o‘qish ma’daniyatini targ‘ib qilish, singdirish va mustahkamlash hamda yoshlarga professor o‘qituvchilar misolida shaxsiy kutubxona tashkil etish g‘oyasini singdirishdan iborat deb ta’kidlab o‘tdilar.

ARM xodimi I.Umirov o‘z navbatida: “Oilada kitobga bo‘lgan mehrni tarbiyalash, kitoblar to‘plamini qizlar sarposidan o‘rin topishini urf-odatga, xayot tarziga aylantirishdan iborat edi.Zero, shaxsning shakllanishi, ilm olishi, ma’nan boyishi, ulg‘ayishida kitobning ahamiyati to‘g‘risida ko‘p gapirilsa-da, bu fikrni hayotga tatbiq etish, to‘g‘risi, ko‘pchilik oilalarda oqsaydi. Barcha ota-onalar bolalarimiz tug‘ilgandan boshlab uning baxti haqida o‘ylaymiz, kelin yoki kuyov bo‘lishini orzulab, yillar davomida to‘yga tayyorgarlik ko‘ramiz.

F. R Mirkamalov : Bejiz ota-bobolarimiz tomonidan aytilmagan: "Kitob-insonning eng yaqin do‘stidir" “Sep, mablag‘ yig‘iladi... Ammo moddiy tomondan to‘kis bo‘lgan juda ko‘p xonadon egalari o‘g‘il-qizlariga qimmatbaho kiyimlar, kompyuter, telefon, hatto yengil mashinagacha olib beradilar-u, bolani kitob bilan do‘stlashtirish, kitobga mehr uyg‘otish, qiziqtirish eslariga kelmaydi.

Tadbir so‘ngida TKUQ raisi F.R. Mirkamalov “Tarix” fakulteti 4- bosqich talabasi Obidjon Norjigitovga “Xaydar Aliyev”. “Ajoyib kishilar hayoti” kitobini sovg‘a qildilar.

Hurmatli hamkasabalar aksiya boshlandi, siz ham unda faol ishtirok eting!

Kitob bilim bulog’i

TKUQ raisi F.R. Mirkamalov

20 yanvar 2017 yil, 1,725
.


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering