XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          

Professor Qobil Sodiqov iste’dodli pedagog, biolog olim.

Professor Qobil Sodiqov iste’dodli pedagog, biolog olim. U 50 yil universitetda talabalarga biologiyaning sir-asrorlaridan ilm bergan ustoz.

Qobil Sodiqov biologiyaning turli sohalariga oid 25 tadan ziyod kitob va yuzdan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Domla umri mobaynida ko‘rgan- kechirganlarining ayrimlarini she’r sifatida qog‘ozga tushurganlar.

Jumladan 2005 yilda Tabiiyot fanlari fakultetining 70 yilligiga atalgan she’r Qobil Sodiqovning eng yorqin asarlaridandir:

Oshiqman tengi yo‘q shu fakultetga,

Ko‘rmadim undan sira ozorni.

Irg‘itib qalbimni, siynamdan yulib,

Kim sevmasa shundayin fakultetni.

Fakultetlararo jilvasini –jilvasi bo‘lgan,

Doimo boshimda mehribon soyabon bo‘lgan.

Bir umrga ishq gulyorin o‘zi o‘rgatgan,

Na qilay sevmay ilm koni shu fakultetni.

O‘simlik, zaminu tiriklikni o‘rgatgan,

Talaba hayotining asl ma’nosi bo‘lgan

El bilan yetmish yil ham nafas bo‘lgan

Bir umrga jonim fido shu fakultetga.

Universitetaro eng go‘zal bo‘lgan,

Olimlari o‘zbek diyoriga tanilgan,

Jon olib, jon berishga tayyor bo‘lgan,

Omon bo‘lsin olimu ulamolari shu fakultetning.

TKUQ raisi F.R. Mirkamalov

8 fevral 2017 yil, 1,529
.


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering