Foydali manbalar













OTM web-reytingi






Davlatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridanoq asrlar davomida ajdodlarimiz yaratgan ulkan, be'baho ma'naviy va madaniy merosni tiklashga katta ahamiyat berildi. O'zbekiston xalqi o'z tarixini tiklash, haqsiz unutilgan nomlarni, jahon rivojlanishida muhim ahamiyat kasb ega bo'lgan tarixiy shaxslarni yorug'likka chiqarish imkoniyatiga ega bo'ldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Abdug'aniyevich tashabbuslari bilan 1996 yilning 14 martida esa Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosini barpo etish to'g'risida Vazirlar Mahkamasining qarori e'lon qilindi.

Temuriylar tarixi davlar muzeyi Amir Temur va Temuriylar tarixi, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan ulkan xissasini to'liq o'rganish, boy ma'naviy merosimizdan yoshlarni vatanparvarlik, milliy istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda xizmat qiladi.

Bugun universitetimizda "Ma'naviyat kuni" doirasida o'tkaziladigan tadbirlar rejasiga ko'ra Fizika-matematika fa'kulteti Informatika o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishi guruh murabbiylari Xaytullayeva Nafisa va Sattarova Shoiralar hamda 101-102R guruhi talabalari "Temuriylar tarixi davlat muzeyi" iga tashrif buyurdilar.

Muzey bilan tanishgan har bir talaba o'zida milliy g'urur, faxrlanish va milliy iftixor tuyg'ularini xis qildilar.

23 fevral 2017 yil, 2,011
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering