Foydali manbalar













OTM web-reytingi

70 yillik to‘y muborak Ustoz!!!

Xakimov Ismoil, falsafa fanlari nomzodi, dotsent, universitet professori.




Xakimov Ismoil 1947 yilning 28 fevralida Samarqand viloyati, hozirgi Katta-qo‘rg‘on tumaniga qarashli “Andoq” qishlog‘ida tug‘ilgan. 1963 yilda o‘rta maktabni tugatgan va shu yili Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakultetiga o‘qishga qabul qilindi. Uni 1968 yil muvaffaqiyatli tugatdi va “Falsafa” kafedrasiga stajyor-tadqiqotchi qilib ishga qoldirildi.

I.Hakimovning butun ish faoliyati Nizomiy nomidagi TDPI – hozirgi TDPUning “Falsafa” kafedrasi bilan bog‘liq: 1968-1970-yillarda stajyor-tadqiqotchi, 1970-1972 – yillar o‘qituvchi, 1972-1975 yillar – kafedra aspiranti, keyinchalik o‘qituvchi, katta o‘qituvchi lavozimlarida xizmat qildi.

1975 yilda aspirantura muddatining ohirida “Determinizm prinsipning tabiiy-ilmiy bilimlar tizimidagi o‘rni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1980 yildan boshlab dotsent, 2007 yildan esa universitet professori ilmiy unvonlariga ega bo‘ldi.

I.Hakimov oliy ta’limning barcha bosqichlarida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib boradi: hozirgi kunda bakalavriyat bosqichida – “Falsafa”, magistratura bosqichida – “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, aspirant va doktorantlarga “Fan metodologiyasi” fanlaridan dars o‘tmoqda.

Professor I.Hakimovning ilmiy ish yo‘nalishi – matematika, tabiyotshunoslik va ilmiy bilishning falsafiy masalalarini tahlil qilishga yo‘naltirilgan. U mazkur mavzuga bag‘ishlangan 3 ta risola, 5 ta o‘quv-metodik qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan. Butunittifoq va respublika miqyosida o‘tgan ilmiy-nazariy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan chiqqan.

I.Hakimov universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Universitet fakultetlari talabalari orasida va talabalar uyida o‘tkaziladigan tarbiyaviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etadi, o‘z tajribasi va bilimlarini boshqalarga o‘rgatadi.

F.R. Mirkamalov

27 fevral 2017 yil, 2,323
.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)