Foydali manbalar













OTM web-reytingi

«55 asosiy qoidalar»

Muallif: Ron Klark
Ingliz tilidan Xushnud Xudayberdiyev tarjimasi.






Mazkur qoidalar mashhur o‘qituvchi Ron Klark tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tatbiq etilgan.

Ron Klark AQShdagi mahalliy maktablardan birida o‘zlashtirishi qoloq bo‘lgan sinfni qabul qilib oladi hamda mashaqqatli mehnat evaziga yakunda o‘sha sinfdagi o‘quvchilar bilan ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishadi. U bugungi kunda “Ron Klark akademiyasi”ga asos solgan. Ushbu akademiya talabalari noodatiy, lekin zamonaviy o‘quv rejalari asosida dars o‘tishadi.

Muallif: Ron Klark

Ingliz tilidan Xushnud Xudayberdiyev tarjimasi.

1-qoida.

Katta yoshli kishilarga javob berayotganingizda, albatta “Ha, xonim” yoki “Yo‘q, janob” deyishingiz kerak. Shunchaki bosh qimirlatgan holda yoxud tasdiq va inkorning boshqacha ko‘rinishlarida javob berish maqsadga muvofiq emas.

2-qoida.

Suhbat chog‘ida nigohlar orqali aloqa o‘rnating. Agar kimdir gapirayotgan bo‘lsa (dars vaqtida), butun nutq davomida undan (yoki suhbatdoshingizdan) nigohingizni uzmang. Agar kimdir fikr bildirsa, unda o‘sha inson tomonga yuzlaning.

3-qoida.

Agar sinfda kimdir biron o‘yinda g‘alaba qozonsa yoki qandaydir muvaffaqiyatga erishsa, biz uni tabriklaymiz. Qarsakning ovozi balandroq va davomiyligi 3 soniyadan kam bo‘lmasligi kerak.

4-qoida.

Munozara vaqtida boshqa o‘quvchilarning mulohazalarini, fikrlarini va g‘oyalarini hurmat qiling. Vaziyatga qarab quyidagi tarzda fikr bildirganingiz maqsadga muvofiq: “Djonning fikrlariga qo‘shilaman, men ham xuddi shunday o‘ylayapman” yoki “Saraning fikrlariga qarshiman. Uning nuqtayi nazari juda ajoyib, ammo…” yoxud “Menimcha, Viktor a’lo darajada kuzatuv olib borgan va bu meni quyidagicha fikrlashga undadi…”.

5-qoida.

Agar biron muvaffaqiyatga erishsangiz, havolanib ketmang. Agar mag‘lub bo‘lsangiz, jahl qilmang. Mag‘lub bo‘lgan vaqtingizda quyidagicha fikr bildirganingiz ma’qul: “Rostini aytsam, mazkur bellashuv menga juda manzur bo‘ldi va yana siz bilan bellashishni intiqlik bilan kutaman” yoki “Ajoyib o‘yin” yoxud umuman hech narsa demaslik kerak. Yutqazgan vaqtda jahlingizni ko‘rsatib yoki “Men jiddiy o‘ynamagandim” yoxud “Siz aslida unaqa kuchli emassiz” kabi piching qilishingiz, aslida sizning ojizligingizni ko‘rsatadi xolos.

6-qoida.

Agar suhbat davomida sizga savol bilan murojaat qilishsa, siz ham javob bergandan so‘ng, o‘sha savolni qayta so‘rang. Masalan:

Men: “Dam olish kuningiz yaxshi o‘tdimi?”

Siz: “Ha, dam olish kunini ajoyib o‘tkazdim. Oilam bilan birga xarid qilish uchun do‘konlarni aylandik. O‘zingizda-chi? Dam olish kunini yaxshi o‘tkazdingizmi?”

Muloyim bo‘ling. Sizga e’tibor qilgan insonlarga, siz ham qiziqish bildirayotganingizni ko‘rsating.

7-qoida.

Agar yo‘talsangiz, aksirsangiz yoki kekirsangiz, u holda o‘z vaqtida boshingizni yoningizdagilardan boshqa tarafga o‘giring hamda og‘zingizni kaftingiz bilan berkiting. Musht bilan og‘izni berkitish xunuk ko‘rinadi. Va albatta oxirida “Ma’zur tutasiz” deyish yodingizdan chiqmasin.

8-qoida.

Labingizni chappillatmang, ko‘zingizni o‘ynatmang yoki shu kabi xatti-harakatlar bilan hurmatsizlik qilmang.

9-qoida.

Sizga nimadir berganimda doim rahmat ayting. Agar olganingizdan so‘ng 3 soniya ichida rahmat aytmasangiz, unda uni qaytarib olaman. Bunday holda o‘zingizni oqlash uchun bahona qidirishga urinmang.

10-qoida.

Agar kimdandir nimadir olsangiz, hech qachon o‘sha insonga sovg‘asi haqida salbiy fikr bildirmang yoki sovg‘a siz uchun qadrli emasligiga sha’ma qilmang.

27 fevral 2017 yil, 2,143
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering