library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

“Geografiya ta’limida o‘lkashunoslik materiallari va ularni dars jarayonida qo‘llash masalalari”

24 aprel 2017 yil, 983
.

Seminarni ilmiy raxbar I.X.Abdullayev ochib berdi va seminar ishtirokchilarini 2016-2017 yildagi o‘tkazilgan anjumanlar, ilmiy mavzular, ularning ahamiyati va dolzarbligi ustida to‘xtalib o‘tdi.

I.X.Abdullayev seminar ishtirokchilarini reglament bilan tanishtirdi va so‘zni ma’ruzachilarga berdi. Anjumanda oltita “Tabiiy geografiya darslarida mahalliy ma’lumotlarni qo‘llash masalalari” prof. P.Baratov, TDPU., Oliy ta’limda “O‘lkashunoslik” fanini o‘qitish masalalari. Dos. N.R.Alimqulov, “Saxrodagi luvr dunyo nigohida” g.f.n. dos. G.Utepova, M.Radjapov. Nukus DPI,“Zamonaviy geografiya darslarida standart talabdagi ko‘rsatgachlarga erishish omillari” H.E.Muqimova, D.S.Murodova, M.T.Berdiqulova QarDU, “O‘zbekiston tabiiy geografiyasini o‘qitishda o‘lka materiallaridan foydalanish” B.S.O‘rinov, Sh.Sh.Norov, NavDPI, “O‘qitishda o‘lkashunoslik va o‘lkashunoslik tamoyili” A.V.Inomiddinov, NamDU tomonidan ma’ruzalar qilindi. Ma’ruzalar yuzasidan ishtirokchilar berilgan savollarga batafsil javob oldilar.

Shundan so‘ng ma’ruzalar bo‘yicha chiqishlarda TDPU “Geografiya o‘qitish metodikasi” kafedrasi professori P.Baratov so‘zga chiqib anjumanda yoshlarning faolligi, ayniqsa uning talabalar va yosh olimlar uchun katta ahamiyatga ega ekanligi, xar bir ma’ruza yuzasidan o‘z fikr va muloxazalarini atroflicha bayon qildi. Uning chiqishi talaba va magistrantlar tomonidan olqishlarga sazovor bo‘ldi. Dotsent E.R.Soliyev (NamDU), o‘qituvchi H.Muqimovalar ham so‘zga chiqib anjumandagi ilmiy xolat va uning ilmiy-amaliy ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Anjuman ohirida dos. I.X.Abdullayev ma’ruzalar yuzasidan qisqacha to‘xtaldi va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi. Shundan so‘ng barcha anjuman ishtirokchilarini kelgusi seminar vaqti bilan tanishtirdi va unda ham faol ishtirok etishlarini so‘rab anjumanni yakunladi.

24 aprel 2017 yil, O`qilgan :983



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar