Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Xotira bor ekan,tirikdir millat

Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.






Xotira bor ekan,tirikdir millat,

Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.

Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,

Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Hatto maysaning ham xotirasi bor,

Maysa xotirasi — nurga intilmoq.

Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi

Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.

To quyosh osmonda porlab turarkan,

Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!

Har bir fojiaga,har bir sharafga,

Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!

Urr-a-a!

Qichqirar, bo‘g‘ilar yarim tunda u,

Xotini dahshatdan turadi sapchib.

U esa emaklar, (emaklaydi tun),

Yelkada yarador do‘stin opichib.

Tun uyqusiraydi, Tun baqiradi:

«Bataliyon, orqamdan!”

Ingraydi asta. Kimnidir bo‘g‘ilib u chaqiradi. Eski yaralarning kuyi ostida.Va yana oldinga, yana oldinga,

Musht bo‘lib tugilar titroq qo‘llari.

Xira qorachiqdan kinolentadek

O‘ta boshlar olis urush yo‘llari.

Xotini uyg‘otar… Biroq urushning

Vahmidan qutulib ketolmas qalbi.

5 may 2017 yil, 1,859
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering