library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

16 oktyabr 2015 yil, 6,287
.

Axborot texnologiyalari kafedrasi

Nizomiy nomidagi TDPU ilmiy kengashining 2012 yil 29 avgustdagi
1/3.1-sonli qarori ijrosi va 10.09.2012 yil Nizomiy nomidagi TDPU 478- raqamli buyrug‘i bilan Kasb-ta’limi fakultetida «Axborot texnologiyalari» kafedrasi tashkil etilgan.



Shu buyruqqa asosan kafedraga 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (5111000-Kasb ta’limi (5330200-Informatika va axborot texnologiyalari)), (5111000-Kasb ta’limi (5330400-Kompyuter grafikasi va dizayn)) va 1 ta magistrlik mutaxassislik (Kasb ta’limi (Informatika va axborot texnologiyalari)) biriktilgan.

Hozirgi kungacha kafedrani f.-m.f.n. Axmedov Odiljon Soxibjonovich, p.f.n. Bakirova Albina Yunirovna va amaldagi mudir p.f.n. Nabiulina Luiza Maxmudovnalar tomonidan boshqarib kelinmoqda.

Kafedra mudiri p.f.n. Nabiulina Luiza Maxmudovna

Xozirga kelib kafedrada 10 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar. Jumladan, p.f.d., prof.U.Sh.Begimqulov, p.f.n., dotsent Nabiulina L.M., tex.f.n., katta o‘qituvchi Shermatova G.U., p.f.n., katta o‘qituvchi Alibekov S.A., katta o‘qituvchi D.Sharipov, o‘qituvchilar Sh.Abduraxmanova, O.Xafizov, S.Murodov, O.Mamarajabov, N.Imomnazarova va A.Xasanovlar.

Kafedra mudiri Nabiulina L.M. va kafedra a’zolari Xasanov A., Mamarajabov O. va Xafizov O.

Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab ilmiy maqolalar va tezislar nashrga chiqarildi, jumladan chet el jurnallarida (Jurnal European Applied Sciences, Jurnal «Problemы informatiki i energetiki»,"Privoljskiy nauchnыy vestnik", Journal, Intellectual Archive); chet el ilmiy konferensiyalarda chop etildi. Bundan tashqari kafedra o‘qituvchilari maqolalari bilan respublikamizdagi turli konferensiyalarda ishtirok etganlar.

Kafedrada “Yosh dasturchi (Si dasturlash tili)”, “Yosh kompyuter ustasi”, “Web-dizayn” nomli to‘garaklar tashkil qilingan.

D.Sharipov «Yosh dasturchi» to‘garagini olib bormoqda

Zamonaviy axborot texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan hozirgi kunda o‘qituvchilarning o‘z sohasini mukammal bilishlari va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishlari hamda ta’lim jarayoniga tadbiq etishlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘qituvchiga qo‘yilayotgan asosiy talablardan biri hisoblanadi.

Kafedrada har o‘quv yili boshida guruh rahbarlari tomonidan ma’naviy va ma’rifiy ishlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlangan bo‘lib, kafedrada har bir guruh murabbiyi reja asosida ma’naviy va ma’rifiy isharni o‘tkazib kelmoqdalar. Bundan tashqari, respublika, Toshkent shahri, universitet va dekanat miqyosidagi turli ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

16 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:6287



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :

"Ахборот технологиялари" кафедрасида инновацион ҳамкорлик

9 yanvar 2016 yil

“Ахборот технологиялари” кафедрасида инновацион ҳамкорлик ўрнатиш
режалаштирилаётган корхоналар тўғрисида маълумот

“Ахборот технологиялари” кафедрасида инновацион фаолиятини ташкил этиш ҳақида

9 yanvar 2016 yil

“Ахборот технологиялари” кафедрасида инновацион фаолиятини ташкил этиш ҳақида маълумот

Kafedramiz Universitetning 80 yilligida

16 oktyabr 2015 yil

2015 yil 30 sentabr kuni hammamiz uchun quvonchli onlar bo’ldi. Chunki Universitetimizning 80 yilligini nishonlandik. Barcha kafedra a’zolari bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazdi.


Bizning loyihalar

        

Nabiulina Luiza Maxmudovna
Kafedra mudiri