library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

22 may 2017 yil, 571
.

Funtsional vazifalar

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar buyicha prorektor:
- Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi va ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Qо‘ysinov Odil Almuratovich

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BUYICHA PROREKTOR

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, shuningdek, «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va kо‘rsatmalarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, universitet talabalari ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, ularda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod inson shaxsini shakllantirish masalasi, talaba-yoshlarning siyosiy ongini, xushyorligini yanada oshirish, jamiyatda bо‘layotgan о‘zgarishlarga, voqea-hodisalarga, islohotlarga faol munosabatini tarbiyalash, hozirjavobligini oshirish hamda Vatanimiz taraqqiyotiga tahdid solayotgan turli xil ekstremistik oqimlar ta’siridan muhofaza qilishga qaratilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayoniga mas’uldir.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar buyicha prorektor:

- Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi va ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qiladi.

- О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni talabalar, professor-о‘qituvchilar orasida targ‘ibot qilish va har tomonlama tushuntirishni tashkil qiladi, buning uchun maxsus kurslar joriy etadi, turli uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, davra suhbatlari, savol-javob kechalarini muntazam ravishda uyushtiradi.

- Vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar buyicha qabul qilingan hujjatlarini universitet jamoasiga о‘z vaqtida yetkazish va ularda belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.

- Universitetning sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tuzilmalarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qiladi.

- Professor-о‘qituvchilarning shaxsiy ish rejasida kо‘rsatilgan tarbiyaviy ishlar majmuasining bajarilishi yuzasidan tegishli takliflarni rektorga kiritadi.

- “Ma’naviyat kunlari”ning yuksak saviya va talab darajasida о‘tishini nazorat qiladi.

- Universitetda tuzilgan jamoatchilik tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

- Fakultetlar, fakul’tetlararo kafedralar ma’naviy-ma’rifiy ishlarini nazorat qiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bо‘limi boshlig‘i –Musayeva Nodira Maxmudovna

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bо‘limi boshlig‘i

- Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, turli tashkilotlardan bо‘limga kelib tushayotgan Hay’at qarorlari, buyruqlar, modemnomalar, chora-tadbirlar va xatlar ijrosini ta’minlashni nazorat qilib boradi;

- Davlat dasturlari va hujjatlarda berilgan vazifalar ijrosi bо‘yicha ma’lumotlarni tayyorlashni nazorat qiladi;

- Universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi hamda universitet Kengashi qarorlari ijrosini ta’minlaydi;

- Universitet qoshida tashkil etilgan “Psixologik markaz” faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- Akadem guruhlarda о‘tkazilayotgan “Axborot va murabbiylik soatlari” nazoratini olib boradi;

- Universitetda hamda Oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida olib borilayotgan kо‘rik-tanlovlarni tashkil etish va hisobotlarini umumlashtirishni nazorat qiladi;

- Universitetda va talabalar turar joylarida tashkil qilinayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilishdagi faollikni nazorat qiladi;

- Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan muovinlari tomonidan bajarilayotgan hisobotlarning monitoringini olib borishni nazorat qiladi;

- Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan muovinlari bilan о‘tkaziladigan yig‘ilish bayonnomasini tayyorlashni nazorat qiladi;

- Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan muovinlariga uslubiy tavsiyalar berishni yо‘lga qо‘yadi;

- “Kamolot” YOIH BT tashkiloti faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- Universitetda о‘tkazilayotgan umumxalq bayramlarini yuqori saviyada tashkil etishni ta’minlaydi;

- “Ma’naviyat kunlari”ning nazoratini olib boradi;

- Universitet talabalarining turli tashkilotlarda tashkil qilinayotgan tadbirlardagi ishtirokini ta’minlaydi.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bо‘limi metodisti – Hamidova Xurshida Ismoilovna

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bо‘limi metodisti

- Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, turli tashkilotlardan bо‘limga kelib tushayotgan Hay’at qarorlari, buyruqlar, modemnomalar, chora-tadbirlar va xatlar ijrosini ta’minlaydi;

- Davlat dasturlari va xujjatlarda berilgan vazifalar ijrosi bо‘yicha ma’lumotlarni tayyorlash va elektron variantini Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yetkazadi;

- Ma’naviyat-ma’rifat bо‘limi tomonidan о‘tkazilgan tadbirlar bayonnomalari,universitetning ichki U buyruqlarini tayyorlaydi;

- Universitetda о‘tkazilgan ma’naviy–ma’rifiy tadbirlar xisobotini tayyorlaydi;

- Akadem guruhlarda о‘tkazilayotgan “Axborot va murabbiylik soatlari” nazoratini olib boradi;

- Universitetda hamda Oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida olib borilayotgan kо‘rik-tanlovlarni tashkil etadi va hisobotlarini umumlashtiradi;

- Universitetda va talabalar turar joylarida tashkil qilinayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilishda faol ishtirok etadi;

- Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan muovinlari tomonidan bajarilayotgan hisobotlarni monitoringini olib boradi;

- Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan muovinlari bilan о‘tkaziladigan yig‘ilish bayonnomalarini tayyorlaydi;

- Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan muovinlariga uslubiy tavsiyalar berib boradi;

- Universitetda о‘tkazilayotgan umumxalq bayramlarini yuqori saviyada tashkil etishda faol ishtirok etadi;

- “Ma’naviyat kunlari”ni tashkil etish va о‘tkazish bо‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruhlar bilan tadbir nazoratini olib boradi;

- Universitet talabalarini turli tashkilotlarda tashkil qilinayotgan tadbirlardagi ishtirokini ta’minlaydi;

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bо‘limi metodisti – Xо‘jayev Munis

- Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, turli tashkilotlardan bо‘limga kelib tushayotgan Hay’at qarorlari, buyruqlar, modemnomalar, chora-tadbirlar va xatlar ijrosini ta’minlaydi;

- Akadem guruhlarda о‘tkazilayotgan “Axborot va murabbiylik soatlari” nazoratini olib boradi;

- Universitetda hamda Oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida olib borilayotgan kо‘rik-tanlovlarni tashkil etishda faol ishtirok etadi;

- Universitetda va talabalar turar joylarida tashkil qilinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda professor-о‘qituvchi va talabalar ishtirokini nazorat qiladi va ta’minlaydi;

- Davlat dasturlari bо‘yicha universitetning ish rejasini ishlab chiqadi va ijrosini nazorat qiladi;

- Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligidan kelgan modemnomalar va ularning ijrolari

- Turli tashkilotlardan kelgan xatlarni о‘rganib chiqadi va ularning ijrolarini ta’minlanishini nazoratini olib boradi;

- Universitet Kengashi qarorlari ijrosini ta’minlashda ishtirok etadi;

- Universitetdan chiqqan xujjatlarni о‘rganib chiqadi;

- Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan muovinlariga uslubiy tavsiyalar berib boradi;

- Murabbiylar Kengashi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirib boradi va Kengash faoliyatini о‘rganib boradi;

- Universitetda о‘tkazilayotgan umumhalq bayramlarini yuqori saviyada tashkil etishda faol ishtirok etadi;

- “Ma’naviyat kunlari” doirasida о‘tkazilgan tadbirlar nazoratini olib boradi, hisobotlarini umumlashtirib boradi;

- Universitet talabalar turar joylaridagi navbatchilik jadvalini ishlab chiqadi va nazoratini olib boradi;

- Universitetga biriktirilgan mahallalar va talabalar turar joylarida shanbalik, tozalik ishlarini samarali olib borilishini nazorat qiladi;

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor

kotiba-ish yurituvchisi DJURABAYEVA GО‘ZAL

• Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor huzuriga kelgan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik Hay’ati qarorlari, buyruqlari va modemnomalarini qayd etish va ular ijrosini nazoratga olish;

• Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor huzuriga kelgan fuqarolarni rо‘yxatga olib, ular tomonidan kо‘rilgan masalalarni qayd qilib borish;

• Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, turli tashkilotlardan bо‘limga kelib tushayotgan Hay’at qarorlari, buyruqlar, modemnomalar, chora-tadbirlar va xatlar ijrosini ta’minlash bо‘yicha ma’lumotlarni jо‘natish;

• “О‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qо‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi” ning ijrosini ta’minlash bо‘yicha ma’lumotlarni ma’naviyat-va ma’rifat markaziga jо‘natish

• Universitetda о‘tkazilayotgan umumhalq bayramlarini tashkillashtirishda faol ishtirok etish;

• Bо‘lim tomonidan chiqarilgan buyruqlarni о‘z vaqtida imzolatish va kerakli bо‘limlarga yetkazish;

• Bо‘lim hujjatlar yig‘ma jildi rо‘yxati

Universitetning Tarix fakulteti Ma’naviyat ishlari bо‘yicha dekan muovini - Elbek

MURABBIYLAR KENGASHI RAISI – Nurillayev Bobomurod Najmiddinovich

MURABBIYLAR KENGASHI RAISI

- Talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, ularning shaxsiy hayotda о‘z о‘rnini topishiga kо‘maklashish ishlarini tizimli asosga qо‘yish maqsadida fakultetlarda murabbiylar Kengashi tuziladi;

- Fakultet Kengashi murabbiylarning yillik ish rejasini muhokama qiladi va tasdiqlaydi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

- Kengash murabbiylarning tо‘laqonli faoliyati uchun sharoitlarni hozirlaydi, ularni “Murabbiy daftari” va boshqa jihozlar bilan ta’minlaydi, moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini kо‘radi;

- Fakultet Kengashining faoliyati fakultet ilmiy Kengashida har chorakda 1 marta muhokama qilinadi;

- Fakultet Kengashi faoliyati universitet Murabbiylar Kengashi tomonidan muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi.

- Fakultet Kengashi о‘z navbatida universitet Murabbiylar Kengashiga hisobot beradi va uning rahbarligida о‘z faoliyatini tashkil etadi;

- Universitet Murabbiylar Kengashi universitet Nizomiga, rektor buyruqlariga tayangan holda faoliyat yuritadi;

- Universitet Murabbiylar Kengashi raisi universitet rektorining buyrug‘i bilan tayinlanadi;

- Murabbiylar Kengashining faoliyati universitet Ilmiy Kengashi tomonidan yiliga 2 marta muhokama qilinadi.

Murabbiylar Kengashining ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy sohadagi vazifalari:

- Universitet “Axborot guruhi” bilan doimiy hamkorlikda faoliyat yuritadi, “Axborot guruhi” tomonidan tayyorlangan materiallarni haftaning dushanba kunidan kechiktirmasdan olib, shu kunning о‘zida murabbiylarga seshanba kungi “Axborot va murabbiylik soati”ga tayyorgarlik kо‘rishlari uchun yetkazadi;

- talabalar guruhlariga biriktirilgan murabbiylar bilan mustaqil ish olib boradi, ularning darslarida ishtirok etadi. Ularga metodik yordam kо‘rsatadi, hisobotini tinglaydi va tegishli xulosalar

chikaradi;

- eng yaxshi murabbiylarni aniqlaydi va ularning ish tajribasini о‘rganadi;

- о‘qituvchilar va talabalar о‘rtasida kelib chiqishi mumkin bо‘lgan ziddiyatlarning oldini oladi;

- murabbiylar tavsiyalari asosida talabalar bilan shaxsiy masalalar bо‘yicha suhbatlar о‘tkazadi va ularning muammolarini hal etishda yordam kо‘rsatadi;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar buyicha kafedra mudirlari, dekan muovinlarining hisobotini tinglash tadbirini tashkil etadi;

- dolzarb masalalar buyicha talabalar bilan soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etadi va faol ishtirok etadi;

- zarur bо‘lgan hollarda talabalarning ota-onalarini, homiylarini, murabbiylarini, kafedra vakillarini davra suhbatiga taklif etadi.

UNIVERSITET XOTIN-QIZLAR QО‘MITASI RAISI –

Universitet xotin-qizlar qо‘mitasi raisi:

- Universitet xotin-qizlar qо‘mitasi universitet xotin-kizlarining ijtimoiy-siyosiy, iktisodiy va madaniy xayotda tulakonli ishtirok etishini ta’minlash, ularning ma’naviy va intelektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarining samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni ijtimoiy - huquqiy jihatdan qо‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish va ularga yetarli sharoitlar yaratib berish maqsadida tuziladi;

- Qо‘mita universitet xotin-qizlari о‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi hamda talaba-qizlarni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash borasidagi vazifalarni bajaradi;

- Talaba-qizlarni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, jamiyat hayotida faol ishtirok etish, о‘z bilimlarini muntazam oshirib borish kabi fazilatlarni tarkib toptirish Qо‘mitaning ustuvor vazifalari hisoblanadi;

- Xotin-qizlar qо‘mitasi raisi universitet rektorining buyrug‘i bilan tayinlanadi;

- Xotin-qizlar qо‘mitasining faoliyati universitet ilmiy Kengashi tomonidan yiliga 2 marta muhokama qilinadi;

Xotin-qizlar qо‘mitasi о‘z faoliyati jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

- Talaba-qizlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ayollar bilan bog‘liq tarixiy meros, sharqona ayol an’analari asosida tarbiyalash ishlarini tashkillashtiradi;

- Xotin-kizlar masalasi bо‘yicha qabul qilingan hujjatlar mazmun-mohiyatini talaba-qizlarga о‘z vaqtida yetkaziladi va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlaydi;

- Xotin-qizlar о‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda turli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib boradi;

- Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda xotin-qizlarni diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash ruhida tarbiyalash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan, xotin-kizlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq bо‘lgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kechalar, uchrashuvlar, seminar va konferensiyalarni uyushtiradi;

- Universitetga qarashli talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlar bilan ma’rifiy tadbirlar о‘tkazadi;

- Universitet xotin-qizlari muammolari bilan shug‘ullanadi;

- Kam ta’minlangan, kо‘p bolali oilalar farzandlari va yetim talaba-qizlarning moddiy ahvolini aniqlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bо‘yicha universitet rahbariyati bilan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

“KAMOLOT” YOIX, UNIVERSITET BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI RAHBARI –

“Kamolot” YOIX universitet boshlang‘ich tashkiloti rahbari:

- “Kamolot” YOIX, universitet boshlang‘ich tashkiloti universitet talabalalarini ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan kamol toptirish, ularni jamiyatning ijtimoiy faol a’zosi sifatida tarbiyalash, ularning ma’naviy va intelektual saviyasini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan.

- “Kamolot” YOIX universitet boshlang‘ich tashkilotiga universitetda tahsil olayotgan barcha talabalar a’zo bо‘lishi mumkin. Universitetning iqtidorli va ijtimoiy faol talabalari tashkilotning faoliyatida ishtirok etadilar.

- “Kamolot” YOIX, universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi tashkilotga a’zo talabalar tomonidan har о‘quv yili boshida saylanadi.

- Barcha fakultetlarda universitet boshlang‘ich tashkilotining bо‘linmalari faoliyat kо‘rsatadi.

- Talabalarning bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazish maqsadida talaba-yoshlar о‘rtasida madaniy va ma’rifiy kо‘rik-tanlovlar, viktorinalar, seminar-treninglar, festivallar hamda sportning bir necha turlari bо‘yicha

“Kamolot” kubogi musobaqalarini о‘tkazadi.

“IBN SINO SALOMATLIK MARKAZI” RAHBARI - SAFAROVA SANOBAR

- “Ibn Sino salomatlik markazi universitet huzurida sog‘lom turmush tarzini olib borish yuzasidan malakali maslahat beruvchi markaz hisoblanadi.

- “Ibn Sino salomatlik maskani” ma’rifat markazi faoliyatining asosiy maqsadi ilm olayotgan yoshlar о‘rtasida sog‘lom turmush tarzi bо‘yicha keng targ‘ibot ishlarini olib borish asosida yoshlarda о‘z sog‘lig‘ini saqlashga ongli va mas’uliyatli munosabatda bо‘lish hamda sog‘lom turmush tarzi madaniyatiga yо‘naltirilgan hayotiy falsafani shakllantirishdan iborat.

Quyidagilar markaz faoliyatining asosiy yunalishlari va vazifalari hisoblanadi:

- yoshlarni sog‘lom turmush tarzi qoidalari bilan tanishtiradi va ularga rioya qilishga о‘rgatadi;

- zararli odatlardan voz kechish bо‘yicha tavsiyalar berib boradi;

- sog‘lom bо‘lishga, jismoniy va ruhiy jihatdan uyg‘un kamol topishga yо‘naltirilgan kо‘nikma va malakalarni shakllantirish yuzasidan maslahatlar berib boradi;

- onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid qonunlar tо‘g‘risida tushunchalarni singdirib boradi;

- salomatlik madaniyatini shakllantiradi va uni rag‘batlantiradi;

- yoshlarning gigiyena sohasidagi bilimlarini oshirishga yо‘naltirilgan tadbirlar tashkil qiladi, shaxsiy gigiyena qoidalarining ahamiyatini tushuntirish bо‘yicha ishlar olib boradi hamda unga rioya etish bо‘yicha tavsiyalar berib boradi;

- giyoxvandlikka, chekishga, yuqumli kasalliklar, shu jumladan sil kasalligi va VICH/OITS tarqalishiga qarshi kurash bо‘yicha ma’ruza, uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etadi;

- salomatlikni asrashning umuminsoniy va milliy an’analari, boy ma’naviy merosni chuqur о‘rganish yuzasidan tanlovlar tashkil etadi;

- atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya normalariga rioya etish yuzasidan soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etadi;

- Markaz soglom turmush tarzi xamda tibbiyot sohasi bо‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish malakasiga ega bо‘lgan mas’ul xodim jamoatchilik asosida biriktiriladi. Mas’ul xodim professor-о‘qituvchilar yoki universitet tibbiyot xodimlari orasidan tanlab olinadi;

- Markaz qoshida ma’naviyat targ‘ibotchisi va sog‘lom turmush tarzi yuzasidan yoshlarga malakali maslahat beruvchi kishilardan iborat ishchi guruh tashkil etiladi. Ularning ishiga mas’ul xodim bevosita rahbarlik qiladi, guruhning ish faoliyatini tashkil etadi va belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlaydi;

- Mas’ul xodim markaz faoliyati bо‘yicha maqsadli tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

- Markaz Ibn Sino xalqaro jamg‘armasi bilan bevosita va muntazam ishlar olib boradi;

- Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bо‘yicha ishlarni uyushtiradi hamda istiqbolda amalga oshiriladigan ishlar haqida universitet rahbariyatiga takliflar beradi.

- Markaz faoliyatiga soglikni saklash tizimi xodimlari, tibbiyot sohasi olimlari, Ibn Sino jamg‘armasi va uning joylardagi bо‘linmalari vakillari jalb etiladi. Ular bilan talabalar о‘rtasida ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar tashkil etiladi.

FAKULTET DEKANINING MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARI BUYICHA MUOVINI

1. Kafedralar topshirgan rejalar asosida fakultetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha yillik rejani ishlab chiqadi va uni tasdiqlash uchun fakultet ma’naviyat Kengashiga olib chiqadi.

2. Fakultet ma’naviy-axlokiy tarbiya ishlari buyicha yillik

rejasida belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi va

nazorat kiladi.

3. Talabalar uyi va ijarada yashovchi talabalar bilan olib

boriladigan ishlarni tashkil kiladi, muvofiklashtiradi va nazorat kiladi.

KAFEDRA MUDIRINING MA’NAVIY-AXLOKIY TARBIYA

ISHLARI BО‘YICHA URINBOSARI

Kafedradagi ma’naviy-axlokiy tarbiya ishlari kafedra mudiri

tomonidan jamoatchilik asosida mudir urinbosari sifatida tayinlangan,

mas’ul ukituvchi tomonidan nazorat kilinadi.

Kafedra mudiri urinbosarining vazifasiga kuyidagilar kiradi:

1. Kafedraning ma’naviy-axlokiy tarbiya ishlari buyicha yillik

rejasini ishlab chikadi va uning bajarilishini ta’minlaydi.

2. Talabalar uylarida kafedra ukituvchilari tomonidan

navbatchilikni tashkil etadi.

3. Kafedrada ukituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarini

kundalik kayd etib borish uchun “ ma’naviy-axlokiy tarbiya ishlari

daftari”ni tuzadi. Daftar kafedrada saklanadi. Kafedra mudirining

ma’naviy-axlokiy tarbiya ishlari buyicha urinbosari ukituvchilarning

kundalik ukuv jarayonida talabalar orasida amalga oshirgan, ma’naviy-

ma’rifiy, tarbiyaviy ish nuktai nazaridan mux,im deb x,isoblagan

x,arakatlarini daftarda kayd etib borishlarini nazorat kiladi. Ushbu

kaydlar oy yakunida kafedradagi mas’ul shaxe tomonidan kompyuterga

kuchirilib, ma’naviy -ma’rifiy ishlarning x,isobotda talab etilayotgan

yunalishlari buyicha taksimlanadi. Shu tarika shakllantirilgan

kafedraning oylik x,isoboti ma’naviyat buyicha dekan muoviniga

topshiriladi.

4. Kafedra ukituvchilarining murabbiylik faoliyatiga kumaklashadi.

Murabbiylarning talabalar uyida va ijarada yashovchi talabalar bilan olib

borayotgan ishlarini nazorat kiladi.

5. Kafedrada olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar buyicha

fakultet ma’naviyat va ma’rifat kengashiga oylik x,isobot tayyorlaydi va

keyingi oyda amalga oshiriladigan tadbir xdkida kengashda axborot berib

boradi.

17

6. Talabalar uyida kafedra ukituvchilari tomonidan bajarilgan

ishlar xisobotini oladi va xar oyda umumiy oylik xisobotni fakultet

dekanining ma’naviy-axlokiy tarbiya ishlari buyicha muoviniga topshiradi.

7. Kafedrada tashkil etilgan tugaraklar faoliyatini nazorat kiladi

va ularning xisobotlarini kafedrada xar 6 oyda bir marta muxokama

kiladi.

Talabalar uyida navbatchilik tartibi: navbatchilik kunduzgi (1600-19011)

va tungi (1900-800) navbatchilikka bulinadi. Kunduzgi navbatchilik, asosan,

xotin-kiz ukituvchilar tomonidan amalga oshirilib, bu paytda ular

navbatchilik vazifasi bilan birga, kafedraning talabalar uyidagi

ma’naviy-axlokiy tarbiya ishlari rejasi buyicha suxbatlar va turli

tadbirlar utkazadi. Navbatchilik sungida ukituvchi bajarilgan ishlar va

navbatchilik vaktining kanday uttanligi xakida Talabalar uyida

navbatchilik daftarida tegishli kayd koldirishi lozim. Navbatchilikning

ertasi kuni ukituvchi kafedra mudiri urinbosariga navbatchilik paytida

talabalar uyida utkazgan tadbir xakida yozma xisobot topshiradi. Unda

tadbir nomi, katnashgan ukituvchi va talabalar soni, tadbir samaradorligi

xakida ma’lumot bulishi lozim.

Tungi navbatchilik erkak professor-ukituvchilar tomonidan amalga

oshiriladi. Navbatchilikni kabul kilgan ukituvchi bu xakda talabalar uyi

navbatchilik daftarida kayd etishi lozim. Tungi navbatchi talabalar uyida

xavfsizlikni, osudalik va tinch xayot tarzini nazorat kiladi. Mavjud

muammolarni xal kiladi. Favkulodda xolatlar ruy bersa, darxol

universitet raxbariyatini ogoxlantiradi.

Navbatchi talabalar uyi ichki kun tartibiga talabalar tomonidan tulik

rioya kilinishini nazorat kiladi. Kech soat 2300da talabalar kengashi raisi

va kavat cap dor lari bilan xamkorlikda talabalar uyi ga tunashga kelmagan

talabalarni aniklaydi va bu xakda ertalab talabalar uyi direksiyasiga yozma

ma’lumot koldiradi.

22 may 2017 yil, O`qilgan:571



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

Ma`naviyat