Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Toshkent pedagogika kollejida hamkorlik asosida amalga oshirilgan ishlar

Universitetning professor – o‘qituvchilari B.Abdullayeva, H.Sanaqulov, B.Pardayev, R.Sadikovalar tarkibidan iborat ishchi guruh Toshkent pedagogika kollejida faoliyat olib borib quyidagi tashkiliy - uslubiy ishlarni o‘zaro hamkorlik asosida tashkil qilishdi






“Mexmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi 1/13 guruhida “Kasb etikasi va psixologiyasi” fani o‘qituvchisi N.Imomqoriyevaning hamda “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi 2/8 guruhida “Pedagogika” fani o‘qituvchisi N.Kamalovaning darslari kuzatildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Hamkorlik jarayonida kollejning umumiy sanitariya holati talab darajasida ekanligi, barcha mashg‘ulotlar jadval asosida amalga oshirilayotganligi, o‘quvchi va o‘qituvchilarning kiyinish madaniyatiga to‘la rioya etayotganligi hamda kollejda o‘qituvchilar, o‘quvchilar, xodimlar orasida sog‘lom ma’naviy muhit yaratilganligi aniqlandi. Shuningdek, barcha o‘qituvchilar o‘z fani yuzasidan o‘quv uslubiy majmuaga egaligi, mashg‘ulotlarni ko‘rgazmalilik, axborot komunikatsion texnologiyalar va ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o‘tayotganligi ma’lum bo‘ldi.

27 may 2017 yil, 1,767
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering