library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

“Yosh kitobxonlar” Respublika ko‘rik-tanlovning saralash bosqichi o‘tkazildi

30 may 2017 yil, 892
.

2017 yil 27 may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Yosh kitobxonlar” Respublika ko‘rik-tanlovning saralash bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2017 yil 26 apreldagi 70-sonli majlisi bayoni bilan tasdiqlangan “ O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan ko‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 46-bandida belgilangan vazifalar hamda universitet talaba-yoshlari o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 16 maydagi 310-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Yosh kitobxonlar” Respublika ko‘rik-tanlovning saralash bosqichi o‘tkazildi. Ushbu ko‘rik-tanlovda 5 guruh ya’ni TDPU ,TDTU ,TAYLQEI, TKTI ,TDO‘TAU oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdilar.

Tanlovlarniig maqsadi hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Bu tanlovning birinchi bosqichi 2017 yil 27 may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etildi.

Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh kitobxonlar” respublika ko‘rik -tanlovining saralash bosqichida universitetimizning “Asarlardan yaralgan navolar” yo‘nalishi bo‘yicha Musiqa ta’limi yo‘nalishi 3-kurs bakalavriat talabasi Burxonov Otajon 1-o‘rinni egalladi hamda “Kitob tafakkur xazinasi” maqollar yo‘nalishi bo‘yicha Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya) mutaxassisligi 2-kurs magistri Sobirxonov Abdulbosit 2-o‘rinni egallab, imtiyozli diplom bilan taqdirlandilar.

M.Isroilova

ARM xodimasi.

30 may 2017 yil, O`qilgan :892



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

E`lonlar