Foydali manbalar













OTM web-reytingi

70 yoshingiz muborak!

Hurmatli Ravil Gennadiyevich!
Kasb ta’limi fakulteti Sizni qutlug‘ 70 yoshingiz bilan muborakbod etadi






Siz respublikamizning eng nufuzli oliy ilm dargohlaridan biri sanalmish universitetida yarim asrlik mehnat faoliyatingiz davomida, dekan muovini, dekan, universitet qoshidagi akademik litseyda direktor, kafedra professori lavozimlarida ishlagan davringizda, ilmiy-pedagogik izlanishuvlaringizda ezgu, xayrli niyatlar doimo diqqat markazingizda bo`ldi. Siz, mamlakat miqyosida ta’lim sohasida kechayotgan tub islohatlarni amalga oshirish yuzasidan qabul qilinayotgan Prezident Farmonlari, Hukumat qarorlarini hayotga tatbiq etishda faollik ko‘rsatib, yurtimiz oliy ta’lim rivojiga o‘zingizning salmoqli hissangizni qo‘shib kelmoqdasiz.

Sizning ilmiy-pedagogik faoliyatingiz hamda fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissangiz alohida tahsinga loyiqdir. Fan nomzodi, professor sifatida yaratgan o‘quv qo‘llnmalaringiz, risolaringiz, oliy oliy ta’lim muassasalarida keng qo‘llanib kelinmoqda. Siz tarbiyalab yetishtirgan yuqori malakali pedagog kadrlar respublikamiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilmoqdalar va intellektual manfaatlarini rivojlantirish ishlarida ibratli faoliyat olib borib, jonkuyarlik namunalarini ko‘rsatib kelmoqdasiz.

8 iyun 2017 yil, 1,735
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering