Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Chet tilda madaniyatlararo muloqotni o‘rgatishning dolzarb masalalari” mavzusida anjuman bo`lib o`tdi

2017 yilning 7 iyun kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Chet tillar fakultetida “Chet tilda madaniyatlararo muloqotni o‘rgatishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-ta’limiy anjumanini universitet rektori p.f.d. prof., Sh.S.Sharipov ochib berdi hamda anjumanga tashrif buyurgan barcha ilm ahliga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.






O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (2012 yil, 10 dekabr), o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratishga asos bo‘lib kelmoqda.

Ma’lumki, chet tillarni o‘rganish tizimini tubdan yangilash maqsadida Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturlari va darslik hamda qo‘llanmalar yaratildi va amaliyotga tatbiq etildi.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash kerak, o‘rta umumta’lim maktablarining I-IX sinflari uchun ingliz, nemis, fransuz tillari o‘quv dasturlari universitetimiz professor-o‘qituvchilarining bevosita ishtirokida tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilishi ruhsat etilgan “Chet tilda madaniyatlararo muloqotni o‘rgatishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy anjuman yuqorida zikr etilgan qarorni bajarishda muhim tadbir hisoblanadi.

Konferensiyaning e’tiborli tomoni yana shundan iboratki, chet tillarni o‘rgatish-o‘rganish sohasidagi eng so‘ngi ilmiy va amaliy tajribalardan keng foydalanilmoqda. Masalan, halqaro uslubiy me’yorlar bo‘yicha o‘zga tilni egallash til sohibining madaniyatini o‘rganish bilan parallel tarzda olib boriladi. Demakki, til o‘rganuvchi nafaqat shu tilda muloqot qilishni, balki madaniy steriotiplardan ham o‘rni bilan foydalana olishi kerak. 2017 yilning 7 iyun kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Chet tillar fakultetida “Chet tilda madaniyatlararo muloqotni o‘rgatishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-ta’limiy anjumanini universitetimiz rektori p.f.d. prof., Sh.S.Sharipov ochib berdi hamda anjumanga tashrif buyurgan barcha ilm ahliga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Konferensiyada chet til o‘qitishdagi bir qator dolzarb muammolar muhokama etilib, kuyidagi olimlar Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sh.Sirojiddinov, Samarqand davlat chet tillar instituti f.f.d.,professor Sh.Safarov, f.f.d., professor I.Mirzaev, Andijon davlat universitetidan G‘.Xoshimov, M.Umarxadjaev, M.N.Xolbekov, p.f.d. professor Sh.Alimov, f.f.n dotsent T.Umrzoqov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidan p.f.d professor G.Maxkamova, f.f.d.professor A.Mamatov, Chet tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi professori J.J.Jalolov, kafedra dotsenti Z.R.Abdujabbarova hamda fakultet dekani O.N.Yusupovlar ma’ruzarali bilan ishtirok etishdi.

8 iyun 2017 yil, 1,268
Dottoyev S.X.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering