Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“START-UP” loyihalari haftaligi

2017 yilning 7 iyun kuni Toshkent davlat iqsodiyot universitetida oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining “START-UP” loyihalari haftaligining Chilonzor tumani bosqichi o‘tkazildi.






2017 yilning 7 iyun kuni Toshkent davlat iqsodiyot universitetida oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining “START-UP” loyihalari haftaligining Chilonzor tumani bosqichi o‘tkazildi. “START-UP” loyihalari haftaligining Chilonzor tumani bosqichida Nizomiy nomidagi TDPU dan bir guruh talaba yoshlari o‘z biznes loyihalari bilan ishtirok etdilar. Ishtirokchilardan Kasb ta’limi fakulteti 303-guruh talabasi Djumaev Jasur Mamanazarovich “Arxitektorlik inshoatlarini yasash” va “Tarixiy obidalar maketini yasash” biznes loyihasi bilan va Chet tillar fakulteti 402-guruh talabasi Xasanova Sarvinoz Murotjon qizi “Maktabdan so‘ng bandlikni ta’minlash” biznes loyihalari bilan ishtirok etib faxriy o‘rinlarni egallab, Chilonzor tumani xokimi va universitet rektori tomonidan “START-UP” loyihalarida faol ishtirok etganligi uchun diplom bilan taqdirlandilar. Bu talabalarga “START-UP” loyihalari bilan keyingi bosqichlarda muvoffaqiyatli ishtirok etishlarini tilab qolamiz.

8 iyun 2017 yil, 2,154
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering