Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Yurt taraqqiyoti yо‘lida birlashaylik” shiori ostida Forum tashkil etildi

Universitet tkuq raisi F.R. Mirkamalov 2017 yil 16 iyun kuni О‘zbekiston Simpoziumlar saroyida mamlakat kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yо‘lida birlashaylik” shiori ostida tashkil etilgan Forumida qatnashdi.






Forum о‘z ishini О‘zbekiston Simpoziumlar saroyida tashkil etilgan yalpi majlisda davom ettirdi. Unda “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishda О‘zbekiston kasaba uyushmalarining о‘rni va roli muhokama etildi.

Yalpi majlisni О‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.

Forumda “О‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishda Kо‘maklashish dasturi” loyihasi bо‘yicha ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olingan holda mazkur Dastur tasdiqlandi.

Forum yakunida kasaba uyushma faollari jondan aziz Vatanimiz О‘zbekistonning nurafshon kelajagi, porloq istiqboli yо‘lida barcha kuch va g‘ayratlarini safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar

О‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati ma’umotlari asosida

17 iyun 2017 yil, 1,519
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering