Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA KIRISH UCHUN HARBIY QISMLAR QO‘MONDONLIGINING TEGISHLI TAVSIYANOMALARIGA EGA BO‘LGAN ABITURIYENTLARNI QABUL QILISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017- y., 14-son, 229-modda) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» 2017-yil 4-apreldagi PQ-2867-son qaroriga muvofiq, shuningdek harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan, respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rgan abituriyentlar mehnatini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2017-yil 6-aprel, 186-son Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 186-son Qaroriga ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan O‘ZGARISHLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 205-son Qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: «11. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan barcha fuqarolarga respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovi natijalari bo‘yicha o‘zlari to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi». 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son Qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi Nizomning 47-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: «47. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan va oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga imtiyozli kirish uchun harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolarga test sinovi natijalari bo‘yicha o‘zlari to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida ball qo‘shish shaklida imtiyozli shartlar beriladi».

6 iyul 2017 yil, 1,970
Yuldasheva D.

O`xshash maqolalar












Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)