XTQTXMOM     library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida respublika konferensiyasi

21 iyul 2017 yil, 1,034
Dottoyev S.X.

Joriy yilning 9-10 avgust kunlari О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostidagi uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarda natijadorlikka erishishning ilmiy-amaliy masalalariga bag‘ishlangan respublika konferensiyasini о‘tkaziladi.

О‘zbekiston yoshlar ittifoqi, О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda О‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining

AXBOROT XATI

 

Joriy yilning 9-10 avgust kunlari О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostidagi uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarda natijadorlikka erishishning ilmiy-amaliy masalalariga bag‘ishlangan respublika konferensiyasini о‘tkazadi.

Konferensiya ishi quyidagi yо‘nalishlarda tashkil etiladi:

– Uyushmagan yoshlar ijtimoiy qatlamini о‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari;

– Uyushmagan yoshlar bilan ishlash: О‘zbekiston va xorij tajribasi;

– Uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga о‘rgatish, qayta tayyorlash va bandligini ta’minlash masalalari;

– Uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini takomillashtirish masalalari;

– Uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish masalalari.

Konferensiya uchun materiallar — 2017 yilning 25 iyul kuniga qadar О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida (Toshkent shahri, Navoiy kо‘chasi 11-uy) qabul qilinadi.

Taqdim etiladigan materiallarga qо‘yiladigan talablar:

— ilmiy maqolalar konferensiya yо‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlillarga suyanib, tugallangan fikrlar asosida tegishli taklif va tavsiyalar taqdim etilgan holda bо‘lishi lozim;

— taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bо‘yicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi.

Ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2 sm., chapdan 3 sm., о‘ngdan 1,5 sm. joy qoldirib, bir nusxada rasmiylashtirilgan bо‘lishi lozim. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilib, 1,5 intervaldan sо‘ng muallifning ismi va otasining ismini bosh harflari hamda familiyasi yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot (ish yoki о‘qish joyi) va shahar nomi kо‘rsatiladi. Sо‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi.

Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida bо‘lishi va 4 betdan oshmasligi kerak. Maqolalar elektron nusxasi hamda taqrizning imzosi bilan skaner qilingan holatda maqolaga ilova qilib, konferensiya2017@umail.uz elektron manziliga yuboriladi.

Batafsil ma’lumotlarni yoshlarittifoqi.uz saytidan hamda (0371) 241-02-72 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

 

21 iyul 2017 yil, O`qilgan :1034



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

AL va KHK bilan xamkorlik