library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

8 yanvar 2014 yil, 9,439
.

“Psixologik xizmat” markazi ochildi

Psixologiya inson ruhiyatini о‘rganuvchi fan bо‘lib, bugungi kunda rivojlanib borayotganligi kо‘pchilikka ma’lum. Jamiyat taraqqiyoti, insonlarning intellektual salohiyati ortib borishi natijasida fanning turli sohalari bilan birga “Psixologik xizmat” turlariga ham ehtiyoj sezilishi tabiiy. Chunki rivojlanib borayotgan mamlakatda shaxsning har tomonlama uyg‘un taraqqiyoti uchun (ijtimoiy, jismoniy, ma’naviy-axloqiy, intellektual) zarur shart-sharoitlarni yaratishda “Psixologik xizmat”ning о‘rni va ahamiyati katta.

Psixologiya inson ruhiyatini о‘rganuvchi fan bо‘lib, bugungi kunda rivojlanib borayotganligi kо‘pchilikka ma’lum. Jamiyat taraqqiyoti, insonlarning intellektual salohiyati ortib borishi natijasida fanning turli sohalari bilan birga “Psixologik xizmat” turlariga ham ehtiyoj sezilishi tabiiy. Chunki rivojlanib borayotgan mamlakatda shaxsning har tomonlama uyg‘un taraqqiyoti uchun (ijtimoiy, jismoniy, ma’naviy-axloqiy, intellektual) zarur shart-sharoitlarni yaratishda “Psixologik xizmat”ning о‘rni va ahamiyati katta.

Darvoqe, “Psixologik xizmat” ta’lim sohasiga mansub bо‘lib, kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, barkamol shaxsni tarbiyalashni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘yadi. Pedagogika oliy о‘quv yurtlari orasida tayanch hisoblanmish universitetimizda ham har yili ta’lim muassasalariga turli yо‘nalishlarda mingdan ortiq muttaxassislar tayyorlab beriladi. Ana shu mutaxassislarni har tomonlama yetuk bо‘lishi, ta’lim samaradorligiga erishish maqsadida yana bir xayrli ishga qо‘l urildi.Talabaga berilayotgan bilimlarni о‘zlashtirishida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etib, olamni idrok etish va yangi muhitga moslashish jarayonida о‘zini anglash va о‘z о‘rnini topishiga yordam kо‘rsatish, sog‘lom ma’naviy muhitnining muqarrarligini ta’minlash, murabbiylarga talaba-yoshlar bilan ishlashda amaliy yordam kо‘rsatish maqsadida Respublika oliy о‘quv yurtlari orasida yagona “Psixologik xizmat” markazi ochildi.

“Umumiy psixologiya” hamda “Amaliy psixologiya” kafedralari professor-о‘qituvchilari tashabbusi bilan tashkil etilgan markaz taqdimotida sо‘zga chiqqan psixologiya fanlari doktori, professor Nuriddin Safayev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Pо‘lat Ergashev, amaliy psixologlardan Feruza Alimova, Dilorom Mahmudovalar komil inson tarbiyasida psixologiya fanining tutgan о‘rni va ahamiyati, markaz faoliyati, yо‘nalishlari, psixologlarga qо‘yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumotlar berishib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarishdi.

-1-Talabalar turar joyida har kuni soat 14-00dan 18-00ga qadar faoliyat yurituvchi “Psixologik markaz”ga talabalar о‘quv jarayoni, dо‘stlar orasida yuzaga kelayotgan muammolar, oilaviy munosabatlardagi chigalliklarga yechim izlab murojaat qilishlari mumkin. Tajribali, amaliy psixologlarimiz ular bilan ishlashadi, muammoning kelib chiqish sabablari о‘rganilib, birgalikda yechimi ham topiladi.- deydi markaz raxbari N. Safayev.- Maqsadimiz, kelajagimiz bunyodkorlarini tarbiyalovchi bо‘lg‘usi pedagoglarning har tomonlama mukammalligini ta’minlash. Turmush qurish arafasidagi yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlab, mustahkam oila hamda sog‘lom farzandlar kamoliga erishish.

8 yanvar 2014 yil, O`qilgan:9439



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

O`quv ishlari