XTQTXMOM     library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

«Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

9 avgust 2017 yil, 936
Yuldasheva D.

Joriy yilning 31 iyul Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent shahri bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.

«Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan har ikki yilda bir marotaba o‘tkazib kelinmoqda.

Tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – respublikadagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda namunali faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarini aniqlash va rag‘batlantirish, ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, korxona, tashkilot va muassasalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari rolini oshirishdir.

Ushbu ko‘rik tanlovda belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha Toshkent shahri miqyosida 38 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari g‘olib deb topilgan bo‘lib, ularning orasida universitet kasaba uyushmasi tashkiloti diplom bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati materiallari asosida F.R. Mirkamalov va N.Zokirova.

9 avgust 2017 yil, O`qilgan :936



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar