XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          

«Pedagogika» fakulteti dekani tabrigi

«Pedagogika» fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, professor
Yuzlikaнeva Elzara Reshatovna barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarni O‘zbekiston mustaqilligi va o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etdilar.

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar, do‘stlar, avvalo barchangizni eng ulug‘ va eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni, xayil ayyomi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklashga ruxsat etasiz.

Istiqlol yillarida mamlakatimiz erishga muvaffvqiyatlarni sanab o‘tishga sira hojat yo‘q, nazarimizda. Zero Mustaqilligimiz tashabbuskori – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida jamiyat hayotining barcha sohalarida erishilgan tub islohotlar natijalarini har birimiz oilamiz, mehnat va o‘quv jamoamiz misolida ko‘rib, guvoh bo‘lib turibmiz.

Mamlakatimizda inson manfaatiga qaratilgan chora-tadbirlar o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining ortishi, onalar va bolalar o‘limining keskin kamayishi, aholining turmush va mehnat sharoitlari tubdan yaxshilanishida muhim omil bo‘lganini ham barchamiz his qilib turibmiz.

Bugun istiqlolimizning 26 yilligini tantana qilish bilan bir qatorda, mustaqilligimiz tashabbuskori Islom Karimovning vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘udamiz. Hech shubha yo‘qki, uning porloq xotirasi minnatdor insonlar qalbida mangu yashaydi. Islom Karimov ko‘rsatib bergan yorug‘ yo‘ldan ildam borayotgan mamlakatimiz va xalqimiz u orzu qilgan marralarni albatta zabt etadi.

Mustaqillikning 26-yilligini davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning rahbarligida xalqimizning hayotini yaxxshilash, uning farovonligi darajasini oshirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar sharoitida kutib olyapmiz.

Barchamiz shahar va qishloqlarimiz qiyofasi kun sayin o‘zgarayotgani, aholi, ayniqsa yosh oilalar uchun yangi va qulay uy-joylar, yangi xiyobon va bog‘lar tashkil qilinayotganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, quvonib turibmiz.

Respublikamiz yoshlariga zamonaviy bilim asoslari, o‘zlari qiziqqan kasb sirlarini mukammal egallashi uchun barcha imkoniyatlar va sharoitlar yaratilgan, zamonaviy texnika va texnologiyalar bildan jihozlangan ta’lim muassasalari barpo qilinmoqda. Barcha ezgu ishlarimiz yagona maqsad – inson baxt-saodatiga qaratilgandir.

Hurmatli do‘stlar, Sizni yangi o‘quv yili bilan tabriklar ekanman, barchangizga sog‘lik, shodlik, pedagogik va o‘quv faoliyatingizda, barcha yaxshi ishlaringizda zafarlar yor bo‘lishini tilayman.

Yangi o‘quv yilida oldimizda ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilashga oid yangi vazifalar, ishonamizki, yangi yutuqlar kutmoqda.

Istiqlolimizning 26 yilligi nishonlanayotgan yilda universitetimizning birinchi kursiga qabul qilingan yigit-qizlarga murojaat qilib, aytmoqchimanki, Siz katta bir marrani zabt etdingiz. O‘z bilim va iqtidoringizni namoyish etib, respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi bo‘ldingiz. Bu bilan Sizni barcha ustozlar nomidan tabriklab, sog‘lik, baxt-saodat, o‘qish va ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Oldingizda katta, mashaqqatli va juda qiziqarli yo‘l – pedagoglik, muallim va murabiiylik kasbini egallash yo‘li turibdi. Bu yo‘lda Sizga omad yor bo‘lsin. A’lo o‘qish va namunali xalqingiz bilan universitet, fakultet mavqeini oshirishga munosib hissa qo‘shishingizga ishonamiz.

Hurmatli birinchi kurs talabalari, Siz mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida tub burilishlar davrida talaba bo‘ldingiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarorida belgilangan oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar: jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish; oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish; yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, o‘quv-ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash; oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash – bularning hammasi Sizning mukammal, dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishingizni ta’minlashga qaratilgandir.

Fakultet rahbariyati nomidan Sizni talabalik baxti bilan yana bir bor tabriklar ekanman, ishontirib ayta olamanki, barcha ustozlar Sizga bor bilim, kuch-g‘ayratini safarbar qilgan holda ta’lim va tarbiya berishga tayyor. Ularning qimmatli maslahatlaridan to‘g‘ri foydalanib, o‘z kelajagingiz, mamlakat farovonligi yo‘lida mehnat qilish uchun kasb sirlarini mukammal egallashga intiling. Izlaning.

Aziz do‘stlar, istiqlolimizning 26 yilligi, yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin. Boshlayotgan yangi yilimiz zafarlar yili bo‘lsin.

4 sentabr 2017 yil, 723
Yuldasheva D.


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering