Foydali manbalar













OTM web-reytingi

"Birinchi kurs maktabi"

Kasb ta'limi fakulteti I- kurslari uchun "Birinchi kurs maktabi" bo'yicha 4- sentyabrdan 9- sentyabrga qadar o`tkazilgan darslar






Ushbu 2016-2017 o’quv yilida fakultetimizda o’qiladigan ta’lim yo’nalishlariga 165 nafar abituriyent talabalik sharafiga muyassar bo’ldilar. Ushbu talabalar 9 guruhda fakultet kafedralarining tajribali professor-o’qituvchilari murabbiylik qilishlari belgilandi. Bular,

№ Guruhi Talabalar soni Murabbiylarning F.I.Sh.

1 TS-101 17 Mirzaliyev Z.

2 TS-102 18 Malikov K.

3 TS-103 rus 13 Jabborov R.

4 D-101 30 Zuparova D.

5 D-102 rus 10 Mullaxmedov R.

6 KGD-101 26 Abdurahmonova Sh.

7 KGD-102 rus 15 Zokirova M.

8 Mehnat-101 25 Mamatov D.

9 Mehnat-102 rus 10 Yakubova H.

Universitetning o’quv ishlari bo’yicha prorektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida guruh murabbiylari tomonidan kunning ikkinchi yarimida 4-sentyabr kuni 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasi mavzusida, 5-sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2909-sonli Qarori ijrosi mavzusida, 6-sentyabr kuni Chet tilini o'rganishni takomillashtirish to'g'risidagi PQ-1875- ijrosi mavzusida, 7-sentyabr kuni Universitetda faoliyat yurituvchi jamoat tashkilotlar bilan tanishish mavzusida, 8-sentyabr kuni Universitetning tashkiliy tuzilmasi. Odob-ahloq qoidalari mavzusida dars mashg’ulotlari bo’lib o’tdi. Mazkur dars mashg’ulotlariga nafaqat guruh murabbiylari, balki fakultetda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ustozlardan t.f.n., professorlar Sh.K.Murodov, B.Muhammadsaidov, t.f.n., dotsent P.O.Adilovp.f.d., professor S.S.Bulatov, p.f.n., dotsentlar S.Abdirasilov, S.Boltaboyev, S.Ahmadaliyev, O.Nurtoyev, O.Avazboyev va boshqalar ham tashrif buyurib mavzu asosida talabalarga ma’ruza o’qidilar.

9 sentabr 2017 yil, 1,766
Dottoyev S.X.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering