Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin

Yurtimizda 2017 yilning 1-sentyabr kuni Qurbon Hayiti bayrami deb e’lon qilinishi munosabati bilan va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostidagi tadbirlar doirasida universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi






Yurtimizda 2017 yilning 1-sentyabr kuni Qurbon Hayiti bayrami deb e’lon qilinishi munosabati bilan va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostidagi tadbirlar doirasida universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Nogiron, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar farzandi bo‘lgan talaba-o‘quvchilar, mehnat faxriylari xolidan xabar olish tashkil qilindi. Jumladan: universitetda 40 yildan ortiq mehnat qilgan, agrouchastka rahbari bo‘lib ishlagan, 80 yoshdan oshgan mehnat faxriysi Nabiev Vali xonadonlarida bo‘lib, unga bayram sovg‘alari topshirildi.

Ko‘zi ojiz talabalarga bayram sovg‘asi sifatida Brayl yozuvi daftarlari topshirildi. Toshkent shahar ko‘zi ojiz yoshlar markazi tomonidan 2017 yil 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligini nishonlash hamda Toshkent shahar ko‘zi ojiz yoshlar markazining tantanali ochilishi marosimida 2017 yilda universitetga 1-bosqichga o‘qishga qabul qilingan ko‘zi ojiz talabalar biriktirilgan ma’sullar rahbarligida ishtirok etishdi

21 sentabr 2017 yil, 1,463
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering