|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


TDPU qoshidagi akademik litseylar

Universitet qoshida 2 ta akademik litsey bo’lib u O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 1995 yil 4 sentyabrdagi 184 – O – sonly buyrug’I asosida tashkil etilgan bo’lib, 1998 yil 16 fevralda Oliy va o’rta maxsus talim vazirligining tasarrufiga o’tkazilgan.

Hozirgi kunda universitet qoshida akademik litseyda “Huquq fanlari”, “Milliy g`oya va ma’naviyat asoslari”, “Biologiya o`qitish metodikasi”, “Ingliz tili nazaryasi va o`qitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi”, “Umumtilshunoslik”, “Psixologiya”, “Ingliz tili”, “Falsafa”, “O`zbekiston demokratik jamiyat qurish nazaryasi va amaliyoti” kafedralarining fililallari faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

Ushbu akademik litsey Toshkent shahri, Farg’ona yo’li ko’chasi, 101a- uyda joylashgan.

Vazirlar mahkamasining 2014 yil 18 sentyabr 267 – sonly qaroriga asosan Angren shahar akademik litseyi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey deb belgilandi.

Angren shahar akademik litseyida “Kimyo o`qitish metodikasi”, “Rus tili o`qitish metodikasi”, “Ingliz tili amaliy kursi”, “Informatika o`qitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi”, “Matematika o`qitish metodikasi”, “Umumiy matematika”, “O`zbek tili va uni o`qitish metodikasi”, “O`zbek adabiyoti va uni o`qitish metodikasi” kafedralari fililallari faoliyat olib bormoqda. Universitet kafedralari fililallari tashkil qilishdan maqsad litseylarning ilmiy salohiyatini ko`tarish hamda akademik litseylar oldiga qo`yilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda amaliy yordam ko`rsatishdan iborat.

Akademik litseylarda 4 ta yo’nalish mavjud:

1. Ijtimoiy – gumanitar fanlar.

2. Aniq fanlar.

3. Tabiiy fanlar.

4. Xorijiy tillar.

21 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:17078

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • TDPU qoshidagi akademik litseylar



  • Pedagogikadan savol

    O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi, bu...

    Javob: Insonni har tomonlama rivojlantirish va kamol topishi

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar