library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

"Millatimiz iftixori" mavzusida maqolalar tanlovi o'tkaziladi

22 sentabr 2017 yil, 313
Yuldasheva D.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ 2854-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 29 martdagi 175-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Millatimiz iftixori” mavzusidagi maqolalar tanlovi e'lon qilindi

Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining

100 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari

o‘rtasida o‘tkaziladigan “Millatimiz iftixori” mavzusidagi

maqolalar tanlovining

NAMUNAVIY NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur maqolalar tanlovi (keyingi o‘rinlarda “Tanlov” deyiladi) Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludinint 100 yilligi munosabati bilan barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

1.2. “Millatimiz iftixori” mavzusidagi maqolalar tanlovida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi.

1.3. Tanlov “Eng yaxshi maqola” yo‘nalishida o‘tkaziladi.

1.4. Tanlov oliy ta’lim muassasalarining “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limlari tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi.

II. Tanlovning maqsadi va vazifalari

2.1. Tanlovning asosiy maqsadi - yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy-ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash hamda tavalludining 100 yilligini munosib nishonlash, talaba-yoshlarni atoqli davlat arbobi va adibning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab -quvvatlashdan iborat.

2.2. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:

- oliy ta’lim muassasalarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish;

- yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni har tomonlama rivojlantirish;

- chora-tadbirlar dasturining mazmun-mohiyati targ‘iboti ta’sirchanligini oshirish;

III. Tanlovni o‘tkazish muddatlari

3.1. “Millatimiz iftixori” mavzusidagi maqolalar tanlovi ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich - oliy ta’lim muassasasi fakultetlari talabalari o‘rtasida joriy yil oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich - tanlovning oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilgan fakultetlararo birinchi bosqichi g‘oliblari o‘rtasida oktyabr oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

IV. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish

4.1. Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan tashkiliy qo‘mita va soha professor-o‘qituvchilari, olimlari, mutaxassislari, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda hakamlar hay’ati tuziladi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar (maqolalar) fakultetlar va oliy ta’lim muassasasi kesimida tuzilgan hakamlar hay’ati tomonidan tanlov shartlari va mezonlari asosida baholanadi.

V. Tanlov shartlari va baholash mezonlari

5.1. Tanlovga taqdim etilgan maqolalar quyidagi mezonlarda baholanadi:

- mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;

- ijodiy ishlarning stilistik va gramatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;

- mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondoshuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;

- mavzuni yoritishda o‘ziga xos ijodkorlik hususiyatlari ifoda etilganligi, hayotiy misollardan keng foydalanilganligi;

5.2. Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi.

VI Hujjatlarni taqdim etish tartibi

6.1. Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar (o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi mumkin) kompyuter Word dasturida, Times New Roman shriftida 1 intervalda, chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirgan holda yozilgan bo‘lishi shart. Maqolalar 10 betdan oshmasligi kerak. Yozma materiallarda talabalarning o‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yo‘nalishi aniq ko‘rsatiladi.

VII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

7.1. Tanlovning ikkinchi bosqichida yuqori (1-,2-,3-) o‘rinni egallagan talabalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus diplom, faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar (yoki pul mukofoti) bilan taqdirlanadilar.

Tanlov g‘oliblarini taqsirlash ishlari Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi arafasida o‘tkazilsin.

Yuqori (1-,2-,3-) o‘rinni egallagan talabalarning ijodiy ishlari “ZiyoNET” axborot ta’lim tarmog‘i va oliy ta’lim muassasalari saytlari hamda ta’lim muassasasining gazeta va jurnallarida yoritiladi.

22 sentabr 2017 yil, O`qilgan :313



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

Olimpiada va tanlovlar