library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

Kasb xunar kollejlari bilan hamkorlik

10 yanvar 2014 yil, 9,313
.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o’quv rejalaridagi umumta`lim fanlari bo’yicha ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishga hamda kasbiy sohalariga yo’naltirib o’qitish metodikalariga asoslangan 23 nomdagi qo’llanmalar va o’quv metodik majmualar universitet professor-o’qituvchilari tomonidan nashrga tayyorlandi.



Hozirgi vaqtda universitet hamkorlik doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining 164 ta kasb-hunar kollejlari bilan 3 yil muddatga mo’ljallangan 200 dan ortiq hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Shartnoma shartlari universitetimizning tegishli kafedralari mutasaddilari tomonidan o’z vaqtida bajarib kelinmoqda. Xususan, shartnomada nazarda tutilgan o’quv-uslubiy, ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy-amaliy va tashkiliy-metodik ishlar belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari kasb-hunar kollejlari bazasida 21 ta kafedra filiallari tashkil etilgan. Kafedra filiali mudirlari tomonidan belgilangan ish rejasi asosida uchrashuvlar, davra suhbatlari, o’quv-uslubiy seminarlar, seminar-treninglar olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining 2017 yil 18 apreldagi 87-02-1216 sonli modemnomasiga ko‘ra Toshkent pedagogika kolleji, Chilonzor pedagogika kolleji,Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kolleji biriktirilgan bo‘lib, universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan kollej jamoalariga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish, universitetning professor-o‘qituvchilarini ilmiy-pedagogik salohiyati va tajribalaridan samarali foydalanib, o‘qitishning ilg‘or metodlarini ta’lim jarayoniga tadbiq etib, o‘quvchilarning ilm-fan va badiiy adabiyot o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish orqali davomatni yuqori ko‘rsatkichlari hamda ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarning natijadorligi ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Universitet kafedralari tomonidan o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari uchun 100 dan ortiq nomda darslik va o’quv qo’llanmalar nashr qilindi.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o’quv rejalaridagi umumta`lim fanlari bo’yicha ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishga hamda kasbiy sohalariga yo’naltirib o’qitish metodikalariga asoslangan qo’llanmalar va o’quv metodik majmualar universitet professor-o’qituvchilari tomonidan yaratib kelmoqdai. Qo’llanma va majmualar Toshkent shahri, Toshkent viloyatlari o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o’qituvchilari bilan hamkorlikda aprobatsiyadan o’tkaziladi.

Universitet bilan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi bilan xamkorlik doirasida universitet bitiruvchilari bitiruv malakaviy amaliyotini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tkazib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 14 martdagi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarda kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi 15 Qo‘shma qarorini bilan ishchi gurux tashkil qilindi. Ishchi gurux umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarda kompeteitsiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyixalarini ishlab chiqishdi va xukumatga tasdiqlash uchun topshirildi. Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 6 aprel 187-sonli qarori bilan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar talimining DTS tasdiqlandi. Ishchi gurux umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarda kompeteitsiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartlariga asosan o‘quv dasturlari loyixalarini ishlab chiqishmoqda.

Ayni paytda kasb-hunar kolleji o’quvchilarini universitet hayoti, fakultet va kafedralar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ochiq eshiklar kuni va universitet haftaliklarini tashkil etish rejalashtirilgan.

KHKlari o’qituvchilarining o’z ustilarida samarali ishlashlari uchun universitetda Koreya bilan hamkorlikda ochilgan “KARMAT” dasturi asosida ishlovchielektron kutubxonadan unumli foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

10 yanvar 2014 yil, O`qilgan :9313



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :

Малакавий педагогик амалиётига бағишланган анжуман бўлиб ўтди.

7 may 2015 yil

27 апрель куни малакавий педагогик амалиётига бағишланган анжуман бўлиб ўтди.

Anjuman bo'lib o'tdi

6 may 2015 yil

2015 йил 27 апрель куни малакавий педагогик амалиётига бағишланган анжуман бўлиб ўтди.

Pedagogik amaliyotga bag'ishlangan anjuman bo'lib o'tdi

6 may 2015 yil

2015 йил 27 апрель куни малакавий педагогик амалиётига бағишланган анжуман бўлиб ўтди.

Anjuman bo'lib o'tdi

6 may 2015 yil

2015 йил 27 апрель куни малакавий педагогик амалиётига бағишланган анжуман бўлиб ўтди.

`Kasblar festivali`o`tkazildi

8 aprel 2015 yil

Жорий йилнинг 7-8 апрел кунлари Учтепа тумани Миллий ҳунармандчилик касб-ҳунар коллежида, Низомий номидаги Тошкент Давлат педагогика университети «Санъат» факультети, «Тасвирий санъат ва мухандислик графикаси» 401-Г гуруҳ талабалари хамкорликда «Касблар фестивали»ни ўтказдилар


Bizning loyihalar

        

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik