Library.tdpu.uz   Elektron majmua   eDarslik.tdpu.uz   asofaviy ta`lim   Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Umumta`lim maktablari bilan hamkorlik ishlari

Umumta`lim maktablari oqituvchilarining universitetda otkaziladigan konferentsiyalar, uchrashuvlar, turli ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda ishtirok etishlari va oz ustilarida samarali ishlashlari uchun universitetda Koreya bilan hamkorlikda ochilgan KARMAT dasturi asosida ishlovchi elektron kutubxonadan unumli foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Hozirgi vaqtda universitet hamkorlik doirasida Toshkent shahrining 71 ta umumiy orta ta`lim maktablari bilan 5 yil muddatga moljallangan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Shartnoma shartlari universitetning tegishli kafedralari mutasaddilari tomonidan oz vaqtida bajarib kelinmoqda. Xususan, shartnomada nazarda tutilgan oquv-uslubiy, ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy-amaliy va tashkiliy-metodik ishlar belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari universitetning "Korrektsion pedagogika kafedrasi filiali 101-kar bolalar maktab internatida faoliyat yuritadi. Kafedra filiali mudiri S.Polatova tomonidan belgilangan ish rejasi asosida uchrashuvlar, davra suhbatlari, oquv-uslubiy seminarlar, seminar-treninglar olib borilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy orta ta`lim fanlari boyicha Toshkent viloyatining 22 ta tajribali maktablarida Respublika ta`lim markazi, Toshkent Davlat pedagogika universiteti, Toshkent viloyati pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari hamkorligida Mahorat maktablari shakllantirildi. Ilmiy-metodik qollab-quvvatlash maqsadida 42 nafar oqituvchi-trenerlardan iborat ishchi guruh tuzildi hamda Mahorat maktablari doirasida muntazam oquv seminarlar olib borilmoqda.

2013 yilning yakuni boyicha 27 dekabr kuni universitetda Umumiy orta ta`lim maktablarida ta`lim sifatini va samaradorligini oshirishda mahorat maktabining orni mavzusida oquv-seminari bolib otdi. Ushbu seminarda Toshkent viloyati umumiy orta ta`lim maktablarining 250 nafar oqituvchi va metodistlari qatnashdilar. Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan kun tartibidagi dolzarb vazifalar yuzasidan savollar, takliflar, fikr va mulohazalar berilib tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, seminar dasturi doirasida kunning ikkinchi yarmida fanlar kesimida 24 sho`ba faoliyat yuritdi.

2015 yil 5 mart kuni Toshkent viloyati o`qituvchilarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida, Ozbekiston Respublikasi xalq talimi vazirligi, Respublika talim markazi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent viloyati xalq talimi boshqarmasi, Toshkent viloyati xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda Talim sifat va samaradorligini oshirishda Mahorat maktablarining orni mavzusida oquv seminari bolib otdi.

2015 yil 29 aprel kuni Toshkent viloyati Piskent tumani 4-umumiy orta talim maktabida Oqituvchi kasbiy kompetentligini rivojlantirishda Mahorat maktablarining orni mavzusidagi Respublika oquv-seminari bolib otdi. Oquv-seminarda o`qituvchilari bilan qilingan ishlar va kelajakdagi vazifalar belgilab olindi. Mahorat maktabi doirasida muntazam oquv seminarlar olib borich zarurati mavjudligi ta`kidlandi.

24 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:7064

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Menejment bu

    Javob: Barcha javoblar to`g`ri.

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar