library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

Umumta`lim maktablari bilan hamkorlik ishlari

24 oktyabr 2015 yil, 8,878
.

Umumta`lim maktablari o’qituvchilarining universitetda o’tkaziladigan konferentsiyalar, uchrashuvlar, turli ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda ishtirok etishlari va o’z ustilarida samarali ishlashlari uchun universitetda Koreya bilan hamkorlikda ochilgan “KARMAT” dasturi asosida ishlovchi elektron kutubxonadan unumli foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.



Hozirgi vaqtda universitet hamkorlik doirasida Toshkent shahrining 71 ta umumiy o’rta ta`lim maktablari bilan 5 yil muddatga mo’ljallangan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Shartnoma shartlari universitetning tegishli kafedralari mutasaddilari tomonidan o’z vaqtida bajarib kelinmoqda. Xususan, shartnomada nazarda tutilgan o’quv-uslubiy, ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy-amaliy va tashkiliy-metodik ishlar belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari universitetning"Korrektsion pedagogika” kafedrasi filiali 101-kar bolalar maktab internatida faoliyat yuritadi. Kafedra filiali mudiri S.Po’latova tomonidan belgilangan ish rejasi asosida uchrashuvlar, davra suhbatlari, o’quv-uslubiy seminarlar, seminar-treninglar olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o’rta ta`lim fanlari bo’yicha Toshkent viloyatining 22 ta tajribali maktablarida Respublika ta`lim markazi, Toshkent Davlat pedagogika universiteti, Toshkent viloyati pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari hamkorligida “Mahorat maktablari” shakllantirildi. Ilmiy-metodik qo’llab-quvvatlash maqsadida 42 nafar o’qituvchi-trenerlardan iborat ishchi guruh tuzildi hamda “Mahorat maktablari” doirasida muntazam o’quv seminarlar olib borilmoqda.

2013 yilning yakuni bo’yicha 27 dekabr kuni universitetda “Umumiy o’rta ta`lim maktablarida ta`lim sifatini va samaradorligini oshirishda mahorat maktabining o’rni” mavzusida o’quv-seminari bo’lib o’tdi. Ushbu seminarda Toshkent viloyati umumiy o’rta ta`lim maktablarining 250 nafar o’qituvchi va metodistlari qatnashdilar. Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan kun tartibidagi dolzarb vazifalar yuzasidan savollar, takliflar, fikr va mulohazalar berilib tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, seminar dasturi doirasida kunning ikkinchi yarmida fanlar kesimida 24 sho`ba faoliyat yuritdi.

2015 yil 5 mart kuni Toshkent viloyati o`qituvchilarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda “Ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda “Mahorat maktablari”ning o‘rni” mavzusida o‘quv –seminari bo‘lib o‘tdi.

2015 yil 29 aprel kuni Toshkent viloyati Piskent tumani 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘qituvchi kasbiy kompetentligini rivojlantirishda “Mahorat maktablari”ning o‘rni” mavzusidagi Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. O‘quv-seminarda o`qituvchilari bilan qilingan ishlar va kelajakdagi vazifalar belgilab olindi. “Mahorat maktabi” doirasida muntazam o’quv seminarlar olib borich zarurati mavjudligi ta`kidlandi.

24 oktyabr 2015 yil, O`qilgan :8878

104-maktabda “Mahorat maktabi” bo‘yicha seminar o‘tkazildi

20 aprel 2016 yil

Toshkent shahar Sirg’ali tumani XTMFMT va TEBga qarashli 104-maktabda “Mahorat maktabi” bo‘yicha seminar o‘tkazildi

“Biz dunyoni kashf etamiz” mavzusida seminari o’tkazildi

8 aprel 2016 yil

Toshkent viloyati Bo’ka tumani XTMFMT va TEBga qarashli 27-maktabda hamkorlik bo’yicha “Biz dunyoni kashf etamiz” mavzusida seminari o’tkazildi

“Маҳорат мактаби” ўтказилди.

9 mart 2015 yil

Жорий йилнинг 5-март куни Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети, Республика таълим маркази, Тошкент вилояти халқ таълими бошқармаси билан ҳамкорликда навбатдаги “Маҳорат мактаби” ўтказилди.

104-maktabda “Mahorat maktabi” bo‘yicha seminar o‘tkazildi

20 aprel 2016 yil

Toshkent shahar Sirg’ali tumani XTMFMT va TEBga qarashli 104-maktabda “Mahorat maktabi” bo‘yicha seminar o‘tkazildi

“Biz dunyoni kashf etamiz” mavzusida seminari o’tkazildi

8 aprel 2016 yil

Toshkent viloyati Bo’ka tumani XTMFMT va TEBga qarashli 27-maktabda hamkorlik bo’yicha “Biz dunyoni kashf etamiz” mavzusida seminari o’tkazildi

“Маҳорат мактаби” ўтказилди.

9 mart 2015 yil

Жорий йилнинг 5-март куни Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети, Республика таълим маркази, Тошкент вилояти халқ таълими бошқармаси билан ҳамкорликда навбатдаги “Маҳорат мактаби” ўтказилди.



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

Umumiy o`rta ta`lim

  • Umumta`lim maktablari bilan hamkorlik ishlari
  • «Mahorat maktablari»ni rivojlantirish – bosh maqsadimiz!