library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

Barhayot an’analar davom etmoqda

16 oktyabr 2017 yil, 350
Yuldasheva D.

Kuni kecha Tarix fakulteti “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi o‘qituvchilarining tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha Tarix fakulteti “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi o‘qituvchilarining tashabbusi bilan kafedrada faoliyat olib borayotgan “Yosh huquqshunos”, “Oila maktabi”, “Xalqimiz ma’naviy merosini o‘rganamiz” to‘garaklari a’zolari ishtirokida “Barkamol avlod tarbiyasida udumlarning o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni fakultet dekani V.T. Ishquvatov kirish so‘zi bilan boshlab berdi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi, raqslar ijro etildi. Har bir to‘garak a’zolari milliy taomlar tortilgan dasturxon tuzashda hamda “Arqon tortish”, “Qopda sakrash” kabi o‘zbek xalq o‘yinlarida ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar.

Tadbirda so‘z olgan universitet prorektori O.A.Qo‘ysinov, akademik A.Asqarov bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi birinchidan, kafedrada faoliyat olib borayotgan to‘garaklar talabalarning aksariyat qismini qamrab olganligini belgilab bersa, ikkinchidan, o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida ana’ana va udumlarimizning o‘rni beqiyosligini, barhayot an’analarimiz davom etayotganligini ko‘rsatib beruvchi omillardan biri bo‘lishini alohida ta’kidlashdi

16 oktyabr 2017 yil, O`qilgan :350



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar