|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Malaka oshirish

Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi orta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, malaka oshirish yonalishi boyicha 2013 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2014 yildagi ustuvor vazifalar haqida

Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi orta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, malaka oshirish yonalishi boyicha 2013 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2014 yildagi ustuvor vazifalar haqida

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda orta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta`minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar togrisida 2012 yil 28 maydagi PQ1761-son qarori hamda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Orta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora tadbirlar togrisida 2012 yil 10 avgustdagi 242-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida fakultetda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi, Orta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi tomonidan tasdiqlangan rejaga kora, Universitet qoshidagi orta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, malaka oshirish yonalishi boyicha 2013 yilda Toshkent shahri va Toshkent, Jizzax, Fargona viloyatlari orta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining 2130 nafar oqituvchilarini 19 ta umumta`lim hamda pedagogika va psixologiya fanlari boyicha malaka oshirish kurslari tashkil qilindi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining CHet tillarni organish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida 2012 yil 10 dekabrdagi PQ1875-son qarori hamda Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi,Orta maxsus kasb-hunar ta`limi markazining 2013 yil 29 apreldagi Orta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagog kadrlari malaka oshirish va qayta tayyorlash boyicha qoshimcha reja korsatkichlarini tasdiqlash togrisidagi 107-sonli buyrugi ijrosini ta`minlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi orta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, malaka oshirish yonalishi boyicha 2013 yil uchun qoshimcha reja korsatkichlari Orta maxsus kasb-hunar ta`limi markazi tomonidan tasdiqlandi. Unga kora 2013 yilning aprel, may va iyun oylarida Toshkent shahri va Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari orta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining 744 nafar oqituvchilari uchun chet (ingliz, nemis va frantsuz) tillari boyicha maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Universitet qoshidagi orta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida OMKHT tizimi kadrlarining malakasini oshirish boyicha oqituvchilik faoliyati uchun davlat muassasalari, OTMlarining professor-oqituvchilar tarkibi xodimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarning Yetakchi mutaxassislari mehnatga soatbay haq tolash asosida ishga jalb etildilar.

Oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi Orta maxsus kasb-hunar ta`limi markazining 2013 yil 25 sentyabrdagi Orta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagog kadrlari malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarining yagona me`yoriy-uslubiy hujjatlarini tasdiqlash togrisidagi 247-sonli buyrugi ijrosini ta`minlash maqsadida Dars jadvalini tuzish tartibi togrisidagi Yoriqnoma talablari asosida pedagogik qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining dars jadvallari tuzildi. Yakuniy davlat attestatsiyalarini otkazish tartibi togrisidagi Yoriqnoma asosida Davlat attestatsiya komissiyalari tashkil etildi hamda malakani himoya qilish va kursni tugatish ishlarini belgilangan talablar asosida bajarilishi yolga qoyildi. Jumladan, noyabr oyi kesimida malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun malaka himoya ishi topshiriq varaqalari belgilangan tartibda rasmiylashtirildi. Yoriqnoma talablari asosida malaka himoya ishini qolyozma shaklida tayyorlash yolga qoyildi.

2013 yil boyicha Toshkent shahri, Toshkent, Fargona, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridan orta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasasasi oqituvchilarini malakasini oshirishga erishildi.

Oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi, Orta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi tomonidan tasdiqlangan rejaga kora, Universitet qoshidagi orta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, malaka oshirish yonalishi boyicha 2014 yilda Toshkent shahri va Toshkent, Jizzax, Fargona hamda Surxondaryo viloyatlari orta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining 2323 nafar oqituvchilarini 19 ta umumta`lim hamda pedagogika va psixologiya fanlari boyicha malaka oshirish kurslarini tashkil qilish rejalashtirilgan va ushbu vazifalarni amalga oshirish boyicha aniq choralar korilmoqda.

11 yanvar, O`qilgan:10710

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • Malaka oshirish



  • Pedagogikadan savol

    Shaxsning bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, xatti-harakatiga ta`sir eta olish va uni qisman o`zgartirish ... deyiladi.

    Javob: Ishontirish.

So`nggi yangiliklar

28 aprel 2017 yil Xizmat beminnat
28 aprel 2017 yil Jannatga yol
28 aprel 2017 yil Sumalak sayli
28 aprel 2017 yil 2017 26 ,
28 aprel 2017 yil - :

Foydali manbalar









Bizning loyihalar