XTQTXMOM     library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

Tabiiy fanlar fakulteti

"Tabiat-inson va butun mavjudotlarni yashash sharoitining birdan bir asosidir."
Tabiiy fanlar fakulteti universitet bilan tengdosh bo‘lib, o‘zining shonli tarixi va boy an’analariga ega fakultetlardan biridir. U 1935 yilda Tabiyot-geografiya nomi bilan tashkil etilgan.

13 dekabr 2016 yil, 23,881
.

1998 yil 24 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berildi va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti deb atala boshladi. Fakultet Tabiiy fanlar fakulteti deb atala boshlandi.

Fakultetda 3ta bakalavr ta’lim yunalishlari hamda magistratura ixtisosliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

BAKALAVRIAT:

1. 5110300-Kimyo o‘qitish metodikasi

2. 5110400-Biologiya o‘qitish metodikasi

3. 5110500-Geografiya o‘qitish metodikasi

MAGISTRATURA:

1. 5A110301-Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi(kimyo)

2. 5A110401-Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi(biologiya)

3. 5A110501-Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi(geografiya)

Bugungi kunda fakultet dekani lavozimida p.f.d., dotsent E.Yuzlikaeva ishlamoqda.

Tabiiy fanlar fakultetida quyidagi beshta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda:

1. Kimyo o‘qitish metodikasi

2. Botanika

3. Biologiya o‘qitish metodikasi

4. Zoologiya va anatomiya

5. Geografiya o‘qitish metodikasi

Fakultetda ishlayotgan 54 nafar professor-o‘qituvchi jami 109 fandan saboq bermoqda.

Fakultetda 5 nafar fan doktori, professorlar, 20 nafar fan nomzodi, universitet professorlari, yigirma uch nafar katta o‘qituvchi, yigirma sakkiz nafar o‘qituvchi, besh nafar kabinet mudiri faoliyat yuritmoqda.

1991-2016 yillar davomida kafedralarda ishlayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan 64 ta darslik, 128 ta o‘quv qo‘llanma chop etildi, shuningdek 36 ta elektron darslik, 300 dan ortiq o‘quv metodik qo‘llanma tayyorlandi.

Tabiyot fanlari fakulteti universitet bilan teng¬dosh bo‘lib, o‘zining shonli tarixi va boy an’analariga ega fakultetlardan biridir. U 1935 yilda Tabiyot-geografiya fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. Dastlabki yillar fakultet qoshida uchta: Botanika, Kimyo va Geografiya kafedralari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 1937 yil sentyabridan esa Zoologiya kafedrasi tashkil etildi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida fakultet vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi va 1944-1945 o‘quv yilida Fizika-matematika fakulteti qoshida “Tabiyot-geografiya” bo‘limi ochildi. Bo‘lim qoshida Zoologiya, Kimyo, Botanika, Geografiya kafedralari faoliyat ko‘rsatdi.

1953 yilda Tabiyot-geografiya bo‘limi fizika-matematika fakulteti tarkibidan chiqarilib, yangidan mustaqil fakultet sifatida ish boshladi.

1959 yilga kelib esa fakultet qoshida Biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari bo‘limi va qishloq xo‘jalik asoslari kafedrasi ochildi. Fakultet Tabiyot-geografiya va ¬agropedagogika fakulteti nomi bilan atala boshlandi.

1961 yilda V.G.Belinskiy nomidagi kechki Toshkent davlat pedagogika instituti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti bilan birlashtirildi va fakultet qoshida Odam va hayvonlar anatomiyasi va fiziologiya, Iqtisodiy geografiya, Biologiya o‘qitish metodikasi kafedralari ham tashkil etildi.

1963 yilga kelib fakultet qayta Tabiyot-geografiya fakulteti nomini oldi va bu davrda kunduzgi bo‘limda uchta: Kimyo-biologiya, Biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari, Geografiya-biologiya mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlana boshlandi.

Fakultetda o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi akademik Yu.T.Toshpo‘latov; professorlar: R.K.Qodirov, I.A.Qalandarov, R.L.Yugay, R.A.Axmedov, X.Vaxobov, A.Zikriyaev, O.A.Mo‘minov, dotsentlar: I.A.Norbekov, M.K.Xabirova, A.L.Umarova, J.Fayozov, G.R.Asanov, S.M.Xudoyqulov, R.Xudoyberganov, M.K.Xabirova, M.Mirboboev, Q.S.Samadov, M.Uzoqova, M.Usmonov, T.Is’hoqov (20 yildan ortiq dekan o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan), S.X.Fayziev, U.X.Xoldorov, I.Inog‘omov, T.B.Abdullaev, O.N.Nosirov, M.Mahkamov, T.N.Azimov, M.Alimov, R.Solixov, S.K.Xabirova, M.Salixova, T.T.Oyxo‘jaev, B.Mirtursunov, G‘.S.Usmonov, N.K.Qodirova, katta o‘qituvchilar: S.Bakirxonova, X.Gavsutdinov, M.Abduvahobova, B.Qorabolaev, O.Otaxo‘jaeva, M.Yunusova, Z.Shomuratova, M.Mirvaxidova, A.M.Qo‘chqorov. A.Qo‘chqorov, Z.Egamberdiev, T.Akromxo‘jaev va boshqalar sermahsul faoliyat olib bordi. Bugun respublikamizning turli hududlarida mehnat qilayotgan, balki keksalik gashtini surayotgan hamkasblarimizni minglab shogirdlar minnatdorchilik so‘zlari bilan yodga oladi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi qo‘lga kiritishi bilan butun mamlakatimiz hayotida bo‘lgani kabi universitet, fakultet jamoasi hayotida tub burilishlar ro‘y berdi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida zamon talablariga javob bera oladigan, erkin fikrlaydigan, har tomonlama barkamol, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida hamda Kimyo, biologiya, geografiya va qishloq xo‘jaligi asoslari ta’lim yo‘nalishlari ochilishi munosabati bilan fakultetdagi kafedralar optimallashtirildi - Biologiya va uni o‘qitish metodikasi, Kimyo va uni o‘qitish metodikasi, Botanika, zoologiya va tabiatni muhofaza qilish, Anatomiya, fiziologiya va gigiena, Geografiya o‘qitish metodikasi kafedralari tashkil topdi.

1996 yilda Tabiiy geografiya va Iqtisodiy geografiya kafedralari birlashtirilib, Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi, Zoologiya va Anatomiya, fiziologiya kafedralari birlashtirilib, Zoologiya va anatomiya, fiziologiya kafedrasi tashkil etildi.

1997 yilda biologiya yo‘nalishidagi uchta: Zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi; Botanika, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish hamda Biologiya va uni o‘qitish metodikasi -kafedralari birlashtirilib, yangi tashkil topgan kafedraga Biologiya va uni o‘qitish ¬metodikasi kafedrasi nomi berildi.

1998 yil 24 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilishi munosabati bilan fakultet Tabiyot fanlari fakulteti deb nomlangan.

Hozigri kunda "Tabiiy fanlar" fakulteti deb yuritilmoqda.

Raxbariyat

Tabiiy fanlar fakulteti dekani

Saparov Qalandar

Bog`lanish uchun

Telefon: 276-79-68

Email: saparov.q@tdpu.uz

13 dekabr 2016 yil, O`qilgan :23881

Низомий номли ТДПУ “Хумсон” ўқув –дала базасида ҲАШАР

11 noyabr 2017 yil

Низомий номли ТДПУ “Хумсон” ўқув –дала базасида ҲАШАР

FIDOYING BO‘LGAYMIZ SENI, O‘ZBEKISTON!

4 sentabr 2017 yil

2.09.2017 yil kuni TABIIY FANLAR FAKULTETIDA 1-kursga qabul qilingan talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabriklash hamda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darsi” va “Mustaqillik darsi” larini o‘tkazish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

FAKULTET YANGILIKLARI

16 may 2017 yil

GEOGRAFIYA FANIDAN OLIMPIADA G`OLIBI!!!

Dekanat haqida

13 dekabr 2016 yil

Kimyo о‘qitish metodikasi kafedrasi

12 dekabr 2016 yil

“Kimyo o’qitish metodikasi” bakalavriyat ta’lim yo’nalishida o’zbek va rus guruhlari hamda magistratura yo’nalishida “Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (kimyo)” mutaxassisligida talabalar tahsil olmoqda.

Botanika kafedrasi

13 dekabr 2016 yil

Botanika kafedrasi 1935 yilda tashkil etilgan bо‘lib, 1941 yilgacha bо‘lgan davrda dotsent A.U.Raximov rahbarlik qilgan va kafedrada professor S.N.Qudryashov. dotsentlardan R.M.Sumnevich, X.X.Yenileyev, S.Y.Yо‘ldoshev, G.K.Shamsuddinov va Z.Latipovlar xizmat qilishgan.

Zoologiya va anatomiya kafedrasi

12 dekabr 2016 yil

Kafedra nomi bir necha marta o‘zgargan. 2015 yil sentyabr oyidan boshlab kafedra “Zoologiya va anatomiya” nomi bilan yuritila boshlandi.

Geografiya о‘qitish metodikasi kafedrasi

12 dekabr 2016 yil

“Geografiya о‘qitish metodikasi” kafedrasi 1935 yilda Toshkent Davlat pedagogika instituti “Geografiya” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan.

“Biologiya о‘qitish metodikasi” kafedrasi

17 dekabr 2016 yil

Kafedrada biologiya o‘qitish metodikasi fanidan tashqari darvinizm, genetika va selektsiya asoslaridan ham talabalarga bilim berilishi e’tiborga olinib, u O‘zbekiston halq ta’limi Vazirligining buyrug‘iga binoan 1987 yildan boshlab va hozirgi kungacha «Biologiya va uni o‘qitish metodikasi» deb nomlandi

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin

Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :

Bizning loyihalar

Fakultetlar