|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Pedagogik qayta tayyorlash

Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, pedagogik qayta tayyorlash yo’nalishi bo’yicha 2013 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2014 yildagi ustuvor vazifalar haqida

Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, pedagogik qayta tayyorlash yo’nalishi bo’yicha 2013 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2014 yildagi ustuvor vazifalar haqida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta`minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida” 2012 yil 28 maydagi PQ–1761-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora – tadbirlar to’g’risida” 2012 yil 10 avgustdagi 242-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida fakultetda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

O’MKHT o’qituvchilari uchun pedagogik qayta tayyorlash kursida 35 ta modullar bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tashkil etiladi. O’quv grafigi bo’yicha akademik soatlar miqdori 36 soatni tashkil qiladi, pedagogik qayta tayyorlash muddati 4 oy (576 soat), o’rtacha kontingent pedagogik qayta tayyorlash yo’nalishida 200 nafar tinglovchini tashkil qiladi.

Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi tomonidan tasdiqlangan rejaga ko’ra, 2013 yilda Universitet qoshidagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, Toshkent shahri va Toshkent, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining 633 nafar o’qituvchilarini pedagogik qayta tayyorlash uchun kurslarni tashkil qildi. Shuningdek, O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi markazining 2013 yil 29 apreldagi “O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagog kadrlari malaka oshirish va qayta tayyorlash bo’yicha qo’shimcha reja ko’rsatkichlarini tasdiqlash to’grisida”gi 107-sonli buyrug’iga binoan qo’shimcha 276 nafar tinglovchilar uchun pedagogik qayta tayyorlash kurslari tashkil qilindi.

Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi markazining 2013 yilning 25 sentyabrdagi “O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagog kadrlari malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarining yagona me`yoriy-uslubiy hujjatlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 247-sonli buyrug’i ijrosini ta`minlash maqsadida “Dars jadvalini tuzish tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnoma talablari asosida pedagogik qayta tayyorlash kursining dars jadvallari tuzildi. “Yakuniy davlat attestatsiyalarini o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnoma asosida Davlat attestatsiya komissiyalarini tashkil etish, kursni tugatish ishini belgilangan talablar asosida bajarilishi yo’lga qo’yilgan. Jumladan, uchinchi tsiklda qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun kursni tugatish ishi topshiriq varaqalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan. Yo’riqnoma talablari asosida kursni tugatish ishini qo’lyozma shaklida tayyorlash yo’lga qo’yildi.

Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi tomonidan tasdiqlangan rejaga ko’ra, 2014 yilda Universitet qoshidagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, Toshkent shahri va Toshkent, Surxondaryo viloyatlari o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining 380 nafar o’qituvchilarini pedagogik qayta tayyorlash uchun kurslar tashkil qilinishini rejalashtirilgan.

11 yanvar, O`qilgan:10173

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • Pedagogik qayta tayyorlash



  • Pedagogikadan savol

    Shaxsning barkamolligini ta`minlovchi manbalarni toping?

    Javob: Xalqimizning ma`naviyat, axloq-odob va ma`rifat bilan bog`liq qadriyatlari

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar