XTQTXMOM     library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida

23 oktyabr 2017 yil, 401
Yuldasheva D.

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida
(О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2017 y., 18-son, 313-modda, 19-son, 335-modda, 24-son, 490-modda, 37-son, 982-modda)

Ta’kidlash joizki, 2011 — 2016 yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta’lim muassasasining 202 ta obyektida yangi qurilish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi.

Iqtisodiyotning real sektori talablaridan kelib chiqib, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish yо‘nalishlari va ixtisosliklari bо‘yicha о‘qishga qabul qilish, uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshdi. Oliy ta’lim sohasida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bо‘yicha yangilangan davlat oliy ta’lim standartlari va о‘quv dasturlari joriy qilindi.

Shu bilan birga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni о‘rganish natijalariga kо‘ra, bir qator oliy ta’lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta’lim jarayonlarini axborot-uslubiy va о‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Oliy ta’lim tizimida о‘z yо‘nalishlari bо‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari о‘rnatish, о‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan о‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti.

Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta kо‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida:

1. Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bо‘yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin:

har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari о‘rnatish, о‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, о‘quv dasturlari va о‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, о‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar о‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali о‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh о‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka о‘tashlarini, professor-о‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;

oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida о‘qitish yо‘nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish;

ta’lim jarayonini, oliy ta’limning о‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va о‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;

yangi avlod о‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy о‘quv, о‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;

pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini о‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bо‘yicha о‘qitish, oliy ta’lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari о‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, о‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish;

oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;

oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bо‘yicha keng kо‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish;

oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini о‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, oliy ta’lim ilm-fanining ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha о‘quv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash;

oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, о‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.

2. 2017 — 2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi о‘rinlarda — Dastur), uning tarkibida quyidagilar:

2017 — 2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bо‘yicha kompleks chora-tadbirlari 1-ilovaga* muvofiq;

2017 — 2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy о‘quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash kompleks chora-tadbirlari 2-ilovaga* muvofiq;

2017 — 2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish moliyaviy xarajatlar hajmining hisoblangan parametrlari 3-ilovaga* muvofiq;

2017 — 2021 yillarda qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta’lim muassasalari rо‘yxati 4-ilovaga* muvofiq;

2017 — 2021 yillarda о‘quv va ilmiy laboratoriya uskunalari bilan jihozlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta’lim muassasalari rо‘yxati 5-ilovaga* muvofiq;

2017 — 2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirishning manzilli dasturlari 6 — 74-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.

3. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddat ichida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish bо‘yicha «Iste’dod» fondining faoliyatini tubdan qayta kо‘rib chiqish bо‘yicha takliflarni, quyidagilarni inobatga olgan holda, tayyorlasin:

xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida oliy ta’lim muassasalarining pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish, stajirovkasini о‘tkazish, bitiruvchilarning PhD va magistratura dasturlarida о‘qitishni tashkillashtirish bо‘yicha amaliy chora-tadbirlarni;

yuqori malakali xorijiy olim, о‘qituvchi va mutaxassislarni xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik mexanizm va shakllarini joriy etishning ustuvor yо‘nalishlarini inobatga olgan holda, Oliy ta’lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari о‘quv jarayoniga keng jalb etish bо‘yicha chora-tadbirlar dasturini;

«Iste’dod» fondining moliyaviy resurslarini shakllantirish manbasi sifatida О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini jalb etishni.

4. Shunday tartib о‘rnatilsinki, unga muvofiq xorijiy olim, о‘qituvchi va mutaxassislarni respublika oliy ta’lim muassasalari, Oliy ta’lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari (keyingi о‘rinlarda — Tarmoq markazlari) о‘quv jarayonlariga jalb etishda:

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida xorijiy olim, о‘qituvchi va mutaxassislarning mehnatiga haq tо‘lash mehnat shartnomasida belgilangan miqdorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladi;

xorijiy olim, о‘qituvchi va mutaxassislar uchun ikki tomonga aviachiptalarni sotib olish xarajatlari (uzoq muddatli mehnat shartnomalarida bir yilda ikki martadan oshmagan holda) oliy ta’lim muassasalari, Tarmoq markazlari tomonidan milliy valyutada tо‘lanadi;

xorijiy olim, о‘qituvchi va mutaxassislarning bir oydan oshmagan muddatga tuzilgan qisqa muddatli mehnat shartnomalari bо‘yicha respublika mehmonxonalarida yashash xarajatlari oliy ta’lim muassasasi, Tarmoq markazlari tomonidan milliy valyutada tо‘lanadi, bundan uzoq muddatga tuziladigan mehnat shartnomalari bо‘yicha xorijiy olim, о‘qituvchi va mutaxassislarning uy-joy ijara xarajatlari tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq oylik maoshlarini tо‘lashda amalga oshiriladi;

Oldingi tahrirga qarang.

xorijiy olim, о‘qituvchi va mutaxassislarga О‘zbekiston Respublikasida bо‘lgan davrida kunlik safar xarajatlari 80 ming sо‘m miqdorida milliy valyutada tо‘lanadi;

(4-bandning beshinchi xatboshisi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentabrdagi PF-5197-sonli Farmoni tahririda)

oliy ta’lim muassasalari, Tarmoq markazlari о‘quv jarayoniga jalb qilinadigan xorijiy olim, о‘qituvchi va mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari jismoniy shaxslar daromad soliqlari tо‘lashdan ozod etiladi;

oliy ta’lim muassasalari, Tarmoq markazlari о‘quv jarayoniga jalb qilinadigan xorijiy olim, о‘qituvchi va mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari yagona ijtimoiy tо‘lovlardan ozod etiladi;

xorijiy olim, о‘qituvchi va mutaxassislarni jalb etish va ularning moddiy ta’minoti bо‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish manbasi sifatida oliy ta’lim muassasalari va Tarmoq markazlariga о‘rnatilgan tartibda ajratiladigan byudjet mablag‘lari, oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya va boshqa tashkilotlar, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.

5. Ta’lim va о‘qitish sifati ustidan samarali davlat nazoratini о‘rnatish maqsadida Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib:

ta’lim tizimida о‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-о‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish bо‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;

idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan о‘tkazish.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘yicha davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish bо‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.

6. О‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining manfaatdor davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan quyidagi takliflari qabul qilinsin:

Namangan muhandislik-pedagogika institutini Namangan muhandislik-qurilish institutiga aylantirish va uning ixtisoslashuvini о‘zgartirish;

Termiz shahrida Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti filiallarini tashkil qilish.

Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur ta’lim muassasalarida о‘quv-tarbiya jarayonini tо‘liq tashkil qilish, professor-о‘qituvchilar tarkibini butlash, zarur moddiy-texnika va о‘quv-laboratoriya bazasini shakllantirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.

7. 2017 — 2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini о‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bо‘yicha ishlarni samarali muvofiqlashtirish uchun 75-sonli ilovadagi* tarkibga muvofiq Komissiya tashkil qilinsin.

* 1 — 75-ilovalar berilmaydi.

Komissiya (A. N. Aripov):

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning takliflari bо‘yicha har yili, moliyaviy xarajatlarning umumiy tasdiqlangan parametrlari doirasida, oliy ta’lim muassasalarining о‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini ularning texnik holatini, shuningdek, har bir oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnika ta’minotini inobatga olgan holda qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash manzilli rо‘yxatlarini tasdiqlasin;

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning asoslangan takliflari bо‘yicha moliyaviy yil uchun belgilangan kapital qо‘yilmalar doirasida tasdiqlangan manzilli rо‘yxatlar parametrlariga о‘zgartirishlar kiritib borsin;

Dasturning amalga oshirilib borishi bо‘yicha tizimli monitoring о‘rnatsin va uning bajarilish natijalarini Vazirlar Mahkamasining yarim yil va yil yakunlari bо‘yicha о‘tkaziladigan yig‘ilishlari muhokamasiga kiritib borsin.

8. О‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bо‘yicha davlat qо‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish bо‘yicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin.

9. Dasturning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

о‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bо‘yicha — О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;

Oldingi tahrirga qarang.

Navoiy konchilik instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari hamda Toshkent temir yо‘l muhandislari institutining о‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bо‘yicha — idoraviy mansubligi bо‘yicha tegishli tashkilotlarning о‘z mablag‘lari.

(9-bandning uchinchi xatboshisi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 iyundagi PF-5083-sonli Farmoni tahririda — О‘R QHT, 2017 y., 24-son, 490-modda)

10. О‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2018 yil va keyingi yillar uchun О‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda, Komissiya qarori asosida, oliy ta’lim muassasalarida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‘larni О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi resurslaridan ajratilishini nazarda tutsin.

11. Belgilansinki, Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 2017 — 2021 yillar mobaynida xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yо‘naltirilgan xayriya mablag‘lari foyda solig‘ini hisoblashda va yagona soliq tо‘lovini tо‘lashda soliqqa tortish bazasidan chiqariladi.

12. О‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qо‘mitasi va Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim muassasalari о‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni loyihalashtirishda qо‘llaniladigan yagona texnik topshiriq va talablar konsepsiyasini ishlab chiqish bо‘yicha bosh loyihachi tashkilot sifatida «Tashgiprogor» aksiyadorlik jamiyatini belgilash tо‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarga oliy ta’lim muassasalarida qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bо‘yicha ishlarni tashkil etishda, jumladan, zarur hollarda, ularga yer maydonlarini ajratish tо‘g‘risida qaror qabul qilishda va tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishda kо‘maklashsin;

oliy ta’lim muassasalarining tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishida optimal texnik sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.

Oliy ta’lim muassasalari ixtiyoridagi yer maydonlarini tasarruf etish О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshirilishi belgilansin.

14. Quyidagilar 2022 yilning 1 yanvarigacha:

2017 — 2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 21 maydagi PQ-1533-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2016 yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi doirasida olib kiriladigan zamonaviy о‘quv-laboratoriya, ilmiy-laboratoriya va kompyuter uskunalari, sarflanadigan laboratoriya materiallari (butlovchi materiallar, reaktivlar, kimyoviy idish, biologik materiallar va obyektlar), dasturiy mahsulotlar, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan rо‘yxat bо‘yicha xorijiy о‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar bojxona tо‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno);

ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari xо‘jalik yurituvchi subyektlar bilan tuzilgan shartnomalar bо‘yicha bajariladigan amaliy, innovatsion ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bо‘yicha yuridik shaxslarning daromad solig‘i, yagona soliq tо‘lovi, qо‘shimcha qiymat solig‘i va davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy tо‘lovlardan (yagona ijtimoiy tо‘lovdan tashqari) ozod etilsin.

15. О‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qо‘mitasi:

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy ta’lim sohasida zamonaviy standartlar talablaridan kelib chiqib, mavjud maydonlardan optimal foydalanish, zamonaviy resurs va energiya tejamkor texnologiyalarni qо‘llash, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan qurilish materiallari va butlovchi qismlardan ustuvor foydalanishni nazarda tutgan holda oliy ta’lim muassasalari bо‘yicha shaharsozlik qurilish meyorlari va qoidalarini tanqidiy qayta kо‘rib chiqsin;

ishlab chiqilayotgan loyiha-smeta hujjatlari, berilayotgan ekspert xulosalari va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifati ustidan doimiy va tizimli nazoratni ta’minlasin.

16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish О‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A. N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.

LexUZ sharhi

Ushbu Qaror «Xalq sо‘zi» gazetasining 2017 yil 21 apreldagi 79 (6773)-sonida e’lon qilingan.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017 yil 20 aprel,

PQ-2909-son

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qaroriga

SHARH

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta kо‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.

Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga о‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bо‘yicha ixtisoslik yо‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi.

Shu bilan birga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi mavjud holatni о‘rganish natijalari shuni kо‘rsatmoqdaki, qator oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, ta’lim jarayonining о‘quv-metodik va axborot ta’minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnika bazasi tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy ta’lim tizimida о‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish, yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yо‘lga qо‘yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borilmayapti.

Qabul qilingan qarorga kо‘ra, quyidagilar oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi:

har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yо‘lga qо‘yish, о‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va о‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el о‘qituvchilari va olimlarini jalb etish;

oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalaridagi ixtisoslik yо‘nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar bо‘yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish;

yangi avlod о‘quv qо‘llanmalarini yaratish va oliy ta’lim tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy о‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;

pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatidan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan о‘tishini yо‘lga qо‘yish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida о‘qitish;

oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-о‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish;

oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bо‘lgan g‘oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish;

oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini ularning о‘quv va ilmiy-laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha о‘quv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash;

oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash, talabalar, о‘qituvchi va yosh tadqiqotchilarning jahondagi ilg‘or ta’lim resurslari, ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar bazasi bо‘yicha elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish.

Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yechimini tо‘liq ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy о‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarga mо‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, 2017 — 2021 yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta о‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari obyektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta о‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy о‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari о‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi.

Qarorning muhim ahamiyatini kо‘rsatadigan yana bir jihat shundan iboratki, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan har bir oliy ta’lim muassasasi bо‘yicha quyidagi konkret parametr va kо‘rsatkichlarni о‘z ichiga olgan manzilli rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi:

oliy ta’lim tizimida yangi ta’lim ixtisoslik yо‘nalishlari va mutaxassisliklarning, shuningdek, iqtisodiyot sohalari va hududlarni kompleks rivojlantirishning joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va bakalavriat va magistraturaga talabalar qabul qilishning umumiy kо‘rsatkichlarini 2021 yilgacha bosqichma-bosqich ravishda 18 foizgacha oshirishni nazarda tutadigan 2017 — 2021 yillarga mо‘ljallangan parametr va kо‘rsatkichlari;

о‘quv binolari, talabalar turarjoylari, axborot-resurs markazlari va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hisobidan yangi о‘quv о‘rinlarini tashkil etish, yangi о‘quv-laboratoriya komplekslarini sotib olish, auditoriyalarni kompyuter texnikasi bilan jihozlash;

professor-о‘qituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy о‘quv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada ta’lim olishi hamda respublikamizning tayanch oliy о‘quv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan о‘tishi va malaka oshirishi.

Mazkur dasturda, asosan, mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasi bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining о‘rnatilgani о‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Shu asosda har yili 350 nafardan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va olimlarning mamlakatimiz oliy о‘quv yurtlariga о‘quv jarayoniga jalb etilishi kо‘zda tutilmoqda.

Amaliyot shuni kо‘rsatmoqdaki, oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining mehnatiga haq tо‘lash bо‘yicha amaldagi tizimni jiddiy takomillashtirish va bu borada moddiy rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga ehtiyoj sezilmoqda. Shu munosabat bilan О‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga uch oy muddatda ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, oliy о‘quv yurtlari pedagog xodimlariga ularning kasb mahorati, faoliyatidagi yuqori natijadorlik va tarbiyaviy sohadagi samarali ishtirokini inobatga olib, ustama haq tо‘lashni belgilash tizimi bо‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifasi topshirildi.

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda iqtidorli yosh pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi faoliyatini tubdan qayta kо‘rib chiqish, xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida ilmiy-pedagog xodimlarning malaka oshirishi va qayta tayyorgarlikdan о‘tishini, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining PhD dasturi va ularning magistraturada о‘qishini tashkil etish bо‘yicha chora-tadbirlar kо‘zda tutilgan takliflar kiritish topshirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash maqsadida korxonalarning buyurtmasiga asosan, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini amalga oshiradigan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan, yagona soliq tо‘lovidan, maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy tо‘lov va qо‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilindi.

Ta’lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini о‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘yicha davlat inspeksiyasi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi — ta’lim-tarbiya jarayoni, professor-о‘qituvchilar tarkibi, ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati hamda mulkchilik shakli va idoraviy bо‘ysunishidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan о‘tkazish, ta’lim-tarbiya sifatini nazorat qilish bо‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.

Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarga mо‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun yо‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘lar 1,7 trillion sо‘mdan ziyod bо‘lib, ulardan 1,2 trillion sо‘mi о‘quv-laboratoriya binolari, sport zallari va talabalar turarjoylarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga, 500 milliard sо‘mdan ortiq mablag‘ esa о‘quv-laboratoriya uskunalari, mebel va inventar bilan ta’minlash, umumiy tartibda foydalanishga mо‘ljallangan, barcha ta’lim muassasalariga xizmat kо‘rsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanadi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qarori uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oliy ta’lim tizimi ishtirokini kengaytirish yо‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.

23 oktyabr 2017 yil, O`qilgan :401



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari