Foydali manbalar













OTM web-reytingi

O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining «respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida» 2008 yil 1 avgustdagi 164-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining «respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida» 2008 yil 1 avgustdagi 164-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 33-son, 852-modda)






O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son va «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son farmonlari, «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarori ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim sifatini yanada oshirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida» 2008 yil 1 avgustdagi 164-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 8-son,40-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.

2. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

24 oktyabr 2017 yil, 1,464
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering