Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Tarix

Tarix fakulteti 1935 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Boshlang‘ich davrda 23 ta talaba о‘qigan va professor V.I. Krasovsev rahbarligidagi bitta kafedra faoliyat kо‘rsatgan. 1939 yilda fakul’tetda yana ikkita kafedra tashkil etildi.






Tarix fakulteti 1935 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Boshlang‘ich davrda 23 ta talaba о‘qigan va professor V.I. Krasovsev rahbarligidagi bitta kafedra faoliyat kо‘rsatgan.

Fakultet tashkil topgandan buyon, ta’lim tizimiga 15000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglar tayyorlangan.

Fakul’tet XX asrning 50-yillarida Tarix-filologiya fakulteti sifatida faoliyat kо‘rsatgan. 1968 yili Tarix fakulteti alohida fakul’tet bo‘lib ajralib chiqdi.

Tarix fakulteti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ilk tashkil etilgan fakultetlardan biridir. Hozir fakul’tetda «Tarix о‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari» bakalavr yo’nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetda «О‘zbekiston tarixi va Tarix о‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari», «O'zbekistonda demokratik jamiyat qurush nazariyasi va amaliyoti», kafedralari mavjuddir.

Talabalarning zarur bilim sohibi bо‘la olishlari uchun fakultetda barcha sharoitlar yaratilgan. Darslarning barchasi ozoda va yorug‘, ta’mirlangan hamda jihozlangan xonalarda olib boriladi. Magistrlar uchun ham alohida auditoriya xonalari mavjud bо‘lib, ular bilan о‘z sohasining yetuk, bilimdon, yuksak malakali ustozlari – fan doktorlari, professorlar mashg‘ulot olib boradilar.

2013 yildan boshlab fakultet dekani sifatida tarix fanlari nomzodi, dotsent V.Ishquvvatov faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.

Darslar faqat fakultetning о‘zidagina olib borilmasdan, balki talabalarni amaliyotga yanada yaqinlashtirishni kо‘zda tutgan holda, Toshkent shahrida joylashgan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda, shuningdek, О‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutida tashkil etilgan fakultet filiallarida olib boriladi.

Fakultet talabalari har yili akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida pedagogik amaliyotdan о‘tadilar. Har yili fakultet talabalarining Ona Vatanimizning qadimiy shaharlari: Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarning diqqatga sazovor bо‘lgan tarixiy joylariga ekskursiyalari tashkil etilmoqda.

Fakul’tetda turli davrlarda atoqli olimlar: akademik Yahyo G‘ulomov, A.Asqarov, tarix fanlari doktori, professorlar: SH.SH.Abdullayev, Z.R.Nuriddinov, X.T.Tursunov, D.Allamurodov, V.I.Yefimov, A.S.Nabiyev, G.I.Jeltova, S.S.Komilova, SH.Ziyomov, S. Teleiqulov, H.Bobobekovlar, tarix fanlari nomzodi, professorlar: A.P.Fomchenko, M.Ermatov, A.Sagdiyev, M.X.Davlatyusupov, R.M.Boyjonovlar faoliyat kо‘rsatganlar. Tarix fanlari doktori, professorlar: SH.SH.Abdullayev, X.Tursunov, Z.R.Nuriddinovlar taniqli tarixchi olim bо‘lib ishlash bilan birgalikda о‘quv yurtimiz ravnaqiga rektor sifatida salmoqli hissa qо‘shganlar.

Tarix fakulteti professor-о‘qituvchilari kadrlar tayyorlash bilan birgalikda samarali ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Fakultet mehnat jamoasi О‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, Arxeologiya instituti, Sharqshunoslik instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy universiteti, Moliya instituti, Iqtisodiyot universiteti, Texnika universiteti va Respublikadagi barcha pedagogika universitetlarining “О‘zbekiston tarixi” kafedralari bilan ilmiy tadqiqot ishlari bо‘yicha, shuningdek, о‘rta-maxsus ta’lim tizimidagi kо‘plab о‘quv muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari asosida ish olib boradi.

Fakultet professor-о‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlari natijasida kо‘plab darsliklar, о‘quv qо‘llanmalari, dasturlari va ma’ruza matnlarini nashr etganlar.

Tarix fakultetining iqtidorli talabalari davlat stipendiyalari, Respublika talaba-yoshlarining olimpiadalari, tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan, Haitova Feruza 2007¬—2008-о‘quv yilida Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi hamda О‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi va Mehr nuri jamg‘armasining iqtidorli talabalar stipendiyasi sovrindori bо‘lgan. Tursunov Farrux 2006¬—2007-о‘quv yilida Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi, Mutalibova Diyora 2009-2010-о‘quv yilida Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari bо‘lishdi.

Hozirda “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’lim yo’nalishi 4-bosqichida tahsil olayotgan Bobir Eshquvatov Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi bo’lgan.

“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq” ta’lim yo’nalishi talabasi Jalolov Bahodir 2011-2012-о‘quv yilida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori, shuningdek, «Dinshunoslik» fani bо‘yicha talabalar Respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida 2-о‘rinni egalladi.

Fakultetda ta’lim olayotgan talabalar tarix va huquq, milliy g‘oya, ma’naviyat fanlari sohasidagi bilimlarni puxta о‘rganish bilan birga fors, arab, ingliz, nemis, fransuz tillaridan ham saboq olishadi. Shuningdek, talabalarimiz о‘qish jarayonida arab alifbosiga asoslangan eski о‘zbek yozuvini mukammal egallaydilarki, bu bilan ulug‘ ajdodlarimizdan tarixiy meros bо‘lib qolgan ming yillik ma’naviy xazinamizga kira olishdek sharafli imkoniyatni qо‘lga kiritadilar.

Tarix fakultetini tamomlagan mutaxassislar umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida о‘qituvchilik qilish bilan birga umumiy va о‘rta maxsus ta’lim tizimi muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha turli lavozimlarda, hokimiyatlarning «Ma’naviyat va ma’rifat» bо‘limlarida, shuningdek, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazlarida yetakchi mutaxassis bо‘lib faoliyat kо‘rsatishlari mumkin.

5 yanvar 2018 yil, 28,855
Yuldasheva D.

Tarix fakulteti tarixidan lavhalar

5 yanvar 2018 yil

O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

4 yanvar 2018 yil

Tarix fakulteti yangiliklari

25 yanvar 2014 yil

Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi

4 yanvar 2018 yil

O`zbekiston tarixi va Tarix o'qitish metodikasi kafedrasi

5 yanvar 2018 yil


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)