Foydali manbalar













OTM web-reytingi

2017 yil 30 oktyabrdan 4 noyabrgacha Alisher Navoiy nomidagi Miliy kutubxonada “INFOLIB-2017” haftaligi tadbirlari o‘tkazildi

Universitet Axborot-resurs markazi xodimlari 2017 yil 30 oktyabrdan 4 noyabrgacha Alisher Navoiy nomidagi Miliy kutubxonada o‘tkazilgan “INFOLIB-2017” haftaligi tadbirlarida faol ishtirok etdilar






Universitet Axborot-resurs markazi xodimlari 2017 yil 30 oktyabrdan 4 noyabrgacha Alisher Navoiy nomidagi Miliy kutubxonada o‘tkazilgan “INFOLIB-2017” haftaligi tadbirlarida faol ishtirok etdilar. 30 oktyabr kuni “Navoiy xazinasi ruknidan” mualliflari Hasanboy Jamolxonov va Abdusalom Umarovlarning “O‘zbek yozuvining XX asr tarixi”, Zuhriddin Isomiddinovning “Turkiy xalqlarning so‘z san’ati va lahjalari” kitoblari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi Shukur Qurbonov, filologiya fanlari doktori N.Maxmudov, filologiya fanlari doktori Ibrohim Yuldashev, fizika-matematika fanlari doktori Abdulla A’zam, filologiya fanlari doktori To‘ra Mirzayev, filologiya fanlari dotsenti Ravshan Jomonovlar ishtirok etdilar.

2017 yil 31 oktyabr kuni “Axborot-kutuxxonalarning eng yaxshi mutaxassisi” ko‘rik tanlovining 1-bosqichi o‘tkazildi.

2017 yil 1 noyabr kuni “Bilim” axborot kutubxonasining 80 yillik yubiley tadbirlari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Xayrulla Lutfullayevning “Qo‘shiq va san’atkor” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

2017 yil 2 noyabr kuni “She’riyat va musiqa” tadbirlari, “Dunyo rassom nigohida” tadbirlari o‘tkazildi.

2017 yil 3 noyabr kuni “Biz kitobni sevamiz” konkurs tadbirlari, “Ochiq elektron resurslar” taqdimot tadbirlari o‘tkazildi.

2017 yil 4 noyabr kuni O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Ikki daryo o‘rtasi” kitobi taqdimoti va shoirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

4 noyabr 2017 yil, 1,251
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering