library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

O'ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQINING MARKAZIY APPARATI

13 sentabr 2017 yil, 20,568
Yuldasheva D.

- Tadbirkorlikni rivojlantirish bo'limi;
- Fеrmеrlar bilan ishlash bo'limi;
- Bandlikka ko’maklashish bo'limi;
- Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish bo'limi;
- Xalqaro aloqalar bo'limi;
- Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi;
- Axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy qilish bo'limi;
- Yoshlar turizmini rivojlantirish bo'limi;
- Ma'naviy-ma'rifiy bo'lim;
- Ijtimoiy-huquqiy bo'lim;
- Yosh onalar va qizlar bilan ishlash bo'limi;
- Fan-ta'limni rivojlantirish bo'limi;
- Ta'lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash bo'limi;
- Sport, sog’lomlashtirish bo’limi;
- “Kamalak” bolalar tashkiloti.

MARKAZIY APPARAT

TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BO’LIMI

Yosh tadbirkorlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirishga har tomonlama ko’maklashish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi.

Doimiy ravishda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga oid izlanishlar o’tkazadi, yosh tadbirkorlarni huquq-manfaatlarini himoya qiladi, sohaga oid taklif va muammolarni o’rganib chiqib, aniq chora-tadbirlar belgilaydi.

Yosh tadbirkorlar faoliyatini qo’llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida O’zbekistonda yoshlar ittifoqi qoshida “O’ZBЕKISTON YOSH TADBIRKORLAR ASSOTSIATSIYASI” faoliyati yo’lga qo’yildi.

FЕRMЕRLAR BILAN ISHLASH BO’LIMI

Yosh fermerlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlaydi, ularning faoliyatini rivojlantirishga ko’maklashadi, fermer xo’jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi.

Yosh fermerlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, samarali faoliyat olib borayotgan fermerlar faoliyatini ommalashtirish, ular orasida tajriba almashish tizimini yo’lga qo’yish, yosh fermerlar tomonidan yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sifat talablariga javob berishini rag’batlantirilishiga ko’maklashadi.

Yosh fermerlar faoliyatini qo’llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqida qoshida “O’ZBЕKISTON YOSH FЕRMЕRLAR ASSOTSIATSIYASI” faoliyati yo’lga qo’yildi.

BANDLIKKA KO’MAKLASHISH BO’LIMI

Yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratadi, bandligini ta’minlaydi, yoshlarni kasbga yo’naltirishshga ko’maklashadi.

Yoshlarni mehnat bozoridagi so’nggi yangiliklar va mavjud bo’sh ish o’rinlari bilan tanishtirib boradi.

Yoshlar bandligini ta’minlash hamda mehnat bozoriga oid qonun hujjatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bilan birga ishsizlik masalasidagi muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

YOSHLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH BO’LIMI

Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish ko’lamlarini yanada kengaytirish va kuchaytirish, jamiyatda hamjihatlik, ezgulik va mehr-shafqat muhitini qaror toptirish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar hayot tarzini yaxshilashga ko’maklashish, ularga jamiyatda o’z o’rnini topishlariga imkoniyatlar yaratish va o’zining hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalarga ko’maklashadi.

O’sib kelayotgan avlodning shaxsiy ko’nikmalarini rivojlantirish, yoshlarda o’ziga ishonch hissini orttirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy qo’llab-quvvatlash, salbiy oqimlarga kirib qolgan yoshlarni sog’lom muhitga qaytarishga ko’maklashish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “IMKONIYATI CHEKLANGAN YoSHLAR VA BOLALAR MARKAZI” hamda “YoSHLARGA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK YORDAM KO’RSATISH MARKAZI” faoliyati yo’lga qo’yildi.

XALQARO ALOQALAR BO’LIMI

Xalqaro va xorijiy yoshlar tashkilotlari bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yadi. Ilm-fan, adabiyot, musiqa, sport, kinematografiya sohalarida xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirib boradi.

O’zbekiston yosh ijodkorlarining gastrollari va ko’rgazmalarini tashkil etadi, xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan, istiqomat va mehnat qilayotgan yoshlarimizni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi.

O’zbekiston bilan xorijiy davlatlar o’rtasidagi yoshlar sayyohligini rivojlantirishga ko’maklashadi.

jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi

O’zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalarini, mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni televidenie, radio, matbuot va internetda yoritadi, ommaviy axborot vositalari bilan tizimli aloqalar o’rnatadi.

Matbuot anjumanlarini tashkil etib boradi. Televidenie, radio va matbuot, internet sahifalarida O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini targ’ib qilishga qaratilgan sahifa va ruknlarni yuritadi, yirik informatsion va targ’ibot maqolalarini tayyorlaydi.

AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TЕXNOLOGIYALARINI JORIY QILISH BO’LIMI

Yoshlar orasida internet va mediadan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi.

Yoshlar uchun ommabop, milliy urf-odatlarimizga mos internet va mobil o’yinlar yaratadi. O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalangan holda targ’ib qilib boradi.

Ittifoq tizimlarida elektron hujjat almashinuvini yo’lga qo’yish va axborot havfsizligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

YOSHLAR TURIZMINI RIVOJLANTIRISH BO’LIMI

Mamlakatda yoshlar turizmini rivojlantirishning yaxlit kontseptsiyasini shakllantiradi va amalga oshirilishini ta’minlaydi. Yoshlar turizmining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlarini olib boradi.

Yoshlar orasida O’zbekistonnning tarixiy-madaniy merosini keng targ’ib qilish orqali ularda yurtsevarlik tuyg’usini oshiradi va o’tmish tarix durdonalari bilan tanishtiradi. Milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishini ta’minlaydi.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va chet el fuqarolari uchun turizm xizmatlarini ko’rsatish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “YOSHLAR TURIZMI AGЕNTLIGI” sho’’ba korxonasi faoliyati yo’lga qo’yildi.

MA`NAVIY-MA`RIFIY BO’LIM

Yosh avlodni istiqlol g’oyalariga cheksiz sadoqat, ona Vatanga muhabbat, mamlakatimiz milliy manfaatlarini fidokorona va mardonavor himoya qilish ruhida tarbiyalashga yo’naltirilgan tashkiliy, targ’ibot-tashviqot, ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Yoshlarni ma’naviy barkamol bo’lib voyaga yetishlari hamda ularni turli axborot xurujlari va ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlaridan himoya qilish tizimini takomillashtirish, mavjud qonunchilikka zarur o’zgartirishlar kiritish bo’yicha vakolatli davlat organlarga takliflar kiritib boradi.

Mamlakatimizning turli hududlarida ijod qilayotgan, biroq iqtidorini namoyon eta olmayotgan yosh iste’dod egalarini izlab topish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “YOSH IJODKORLAR ASSOTSIATSIYASI” hamda yoshlarning kinematografiya sohasidagi ijodiy faoliyatini birgalikda amalga oshirishlariga ko’maklashish, kino orqali yosh avlod vakillarini vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “YOSH KINOIJODKORLAR UYUSHMASI” faoliyati yo’lga qo’yildi.

IJTIMOIY-HUQUQIY BO’LIM

O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, hamda siyosiy islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga chuqur singdirish, mamlakatni yanada demokratlashtirish va yangilash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlariga yosh avlodning keng jalb etilishini ta’minlashga doir ishlarni amalga oshiradi.

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar va loyihalarni amalga oshiradi, yoshlarga oid qabul qilinayotgan qonun va qonun osti hujjatlari yoshlar o’rtasida muhokamalarini tashkil etib boradi hamda mavjud qonunlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.

YOSH ONALAR VA QIZLAR BILAN ISHLASH BO’LIMI

Mamlakatimizdagi ayollar, yosh onalar va qizlarning huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qiladi, ularning dardi va mummolarini o’rganib, mustaqil hayotda o’z o’rinlarini topishi, iste’dodlarini yuzaga chiqarishiga amaliy ko’mak beradi.

Yoshlar o’rtasida erta nikohning salbiy oqibatlarining oldini olish, sog’lom oila muhitini shakllantirish yuzasidan davlat va jamoatchilik tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yadi.

Ayollar sportini rivojlantirish hamda sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga qaratilgan tadbirlar tashkil etadi.

FAN-TA`LIMNI RIVOJLANTIRISH BO’LIMI

Iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga, ilmiy-texnikaviy ijodga jalb qilish, iste’dodli yigit-qizlar tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalar, ilmiy va texnikaviy kashfiyotlar, ratsionalizatorlik takliflarni hayotga tatbiq etishga yordam beradi.

Mamlakatimizda ilmiy tadqiqot izlanishlarini olib borayotgan yosh olimlarni, shuningdek yoshlarning intellektual salohiyatlarini ro’yobga chiqarish, yosh avlodni mukammal tarbiyalash va qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “RЕSPUBLIKA YOSH OLIMLAR ASSOTSIATSIYASI” tashkil etildi.

TA`LIM MUASSASALARIDAGI YOSHLAR BILAN ISHLASH BO’LIMI

Ta’lim muassasalaridagi yoshlar bilan samarali ish tashkil etish maqsadida turli loyihalarni tashkil etadi. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari — “Barkamol avlod” bolalar markazlari bilan hamkorlikni tizimli asosda kengaytirib boradi.

O’quvchi va talaba yoshlarni huquq va manfaatlarini qo’llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi.

Barcha sohalarda iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo’llab- quvvatlash tizimini takomillashtiradi. Maqsadli grantlar va stipendiyalarni taqdim etish bo’yicha tanlovlar o’tkazadi.

Mavjud qonunchilikka zarur o’zgartirishlar kiritish bo’yicha vakolatli davlat organlariga takliflar kiritib boradi.

SPORT, SOG’LOMLASHTIRISH BO’LIMI

Ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o’quvchilar va talabalar, korxona va tashkilotlar, yosh xodimlar o’rtasida sport musobaqalarini tashkil etadi hamda ularning faol ishtirokini ta’minlaydi. Ommaviy va milliy sport o’yinlari, xalq o’yinlarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

“Ekologik muammolarni bartaraf etishda yoshlarning o’rni” mavzusida konferentsiyalar tashkil etish orqali yoshlarning ekologik madaniyatini shakllantirib, ushbu yo’nalishda ularning faolligini oshirib boradi.

Yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi qoidalarini targ’ib qilishga qaratilgan targ’ibot materiallarini ishlab chiqadi hamda tarqatadi.

Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilgan Yoshlar markazlarida yoshlarni, ayniqsa uyushmagan yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlar va bolalar sportini rivojlantirish maqsadida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib turli yo’nalishlardagi sport to’garaklarini tashkil etadi.

“KAMALAK” BOLALAR TASHKILOTI

Yoshlarning turli toifalari, shu jumladan, bolalarning qiziqishlari va o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ta’lim muassasalari va mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi.

Bolalar va o’smirlar uchun badiiy asarlar yaratish,

ko’rik-tanlovlarni tashkil etish va ularni intilishlarini rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Yoz paytida bolalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, yozgi bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari va sihatgohlari faoliyatini samarali tashkil etilishiga ko’maklashadi.

13 sentabr 2017 yil, O`qilgan :20568



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar