XTQTXMOM     library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

Biz giyohvandlikka qarshimiz

7 dekabr 2017 yil, 76
Yuldasheva D.

Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul professor-o‘qituvchisi

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.T.Axmedova boshchiligida 2017 yil 6-dekabr kuni reja asosida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida soha vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ushbu tadbirda faol ishtirok etdilar.

Dotsent M.T.Axmedova uchrashuvga tashrif buyurgan soha vakillari bilan tanishtirib o‘tdi. Ular Respublika OITSga qarshi kurashish Markazining vrach epidemiologi Xoshimova Sevara Abdujalilovna, Qurolli kuchlar Akademiyasi sikl boshlig‘i, podpolkovnik Norgitov Farxod Tulkunovich, Farg‘ona davlat universiteti “Harbiy” kafedra o‘qituvchisi, mayor Rahimov Bahtiyor Eshquvvatovich, Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti “Huquq” kafedrasi o‘qituvchilari, mayor Mahammadjonova Go‘zal Ergashevna, kapitan Asamov Sherali Baykuzievichlar pedagogika-psixologiya ta’lim yo‘nalishi akadem guruh talabalari bilan uchrashuvga tashrif buyurdilar.

Dotsent M.T.Axmedova kirish so‘zni “Pedagogika” fakulteti dekani, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent L.Sh.Nurmuhammedovaga berdi. Hozirgi kunning dolzarb muammosi bo‘lgan giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida alohida to‘xtalib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Dotsent M.T.Axmedova navbatdagi so‘zni Respublika OITSga qarshi kurashish Markazining vrach epidemiologi Xoshimova Sevara Abdujalilovnaga berdi va ular eng dolzarb mavzu “OITS kasalligining yuqush yo‘llari va zararli oqibatlari” haqida fotolavhalar bilan taqdimot ma’ruza asosida o‘z fikr-mulohazalarini talabalarga bildirib o‘tdi.

Qurolli kuchlar Akademiyasi sikl boshlig‘i, podpolkovnik Norgitov Farxod Tulkunovich “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida talabalar bilan savol-javob tarzida suhbat qurdi. Narkotik moddalarning qaerdan kirib kelganligi va uning lug‘aviy ma’nosi bo‘yicha talabalar bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida talabalarga “Narkobiznes – milliardlar keltirgan kulfat” mavzusida videofilm namoyish etildi. Yoshlarning hayot yo‘llarida adashganligi va ular mana bunday “Hayotimdan nafratlanaman. Mendan hamma nafratlanadi. O‘qishim, o‘rganishim kerak bo‘lgan yoshda giyohvandlikka ruju qo‘ydim. Kelajagim borasida hech narsa bilmayman...umid yo‘q!” degan so‘zlari bilan afsusu nadomatlari ushbu videofilmda o‘z aksini topgan.

BMT narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Antonio Maria Kosta va Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil Markazi bo‘limi boshlig‘i Shuhrat G‘ulomovlar mazkur videolavhada giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida gapirgan fikrlarini talabalar tomosha qilib va eshitib o‘zlariga kerakli, ijobiy xulosalarni chiqarib oldilar.

Videolavhadan so‘ng Farg‘ona davlat universiteti “Harbiy” kafedra o‘qituvchisi, mayor Rahimov Bahtiyor Eshquvvatovich, Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti “Huquq” kafedrasi o‘qituvchilari, mayor Mahammadjonova Go‘zal Ergashevna, kapitan Asamov Sherali Baykuzievichlar ham talabalarga eng zarur bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar, ko‘rsatmalar berib o‘tdilar.

Uchrashuv so‘ngida “Pedagogika” fakulteti dekani, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent L.Sh.Nurmuhammedova dotsent M.T.Axmedovalar mehmonlarga universitetimiz nomidan o‘z minnatdorchiliklarini bildirib ularga universitetimizda ishlab chiqilgan “Pedagogik konfliktologiya” nomli qo‘llanmadan esdalik uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdim etdilar.

Soha vakillari talabalarga davomiy o‘qish va ishlariga omad tilagan holda navbatdagi tadbirlarda ham ishtirok etishlarini istab talabalar bilan hayirlashdilar.

Ma’naviyat va ma’rifat

ishlari bo‘yicha mas’ul: dotsent M.T.Axmedova

7 dekabr 2017 yil, O`qilgan :76



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar