library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

Boshlang`ich ta`lim va JM

Fakultet Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida 1935 yilda “Pedagogika”fakulteti tashkil etilgan. 1957 yildan “Pedagogika” fakulteti boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarini tayyorlay boshladi.

23 dekabr 2016 yil, 25,531
Yuldasheva D.



Fakultet Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida 1935 yilda “Pedagogika”fakulteti tashkil etilgan.

1957 yildan “Pedagogika” fakulteti boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarini tayyorlay boshladi.

1975 yilda fakultet “Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” deb nomlandi. 1999 yildan 2008 yilga qadar fakultet “Boshlang‘ich ta’lim va defektologiya” fakulteti deb nomlandi. 2008-2009 о‘quv yilida fakultet “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti va “Defektologiya” fakulteti nomi bilan ikkiga ajratildi.

2012-2013 o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab Boshlang‘ich ta’lim fakultetiga jismoniy madaniyat yo‘nalishi ham qo‘shildi.

Optimallashtirish natijasida 2016 yil 1-iyundan boshlab"Boshlang'ich ta'lim metodikasi" va"Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi" kafedralari birlashtirildi va kafedra"Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi deb nomlandi. Hozirda fakultet tarkibida 2 ta kafedra faoliyat yuritmoqda:"Boshlang'ich ta'lim metodikasi" va"Jismoniy madaniyat" kafedralari.

Hozirda fakultetda ikkita yo‘nalish bo‘yicha: o‘zbek, qozoq va rus tilida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi hamda o‘zbek va rus tilida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tayyorlanmoqda.

1. O’quv jarayoni

Kafedrada bakalavriat ta’lim yo‘nalishida 17 ta fandan o‘zbek, rus, qozoq tilida, magistratura mutaxassisligida 4 ta fandan o‘zbek tilida ta’lim olib boriladi.

Barcha fanlardan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar mavjud va o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan.

2. Ilmiy salohiyat

2016-2017-o‘quv yilida fakultet asosiy shtatida 38 nafar (o'rindoshlar bilan 46 nafar) professor-o‘qituvchilar ishlamoqda. Fakultetda 3 ta fan doktori, professor, 14 ta fan nomzodi, bulardan 2 nafar universitet professori, 10 nafar dotsent, 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi, 2 nafar OAK dotsenti, 5 ta katta o‘qituvchi va 3 ta o‘qituvchi faoliyat yuritadi.

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasining ilmiy salohiyati 64 % ni tashkil etadi. Kafedrada 10 dan ortiq o‘qituvchilar mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy ishlarni olib bormoqda.

Jismoniy madaniyat kafedrasining ilmiy salohiyati 13 % ni tashkil etadi. Kafedrada 5 dan ortiq o‘qituvchilar mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy ishlarni olib bormoqda.

1

Fakultet dekani

p.f.n., dotsent Sadikova Albina Venerovna

2

O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini

p.f.n., dotsent Muxitdinova Nodira Mamalatipovna

3

ILmiy ishlar bo'yicha dekan muovini

p.f.n., universitet professori Jumaev Mamanazar Ergashevich

4
Ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha dekan muovini

katta o'qituvchi Pardayev Bekmurod O'tapulatovich

5

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri

p.f.n., dotsent Muxitdinova Nodira Mamalatipovna

6
Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri

dotsent Latipov Ravshan Ismoilovich

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarning natijalari

Fakultet bo‘yicha bo‘yicha amaliy ilmiy texnik dasturi loyihalari:

1. “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan multimediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha

Rahbar: B.Abdullayeva

Guruh a’zolari 17 kishi: 4 ta dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi, 3ta o‘qituvchi, 2ta magistrant, 3ta iqtidorli talabadan iborat.

Innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar borasida bajarilayotgan ishlar:

1.“Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun ona tili va matematikadan o‘zbek, rus va qozoq tillarida multimediali dars ishlanmalar majmuasi” nomli loyiha

Rahbar: A.V.Sadikova

Guruh a’zolari: 2 ta fan nomzodi, 2 ta katta o‘qituvchi: B. Abdullaeva, M.I.Toshpulatova, U.A.Masharipova, N.M.Muxitdinova, A.Q.Nisanbaeva

Natijasi: Navoiy davlat pedagogika instituti bilan 3mln 500 ming so‘mga shartnoma imzolandi.

2.“Rus, o‘zbek va ingliz tillarida boshlang‘ich sinflarning o‘qituvchilari uchun matematika, mehnat va atrofimizdagi olam fanlari bo‘yicha multimediali dars ishlanmalari majmuasi” nomli loyiha

Rahbar: A.V.Sadikova

Guruh a’zolari: 2 ta magistrant, 1 ta iqtidorli talaba: Dilsora Abdullaeva, Jo‘raeva Maftuna, Maxamatkarimova Latofatlar

Natijasi: Navoiy davlat pedagogika instituti bilan 1 mln so‘mga, “OOO GardPay Mobile” firmasi bilan 200 ming so‘mga shartnoma imzolandi.

3. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematika o‘qitish metodikasi fanidan elektron majmuasi” nomli loyiha

Rahbar: M. Jumaev

Guruh a’zolari: 1 ta magistrant, 1 ta iqtidorli talaba: Matulbaeva Shoxsanam, Muxitdinova Nigora

Natijasi: Navoiy davlat pedagogika instituti bilan 500 ming so‘mga shartnoma imzolandi.

4.“Boshlang‘ich sinf “Ona tili” fani bo‘yicha grafik organayzerlar majmuasi”nomli loyiha

Rahbar: M. Hamrayev

Guruh a’zolari: 1ta iqtidorli talaba: Obidova Iroda Komiljon qizi

Natijasi: Navoiy davlat pedagogika instituti bilan 500 ming so‘mga shartnoma imzolandi.

5. “Fransiyada pedagogik fikrlar taraqqiyoti” nomli metodik qo‘llanma” mavzusida loyiha

Rahbar: Xalikov A.A.

Guruh a’zolari: 1ta iqtidorli talaba Sadikov R. M.

Natijasi: Navoiy davlat pedagogika instituti bilan 500 ming so‘mga hamda “OOO GardPay Mobile” firmasi bilan 200 ming so‘mga shartnoma imzolandi.

III.3. Mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash

Mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanmoqda. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi bo`yicha 23 nafar professor-o‘qituvchilar ilmiy-tadqiqot ish olib boryapti.

Jismoniy madaniyat kafedrasi bo`yicha 15 nafar professor-o‘qituvchilar ilmiy-tadqiqot ish olib boryapti.

Fakultet bо‘yicha jami: 38 ta professor-o‘qituvchilar ilmiy-tadqiqot ishiga jalb qilingan.

III.4. Iqtidorli talabalar bilan ishlash:

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi yetakchi professor-o‘qituvchilaridan nafariga iqtidorli talabalar biriktirilgan.

2016-2017-о‘quv yilida fakultet bo`yicha 54 ta iqtidorli talaba professor-o`qituvchilarga biriktirilgan.

Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetida innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida iqtidorli talabalar bilan ishlanyapti. Iqtidorli talabalar umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida ona tili, o‘qish, matematika fanlarini o‘qitish, pedagogika, tarbiyaviy ishlar metodikasi, pedagogik texnologiya, boshlang‘ich ta’lim integratsiya, mehnat, tabiatshunoslik fanlarini o‘qitish, jismoniy tarbiya metodikasi fanlarining muammolarini o‘rganib, ushbu muammolarni yechimini topish bo‘yicha mavzular banki shakllantirilgan va ilmiy ishlar yo’lga qoyilmoqda.

Fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan “X iinnovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi”da qatnashish uchun 8 ta loyiha topshirildi. Bulardan 2 ta loyiha Yosh olimlar va iqtidorli talabalar “X innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi”da qatnashish uchun topshirildi:

1) Dilsora Abdullaeva, Maxamatkarimova Latofat, Sadikov Rustam

Ilmiy rahbar: A.V.Sadikova

2) Sadikov Rustam

Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich

2016 yilda 4 ta patent olindi

Boshlang`ich ta’lim metodikasi kafedrasi 3 nafar prоfessor-o`qituvchilari:

H.Bakiyeva, U.Masharipova, M.Tashpulatovalar tomonidan olindi.

Jismoniy madaniyat kafedrasi 1 nafar prоfessor-o`qituvchisi:

T.Achilov tomonidan olindi.

IV.3. Ilmiy maqola, monografiya, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar chop etish

1) Monografiya – 4

2) Darsliklar:

v) o‘rta maktablar uchun:

1. Jumayev M.E “Matematika 1” Toshkent: O‘qituvchi, 2014. 13,5 b.t

O‘quv qo‘llanmalar:

b) kasb-hunar kollejlari uchun:

1. M.Hamrayev. “Ona tili fanidan mavzuli test topshiriqlari to‘plami”. 1-qism. “Sharq” NMAK, Toshkent., 2014. 27 b.t.

2. M.Hamrayev. “Ona tili fanidan mavzuli test topshiriqlari to‘plami”. 2-qism. “Sharq” NMAK, Toshkent., 2014. 27 b.t.

3. M.Hamrayev. “Ona tili” (oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun qo‘llanma, qayta nashr) “Sharq” NMAK, Toshkent., 2014. 6,5 b.t.

v) o‘rta maktablar uchun:

1. Jumayev M.E. “Matematika daftari” Toshkent: Turon-iqbol, 2014. 4 b.t.

Nashr ettirilgan metodik qo‘llanmalar 2014-2015 yillar uchun

1.Abdullayeva B.S., Sadikova A.V.Muxitdinova N.M., Toshpulatova M.I., Jabborova Yu. Matematika. 1-sinf o‘quvchilari uchun metodik qo‘llanma, 2014-yil Toshkent, 120 bet.

2.Bakiyeva H. Savodga o‘rgatish darslari. 1-sinf o‘quvchilari uchun 2014-yil, Toshkent, 120 bet.

3.Sattorova X.J va boshqalar. O‘qish 1-sinf O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma nashir etildi. 2014 yil ISBN 978-9943-26-249-2

4.Masharipova U. Hammualliflikda 1- sinf Ona tili. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma”, 2014, Toshkent: Sharq, 7,5 bosma taboq, ISBN 978-9943-26-248-5

1.Abdullayeva B.S., Sadikova A.V.Muxitdinova N.M., Toshpulatova M.I., Jabborova Yu. Matematika. 2-sinf o‘quvchilari uchun metodik qo‘llanma, 2015-yil

2.Bakiyeva H.O`zbek tili 2-sinf o‘qituvchilar metodik qo‘llanma nashir etildi. 2015 yil

3.Sattorova X.J va boshqalar. O‘qish 2-sinf O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma nashir etildi. 2015 yil

4.Masharipova U. Hammualliflikda 2- sinf Ona tili. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma”, 2015 yil

5. ILmiy maqolalar:

2015-yilda:

a) chet elda nashr qilinganlar:

1. Abdullayeva B.S. .Педагогическое моделирование как фактор развития будущих педагогов в системе образования. Science and world International scientific jurnal № 2 (18) Vol. II1 2015-yil 103-106-betlar.

2. Xaliqov A.A. 10.Психологические свойства формирования профессиональное направленности личности педагога. Science and world International scientific jurnal № 2 (18) Vol. II12015-yil 145-147- betlar

3. Артыкбаева З.А. Методика обучения решению геометрических задач Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук №02 (73) 2015г. Ч.II. 5 Москва. 2015

4. Бакиева Х.С. Пути обогащения словарного запаса учащихся начальных классов Актуальные проблемы гуманитарных и естественых наук. Часть II. Москва. 2015

5. Сатторова Х. Методическая подготовка студентов к обучению интегрированному курсу «окружающий мир». Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук №03 (74) 2015г. Ч.II.

6. Cултанов М..Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук Психолого – Педагогические основы использования информaционных технологий в обучении . Часть II. Москва 2015

7. Cултанова У. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук Москвa. Психолого-педагогические основы развития продуктивного мышления учащихся Часть II. Москва 2015

2.Формирование коммуникативных компетенций младших школьников на основе развития связной речи. Материалы ХIII-международной конференции «Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития». Санкт - Петербург. (ЛГУ) 29-31 мая 2015 г. Часть II. С.167-169

1. А. А. Халиков, Р. М. Садыков 19.Обучение в сотрудничестве как фактор успеха в образовательной деятельности младших школьников Материалы ХIII-международной конференции «Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития». Санкт - Петербург. (ЛГУ) 29-31 мая 2015 г. Часть II. С.167-169

2. Абдуллаева Б.С.Садыкова А.В. 20. Использование электронных тренажеров для обучения учащихся начальных классов. Материалы ХIII-международной конференции «Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития». Санкт - Петербург. (ЛГУ) 29-31 мая 2015 г. Часть II. С.167-169

2015-yilda respublika va universitet konferensiyasida:

b) respublika miqyosida

3. Abdujabbarova F. Shavkat Rahmonning “Sulaymon tog‘i etagidagi o‘ylaganlarim”she’rini “Chig‘iriq” texnologiyasi asosida o‘qitish. 1. Toshkent 2015.-B.25 Ta’lim tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish: muammo va yechimlar. 3. Toshkent 2015.-B.25

4. Abdujabbarova F. Shodmonqulova D. Chingiz Aytmatovning “Oq kema”asarini o‘rganishda axborot texnologiya usullaridan foydalanish 4. Toshkent 2015.- Ta’lim tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish: muammo va yechimlar. B.25

5. Sadikova A. V.1-sinf “Atrofimizdagi olam” fanida ingiliz tili so‘zlaridan foydalanib o‘qitish usullari 2015 “Boshlang‘ich ta’lim jarayonida xorijiy tillarni o‘qitishning innivatsion texnologiyalari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. 2-kitob 62-65- betlar.

6. Nisаnboeva A. O‘qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish shartlari. Toshkent 2015.- Ta’lim tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish: muammo va yechimlar. Б.25

7. Nisanboeva A. .O‘quvchilar bilim sifatini va samaradorligini oshirishda “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”fanini o‘rni. Toshkent 2015.- Ta’lim tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish: muammo va yechimlar. Б.25

8. Jurayeva M. Bugungi kun boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar. 2015-yil 30-аprel Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015-yil 30-aprel 1-qism 207-208-б.

9. Sadikova A.V. Ernazarova D.Boshlang‘ich sinflarda multimedia texnologiyalaridan foydalanishning psixologik-pedagogik aspektlari2015-yil 30-aprel Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015-yil 30-aprel 1-qism 208-209-б.

10. Sadikova A.V. Солодова Е. Информatsiонная культура учащихся начальных классов-неотьемлемая часть результата образования 2015-yil 30-аprel Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015-yil 30-aprel 1-qism 302-303-б.

11. Sharipov SH.S. Abdullayeva B.S.Boshlang`ich ta’limda multimedia texnologiyasidan foydalanish metodikasi 2015-yil 30-аprel Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015-yil 30-aprel 1-qism 5

12. Mamatova G. А. Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti 80 yoshda 2015 Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015-yil 30-aprel 1-qism 7бет

13. Abdullayeva B.S. Jumanova Z. Boshlanich sinf darslarida interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish metodikai 2015 Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar. 2015

14. Abdujabbarova F. Boshlang`ich sinfda inglizcha talaffuzni o`rgatishdagi qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari.2015 Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar. 17

15. Abdujabbarova F.Maxmudova D. Boshlanich sinflarda xalq ozaki ijodini o`tishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015.

16. Abdujabbarova F. Azimova G. She`riy matnlarni “Chig`iriq” texnologiyasi asosida o`rganish Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish:

17. Agzamxodjayeva S. Bolalar adabiyoti darslarida o`quvchilarning ozaki va yozma nutqini o`stirish yo`llari Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar. 2015 67

18. Agzamxodjayeva S. Ona tili darslarida “Eganing ifodalanishi” mavzusini o`qitilish usullari

19. Abdiraimova H.Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 69

20. Artikbaeva Z.A Eminov A.Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositalaridan foydalanish Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 77

21. Artikbaeva Z. Xodieva R Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida innovatsion faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati .Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 100

22. Bakiyeva H Mavlyanova S Boshlanich sinf o`quvchilarini nutqini boyitishga yo`naltiruvchi mashqlar Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 101

23. Hamrayev M.A.O`rozov A. Hajm-o`lchov sifati va xususiyatni bildiruvchi sifat bilan ifodalangan uyushmagan sifatlovchi aniqlovchilar Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 103

24. Hamrayev M.A. Bobomurodova G.Vazirlik miqyosida So`z birikmalari bilan ifodalangan umumlashtiruvchi bo`laklar haqida ayrim mulohazalar Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015

25. Hamrayev M.A., Ergasheva G. Ot turkumidagi so`zlar bilan ifodalangan nomustaqil vositasiz to`ldiruvchilarning grammatik xususiyatlari .Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015

26. Hamrayev M.Obidova I.Milliy ma’naviy qadriyatlar asosida shaxs ma’naviyatining ideal modelini yaratish. Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar. 2015 104

27. Jumaev M.Muxitdinova Nigora Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning adabiy tushunchalarini shakllantirish xususida Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 120

28. Jo‘raeva M. Maxmutova I Milliy ma’naviy qadriyatlar asosida shaxs ma’naviyatining ideal modelini yaratish. Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar. 2015 124

29. Mamatova G. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning adabiy tushunchalarini shakllantirish xususida Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015

30. Muxitdinova N.M., Badriddinov U. Boshlanich sinf matematika darslarida ta’lim sifatini oshirishda qo`llaniladigan ayrim metodlardan foydalanish. Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 157

31. Nisanbaeva A. Salibaeva D. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga

32. o‘rgatish usullari Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 162

33. Nisanbaeva A Abdukalikova G.O‘qish darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 163

34. Sadikova A.V.Maxamatkarimova L Bugungi kun boshlanich ta’lim o`qituvchilariga qo`yiladigan talablar Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 207

35. Sadikova A.V.Ernazarova D Boshlanich sinflarda multimedia texnologiyalaridan foydalanishning psixologik-pedagogik aspektlari Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 208

36. Sattorova X. О’qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 219

37. Sattorova X.J. Raxmatova M. Tabiatshunoslik darslarida o`quvchilarning ekologik tushunchasini shakllantirish .Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 220

38. Sattorova X.J Ashurova U. Sinfdan tashqari o`qishda pedagogik texnologiyalarni qo`llash shakllari. Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 228

39. Shodmonquliva D. Вoshlanп’ich sinflarda ona tilini o`qitishda axborot texnologiyalarning roli Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 229

40. Sultanov M. Sultanova U. Bоshlanich sinflarning asоsiy miqdоrlari haqida tushunchalar

41. Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar. 2015 . 233

42. Musayeva A.I. Вoshlanп’ich sinflarda ona tilini o`qitishda axborot texnologiyalarning roli Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015

43. Toshpo`latova M. Boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun ilor pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015. 243b

44. Федорова Г. Михеева Ю. Приёмы, упражнения, методики по формированию навыка чтения у младших школьников Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 294b.

45. Жураева М. Нурмухамедова Ш. Развитие речи учащихся начальных классов во внеклассной работе. Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 297

46. Садыкова А.Солодова Е. Информaционная культура учащихся начальных классов – неотъемлемая часть результата образования Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 302

47. Хамедова Н., Каримова З. О понятии бесконечности. Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 , 308

48. Халиков А.,Садиков Р. Значение речи в профессиональной подготовке будущего учителя. Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar.2015 313

3.Bajarilgan ishlar va yutuqlar

BTM kafedrasining dotsenti, f.f.n.M. A. Hamrayev rahbarligidagi iqtidorli 3-bosqich talabasi Obidova Iroda Yosh olimlar va talabalarning “XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanida (2013 yil 28-29-noyabr, Termiz) faol ishtirok etib, “Anjumanning faol ishtirokchisi” sertifikati bilan taqdirlandi.

4.2015-yilda refertlanadigan xorijiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, monografiyalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2013-yilda 2 ta monografiya, 9 ta darslik, 9 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta metodik qo‘llanma yaratilgan, xalqaro ilmiy jurnallarda 10 ta, OAK tassarufidagi ilmiy jurnallarda 20 ta ilmiy maqolalar chop etilgan.

5.Bajariliyotgan kurs ishlari, BMIlar haqida ma’lumotlar

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari:

1) boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishida ona tili, matematika, rus tili, ona tili o‘qitish metodikasi, matematika o‘qitish metodikasi, rus tili o‘qitish metodikasi fanlarini o‘qitishi takomillashtirish.

2) uzluksiz ta’lim tizimida ona tili, matematika, rus tili o‘qitishni takomillashtirish va fanlararo aloqadorlikdan foydalanish.

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida innovatsion korporativ hamkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hamkorlik shartnomalari 1-Toshkent pedagogika kolleji, Toshkent viloya tpedagogika kolleji, 26-, 118-, 160-, 300-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan tuzilgan.

Kafedrada “Ona tili o‘qitish metodikasi” va “Matematika o‘qitish metodikasi” fanlaridan talabalar kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlarni yozishadi. Kurs ishi va BMIlarning yozish va uni ximoya qilish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

3-kursda kurs ishi va BMIbankidan talabalar mavzularni erkin tanlab olishadi va ularga biriktirilgan ilmiy rahbarlar bilan belgilangan tartibda jadval asosida tadqiqot ishlarini olib borishadi. 4-kursda talabalar bitiruv malakaviy ishini kurs ishining davomi sifatida bajarishadi.

6.O‘tkazilgan ilmiy-amaliy konfrensiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 24 yanvardagi 23-sonli qaror bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq 2013 yil 10 aprelda “Boshlang‘ich ta’limni takomillashtirish istiqbollari: muammo va yechimlar” mavzusida Vazirlik miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

2014 yil 7-aprelda “Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya sifat va samaradorligini oshirishda ingliz tili va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish: muammo va yechimlar” mavzusida Vazirlik miqyosida, 2014 yil 21-mayda “Boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish, o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman, 2015 yil 30-aprelda “Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yonalishi sifat va samaradorligini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida Vazirlik miqyosida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

7.Ilmiy seminarlar faoliyati

Kafedra qoshidagi ilmiy seminar faoliyati bo‘yicha reja tuzilgan, kafedra professor-o‘qituvchilari reja asosida dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar tashkil qilinib, o‘zlarining tajribalari asosida qiziqarli va mazmunli fikrlari bilan ishtirok etishadi.

8.Iqtidorli talabalar bilan ishlash “Yosh olimlar kengashi”, to‘garaklar faoliyati.

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida professor-o‘qituvchilar tomonidan iqtidorli talabalarni izlash, tanlash va tarbiyalash yo‘lga qo‘yilgan, ustoz-shogird tizimi faoliyat olib bormoqda. Ustoz-shogird tizimi bo‘yicha kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilariga iqtidorli talabalar biriktirilgan. Kafedra qoshidagi ilmiy, kasbiy va amaliy to‘garaklarda 120tadan ortiq talaba ishtirok etadi.

9.Pedagogik amaliyot.

Fakultet talabalari o‘quv jarayoning 7-semestrida belgilangan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 5 oy davomida pedagogik amaliyotni o‘tashadi. Fanlar bo‘yicha metodistlar biriktiriladi. Ular amaliyot jarayonida talabalarning fanlardan dars o‘tish jarayoni, tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish maktab xujjatlarni o‘rganish kabi topshiriqlarni bajarishadi.

11.Respublika va xorijiy OTMlari bilan hamkorlik.

Kafedraning Respublika turdosh OTMlari bilan shartnomalar mavjud. Boshlang‘ich ta’lim metodika kafedrasining xalqaro ilmiy hamkorligi quyidagi OTMlar bilan yo‘lga qo‘yilgan:

MGPI, prof. L.I.Peterson, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan metodist;

MIPK, Yuliya Peterson, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri;

Saxa GPI, B. Erdniev, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri;

Qozog‘iston Milliy Universiteti, A.Xodjialiqulova, matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri;

Ukraina Milliy Universiteti, Z.M.Zayseva, matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri;

Qirg‘izston Respublika ta’lim markazi, prof. U. Bikbayev va boshqalar


Boshlang‘ich ta’lim fakulteti Pedagogika fakulteti nomi bilan 1935 yilda tashkil etilgan. Dastlab fakultetda pedagogika ¬bilim yurtlari uchun pedagogika va psixologiya o‘qituvchilari tayyorlangan. Keyinchalik ¬fakultet ta’lim tizimiga metodist va ¬inspektorlar, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

1957 yildan boshlab fakultetda boshlang‘ich¬ sinf bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini tayyorlash ham yo‘lga qo‘yilgan. 1958 yilda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida ¬fakultetda Boshlang‘ich sinf pedagogikasi ¬kafedrasi tashkil etildi. 1959 yilda ¬Boshlang‘ich sinf pedagogikasi kafedrasi ¬tarkibidan Boshlang‘ich ta’lim metodikasi ¬kafedrasi ajralib chiqdi.

1975 yildan boshlab fakultet Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi deb nomlandi. Fakultetda rus va o‘zbek tilida ta’lim beruvchi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorlandi. 1980 yildan boshlab tarbiyaviy ish tashkilotchilari ham yetishtirib berildi. Keyinchalik fakultetda boshlang‘ich ta’lim sport tarbiyaviy ish mutaxassislari tayyorlana ¬boshlandi.

O‘sha davrda fakultetida 3 ta kafedra mavjud bo‘lib, Pedagogika kafedrasida 5 nafar dotsent va 3 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan. Kafedrani dotsent R.A.Mavlonova bosh¬qargan. «Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi»ga ¬professor K.K.Qosimova rahbarlik qilgan. Uning tarkibida 2 nafar professor, 5 nafar dotsent, 3 nafar o‘qituvchi va laborant, «Hozirgi zamon rus tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi»da esa 4 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar o‘qituvchi va laborant -faoliyat ko‘rsatgan.

2012-2013 o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab Boshlang‘ich ta’lim fakultetiga jismoniy madaniyat yo‘nalishi ham qo‘shildi. Hozirda fakultetda ikkita mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek, qozoq va rus tilida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi hamda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tayyorlanmoqda.

Bugungi kunda fakultetda Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi, Jismoniy madaniyat va uni o‘qitish metodikasi kabi kafedralar faoliyat yuritmoqda.

Fakultetda yuqori malakali pedagoglarni tayyorlashda 63 nafar professor-o‘qituvchilar: 3 nafar fan doktori, professor, 3 nafar fan nomzodi, professor, 6 nafar fan nomzodi, dotsent,5 nafar fan nomzodi, 3 nafar dotsent, 17 nafar katta o‘qituvchi va 18 nafar o‘qituvchi mehnat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ¬maxsus ta’lim vazirligining qarori bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq 2014-yil 7 aprelda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida «Boshlang‘ich ¬sinflarda ta’lim-tarbiya sifat va samaradorligini oshirishda ingliz tili va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish: ¬muammo va yechimlar» mavzusida Vazirlik miqyosida 21-may kuni respublika miqyosida «Boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish, o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishning dolzarb masalalari» o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanda kafedra professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.

Hozirgi kunda fakultetda «Yosh tilshunos», «Molodoy ekolog», «Moy rodnoy yazik», «Yosh matematik», «Ajib sonlar», «Qiziqarli matematika», «Qiziqarli geometriya», «Zanimatelnaya matematika», «Jas matematik», «Mahoratli pedagog», «Jas pedagog», «Tarbiya va shaxs», «Pedagog innovator» nomli ilmiy to‘garaklar, shuningdek, «Meros», «Yosh metodist», «Jas metodist», «Mohir qo‘llar» kabi kasbiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. To‘garak ¬mashg‘ulotlarida talabalarni ilmiy-tadqiqot ¬ishlariga jalb etish hamda ularning kasbiy mahoratlarini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Raxbariyat

Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti dekani

Sadikova Albina Venerovna

Bog`lanish uchun

Telefon: 276-75-39

Email:sadikova@tdpu.uz

23 dekabr 2016 yil, O`qilgan :25531

Manaviyat ishlari

7 dekabr 2015 yil

2015-yil 1-dekabr kuni “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi U.A.Masharipova tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yillik bayramiga bag’ishlab “Konstitutsiya – huquqimiz kafolati” mavzusida oshiq ma’naviyat soati o’tkazildi.

Boshlangich ta`lim fakulteti yangiliklari

19 oktyabr 2015 yil

Boshlangich ta`lim fakulteti yangiliklari

Jismoniy madaniyat kafedrasi

12 yanvar 2017 yil

Jismoniy madaniyat, Chaqiriqqacha harbiy ta`lim, Boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish, Maktabgacha ta`lim yo’nalishlarida mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasini va o’qitishni takomillashtirish.

“Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi

22 sentabr 2015 yil

“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi

10 dekabr 2016 yil

Билимлар хазинасига бошланғич таълимда асос солинади.

Musiqiy ta’lim kafedrasi

7 oktyabr 2016 yil

“Musiqiy ta’lim” kafedrasi tarixiga bir nazar

Manaviyat ishlari

7 dekabr 2015 yil

2015-yil 1-dekabr kuni “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi U.A.Masharipova tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yillik bayramiga bag’ishlab “Konstitutsiya – huquqimiz kafolati” mavzusida oshiq ma’naviyat soati o’tkazildi.

Boshlangich ta`lim fakulteti yangiliklari

19 oktyabr 2015 yil

Boshlangich ta`lim fakulteti yangiliklari

Jismoniy madaniyat kafedrasi

12 yanvar 2017 yil

Jismoniy madaniyat, Chaqiriqqacha harbiy ta`lim, Boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish, Maktabgacha ta`lim yo’nalishlarida mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasini va o’qitishni takomillashtirish.

“Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi

22 sentabr 2015 yil

“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi

10 dekabr 2016 yil

Билимлар хазинасига бошланғич таълимда асос солинади.

Musiqiy ta’lim kafedrasi

7 oktyabr 2016 yil

“Musiqiy ta’lim” kafedrasi tarixiga bir nazar



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

Fakultetlar