Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Maxsus sirtqi bo`lim

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
maxsus sirtqi bо‘limi

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, yoshlarga zamonaviy bilimlar berish orqali ularning intellektual salohiyatini oshirish, xalqaro maydonda munosib о‘rin egallashi uchun sharoit yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi.




О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan qabul qilingan “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”da mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarga sifatli ta’lim berish asosida ularni intellektual, estetik va jismoniy barkamol rivojlantirish, ularga ta’lim va tarbiya berayotgan о‘qituvchilarning yuqori malakaga ega bо‘lishini ta’minlash bilan bog‘liq muhim yо‘nalishlar belgilab berildi.

Oliy ta’lim tizimida umumta’lim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun zamonaviy о‘qitish usullarini egallagan о‘qituvchilarni tayyorlash orqali ushbu muassasalarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ularda dars berayotgan о‘rta maxsus ma’lumotli о‘qituvchilarning oliy ma’lumot olish imkoniyatlarini kengaytirish katta ahamiyatga ega.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yо‘nalishida maxsus sirtqi bо‘limlarni tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ-3183-son qarori aynan shu vazifani hal qilishga yо‘naltirilgan.

Qaror asosida 2017-2018 о‘quv yilidan respublikamizning 15 ta oliy ta’lim muassasasida pedagogika yо‘nalishi bо‘yicha maxsus sirtqi bо‘limlar tashkil etildi. Bu, о‘z navbatida, mamlakatimizning chekka tumanlarida, qishloq joylarida faoliyat olib borayotgan о‘rta maxsus ma’lumotli о‘qituvchilarning о‘zlari istiqomat qilayotgan viloyat markazlaridagi oliy ta’lim muassasalarida oliy ma’lumot olishlari uchun sharoit yaratdi.

Qarorda, jumladan, quyidagilar belgilab qо‘yilgan:

- oliy ta’lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bо‘limlarning bakalavriat ta’lim yо‘nalishlariga qabul о‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil pedagogik amaliy ish stajiga ega bо‘lgan, maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ehtiyojlari asosida tasarrufida ushbu ta’lim muassasalari mavjud bо‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega pedagog kadrlar hisobidan amalga oshiriladi;

- maxsus sirtqi bо‘limda о‘qish tо‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

- maxsus sirtqi bо‘limda о‘qiyotgan talabalarga imtihonlar, sinovlar topshirish, diplom, kurs, laboratoriya va boshqa о‘quv ishlarini bajarish vaqtida ularning oylik maoshlari asosiy ish joyida saqlangan holda bir о‘quv yilida ikki marta bir oydan о‘quv ta’tillari beriladi. Bunda, о‘quv ta’tillari qoida tariqasida umumta’lim muassasalaridagi qishki va yozgi ta’til vaqtiga tо‘g‘ri kelgan davrda beriladi va ularga belgilangan tartibdagi yillik mehnat ta’tillarini berish tartibi ham saqlanib qoladi;

- talabalarning oliy ta’lim muassasasida о‘qishda bо‘lgan davriga tо‘g‘ri keladigan dars soatlari о‘qishga yuborgan ta’lim muassasasining о‘qituvchilari (xodimlari) tomonidan mehnatga soatbay haq tо‘lash shartlari asosida о‘tiladi;

- maxsus sirtqi bо‘lim talabalari о‘qishga kirishda tavsiyanoma beruvchi vazirlik yoki idora, oliy ta’lim muassasasi va talaba о‘rtasida о‘qishni yakunlagandan keyin tavsiyanoma bergan tashkilot yо‘llanmasida kо‘rsatilgan ish joyida (ta’lim muassasasida) besh yildan kam bо‘lmagan muddatda ishlab berish majburiyati bilan uch tomonlama shartnoma tuziladi;

- pedagogika yо‘nalishlari bо‘yicha maxsus sirtqi bо‘limlar tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berish sirtqi ta’lim shaklida tashkil etiladi, bunda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish bakalavriat ta’lim yо‘nalishining 2-kursidan (о‘quv rejalardagi fanlar farqidan qat’i nazar) kamida 3 yil muddat etib belgilangan.

Maxsus sirtqi ta’lim bо‘yicha tahsil olayotgan talabalar uch yil mobaynida ishchi о‘quv rejada belgilangan 864 auditoriya soati va 6480 mustaqil ta’lim soati miqdorida о‘quv yuklamalarini bajaradi. О‘quv yillari davomida о‘quv fanlaridan kurs ishlari (2 ta) va gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, xorijiy tildan yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradilar hamda bitiruv malakaviy ishi himoya qiladilar.

Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda ta’lim yо‘nalishi ishchi о‘quv rejasini tо‘liq bajargan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli о‘tgan va bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan bitiruvchiga Davlat attestatsiya komissiyasining qarori asosida «bakalavr» darajasi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi bakalavr diplomi beriladi.

Qarorga muvofiq, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus sirtqi bо‘lim ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha malaka talablari, о‘quv rejalari va dasturlari hamda о‘quv va о‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish bо‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi etib belgilangan va uning huzurida pedagogika yо‘nalishlari bо‘yicha maxsus sirtqi bо‘limlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarining о‘quv-metodik faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil qilingan.

Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2017 yil sentabr oyidagi respublikaning maxsus sirtqi bо‘lim tashkil etilgan 15 ta oliy ta’lim muassasalarining о‘quv ishlari bо‘yicha prorektorlari hamda TDPU maxsus sirtqi ta’lim bо‘yicha bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari ishtirok etgan yig‘ilishda maxsus sirtqi bо‘limlar faoliyatiga oid normativ о‘quv hujjatlar xususida fikr almashildi.

OО‘MTV 2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug‘i bilan bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari malaka talablari, о‘quv rejalari, о‘qitiladigan fanlarning о‘quv dasturlari asosida pedagogika yо‘nalishlari bо‘yicha maxsus sirtqi ta’lim uchun bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarining ishchi о‘quv rejalari va ishchi о‘quv fan dasturlari tasdiqlandi.

Hozirda maxsus sirtqi bо‘limlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari ishchi о‘quv rejalari va ishchi о‘quv fan dasturlari, ta’lim yо‘nalishlari zarur о‘quv adabiyotlari bilan tо‘liq ta’minlangan.

Prezidentimizning “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yо‘nalishida maxsus sirtqi bо‘limlarni tashkil etish tо‘g‘risida”gi ijrosini ta’minlash bо‘yicha OО‘MTV 2017 yil 12 avgustdagi 559-son buyrug‘i hamda Nizomiy nomidagi TDPU rektorining 2017 yil 17 avgustdagi 554-U-sonli buyrug‘i imzolandi.

Mazkur buyruqlar asosida universitetda maxsus sirtqi bо‘lim faoliyati yо‘lga qо‘yildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus sirtqi bо‘limi boshlig‘i lavozimida SH.Abduraimov, о‘quv-metodik ishlar bо‘yicha metodist lavozimida L.Zaripov faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.

Maxsus sirtqi bо‘limda о‘quv jarayoni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi tо‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tashkil etilgan.

Hozirgi kunda bо‘limda 8 ta: 5110800 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 5110900 - Pedagogika va psixologiya, 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, 5111800 - Maktabgacha ta’lim, 5111900 - Defektologiya, 5111100 - Musiqa ta’limi, 5112100 - Mehnat ta’limi, 5112000 - Jismoniy madaniyat ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Bu ta’lim yо‘nalishlarida 2017-2018 о‘quv yilida 590 nafar talaba tahsil olmoqda.

Bundan tashqari ikkinchi oliy ta’lim bо‘yicha sirtqi shaklda 10 ta: 5111300 - Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti), 5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili va adabiyoti), 5111800 - Maktabgacha ta’lim, 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, 5110100 - Matematika о‘qitish metodikasi, 5111900 - Defektologiya, 5112000 - Jismoniy madaniyat, 5210200 - Psixologiya (Psixolog.Psixolog konsultant), 5110600 - Tarix о‘qitish metodikasi, 5110400 - Biologiya о‘qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishida 240 nafar talaba ta’lim olmoqda.

Bо‘limda dars berish uchun universitetning yuqori salohiyatga ega 50 nafardan ortiq professor-о‘qituvchisi jalb qilingan.

Talabalarni masofadan turib о‘qitish uchun on-layn (masofadan turib real vaqt rejimida videoma’ruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini о‘tkazish) va off-layn (masofadan turib о‘qitish tizimidagi tegishli о‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda о‘zlashtirish) rejimlarida ishlovchi о‘quv jarayoniga moslashuvchi veb-tizim yaratildi va talaba.tdpu.uz internet manzili orqali maxsus sirtqi bо‘lim talabalarining asosiy ish joyidan ajralmagan holda masofadan turib о‘quv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil о‘zlashtirish imkoniyati yaratildi.

27 dekabr 2017 yil, 7,429
Yuldasheva D.

“О‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi”

23 mart 2018 yil

Onlayn ta`lim

27 dekabr 2017 yil

Me'yoriy hujjatlar

27 dekabr 2017 yil

Bo`lim yangiliklari

27 dekabr 2017 yil


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)