XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          

Targ’ibot-tashviqot guruhi o’z faoliyatini samarali olib bormoqda

2017-yil 22-dekabrdagi Respublika Oliy Majlisiga murojaatnomasini keng jamoatchilikka targ’ib qilish yuzasidan targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar

Nizomiy nomidagi TDPU targ’ibot-tashviqot guruhi vakillari, jumladan “Umumiy pedagogika” kafedrasi dotsent-o’qituvchilari Qurbonova Go’zal Mamatkarimovna, Ibragimova Gulsanam Ne’matovna, Mirsagatova Nargiza Sayfullayevna, Gafurova Nodira Mirhosilovna, va “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi katta o’qituvchisi Turdiyev Bahritdin Somiyevichlar joriy yilning 5-yanvar kuni shahrimizning Chilonzor tumanidagi “Do’mbrobod”, “Katta Do’mbrobod”, “Naqqoshlik”, “Gavhar”, “Bahoriston”, “Guliston”, “Bo’rijar”, “Bekto’pi” mahallalarida Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi Respublika Oliy Majlisiga murojaatnomasini keng jamoatchilikka targ’ib qilish yuzasidan targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar.

Targ’ibot-tashviqot ishida targ’ibot guruhi a’zolari tomonidan murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yo’nalishlar, taqqoslama tahlillar, sababiy bog’liqlikda chiqarilgan xulosalarni keng jamoatchilikka targ’ib etish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy tafakkurini yuksaltirish, tasavvur doirasini kengaytirishga qaratilganligi bilan ajralib turdi.

Shu bilan birga targ’ibot-tashviqot guruhi va mahalla ahllari bilan ochiq, samimiy suhbatda odamlar yurtimizda bugun olib borilayotgan odilona siyosatdan roziligi lekin ularni qiynayotgan ba’zi muammolar ham o’z yechimini topishidan umidvorligini bildirdilar. Guruh a’zolari ushbu muammolarni qayd etib, imkon doirasida yordam berishga harakat qilishlarini bildirdilar

6 yanvar 2018 yil, 120
Yuldasheva D.


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering